Muhammad Al-Xorazmiy
Mobil aloqa 4G tarmoqlarining asosiy tavsiflari
Download 310 Kb.
|
4 J 714 18 Xabilov I
Mobil aloqa 4G tarmoqlarining asosiy tavsiflari4G oilasiga mobil aloqa tarmoqlarida 100 Mbit/sdan ortiq tezlikda ma‟lumotlarni uzatishga imkon beradigan texnologiyalarni kiritish ko‟zda tutilgan. Keng tushunchada, 4G - bu yana ma‟lumot uzatuvchi umumiy ulanish tarmoqlariga (masalan, Internetga), shuningdek Wi-Fi (uning yangi standartlari) va WiMAX (nazariy jihatdan bu standartda tezlik 1 Gbit/sdan ortishi mumkin) tarmoqlariga simsiz keng polosali ulanish texnologiyalaridir. Taqqoslansa, hozirda dunyoda keng tarqalgan GSM/EDGE (2G/2,5G) sotali aloqa standartida ma‟lumotlarni uzatish tezligi atigi 384 kbit/s ni tashkil etadi. Asosan Yevropa, AQSh va Osiyoning bir necha mamlakatlaridagi (Yaponiya, Tayvan, Singapur) 3,5G avlod tarmoqlarida tezlik 7–14,4 Mbit/s gachani tashkil etadi. To‟rtinchi avlod tizimlarini avvalgilardan, (3G) bosh farqi shundaki, bu texnologiyalar ma‟lumotlarni to‟la paketli uzatish protokollariga asoslangan, vaxolanki 3G tizimlari o‟zida ham nutq, ham paket trafigini uzatish protokollarini birlashtirgan edi. XTI 4G tizimlarini uzatuvchi va qabul qiluvchi orasida ma‟lumot almashish tezligini to‟liq harakat sharoitida 100Mbit/sgacha, cheklangan harakat sharoitida esa (uzatuvchi yoki qabul qiluvchi tarafidan) 1Gbit/sgacha erishishga imkon beradigan simsiz aloqa texnologiyalari deb aniqlaydi. 4G da ma‟lumotlarni uzatish IPv6 (IP protokolini 6–versiyasi) protokoli asosida amalga oshiriladi va bu tarmoqlarning o‟zaro ishlashini, ayniqsa, agar ular turli texnologiyalarga mansub. 4G texnologiyalaridagi ma‟lumotlarni ulkan hajmlarda uzatishning yangi imkoniyatlari mobil kontent еtkazib beruvchilari uchun ham o‟z bizneslarini kengaytirishga turtki bo‟lyapti. Agar hozirgi kunda bu bozorda asosiy “tovar” musiqa, kliplar va oddiy o‟yinlar bo‟lsa, 4Gning paydo bo‟lishi bilan mobil televideniе, “buyurtmali video” (ingl. “Video on demand”–VOD), “ilg‟or” o‟yinlar va shu kabilar dolzarbroq bo‟lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, 4G tufayli mobil videokonferensiyalar (videochatlar) va mobil bir darajali tarmoqlar (ingl. “Peer-to- peer”) yaratish mumkin bo‟ladi. Screen Digest tadqiqot kompaniyasining taxminlariga ko‟ra 2011 yilda butun dunyoda mobil televideniе mijozlari soni kamida 140 millionga еtadi [7]. Tahlilchilarning fikricha, mobil TV xizmatlari kelgusida o‟yinlar hatto musiqaga qaraganda ancha katta foyda keltirishi mumkin.
Download 310 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling