Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning ilmiy dumyo qarashi


Download 32.42 Kb.
bet1/9
Sana25.10.2023
Hajmi32.42 Kb.
#1718743
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning ilmiy dumyo qarashi-fayllar.org


Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning ilmiy dumyo qarashi

Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning ilmiy dumyo qarashi


Kirish………………………………………………………...…………………….


3


1.Muso Al-Xorazmiy hayoti va ijodi…………………………………………….


5


2.Xorazmiyning ilmiy qarashlari…………………………………………...…….


7


3. Muso Al-Xorazmiy falsafiy qarashlari……………………….……………….


11


4.Al Jabr asari haqida…………………………………………………………….


12


5.Xorazmiy asarlari va uning bugungi kundagi o’rni……………...……………


14


Xulosa.........................................................................................................................


16


Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................................


17


REJA

Kirish.
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zining daho kashfiyotlari bilan dunyo ilm-faniga bebaho hissa qo‘shgan olim Muhammad al-Xorazmiydir. Yoshligi bilan bog‘liq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Biroq, 800-yillarning boshlarida Xurosonning Bog‘doddagi hokimi Ma’mun ibn Xorun ar-Rashidning saroyiga taklif qilinganligini inobatga olgan holda, u ona yurti Xorazmda ta’lim olib, yigirma yoshlaridayoq mashhur olim bo‘lib ulgurgan. 813-yilda Ma’mun xaliflik tojini egallaydi va Marvda atrofiga yig‘ilgan olimlar bilan birga Bog‘dodga ko‘chib o‘tadi. Fanning yirik ishqivozi Ma’mun ilm-fan tarixida “Bog‘dod akademiyasi” deb nomlanmish “Bayt al-hikma”ga (“Donolik uyi”) asos soladi. Muhammad al-Хorazmiy umrining oxirigacha ushbu ilmiy markaz boshqaruvchisi bo‘lgan. Bu yerda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan arab Sharqining ko‘plab olimlari ham faoliyat ko‘rsatgan. Ular uchun qadimiy qo‘lyozmalarga boy kutubxona hamda maxsus qurilgan observatoriya xizmat ko‘rsatgan.
Kurs ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Xorazmiyning ilmiy merosiga qiziqish uning hayotlik davridayoq boshlangan. Xorazmiy asarlari 12-asr boshidayoq Yevropa shaharlariga kirib borgani maʼlum. Kitoblarga ehtiyoj kuchayganidan soʻng ular lotinchaga tarjima qilingan. Xorazmiyning „Algebra”, „Arifmetika“, „Geografiya“si va „Zij“i 16-asrgacha darslik vazifasini oʻtagan. Xorazmiy asarlari oʻsha davrlarda Hindistonga ham olib ketilgani haqida dalillar mavjud. 19-asr boshlarida Xorazmiy merosiga tarixiy nuqtai nazardan qiziqish boshlangan. Xorazmiy „Algebra“sini 1817-yilda K. Koulbruk qisman, 1831-yilda F. Rozen toʻliq hajmda Londonda, 1838-yilda G. Libri Parijda chop ettiradi. Hozir bu asarning inglizcha (L.S. Karpinskiy, 1915-yil, AQSH), arabcha (A.M. Musharrafa, 1939-yil), ruscha (Yu.Xorazmiy Kopelevich, B.A. Rozenfeld, 1964-yil) va boshqa nashrlari mavjud.Oʻzbekistonda Xorazmiy hayoti va faoliyati bilan birinchi boʻlib T.N. Niyoziy qiziqqan. 1960-yillardan S.H. Sirojiddinov va G.P. Matviyevskaya rahbarligida Yaqin va Oʻrta Sharq fani tarixi, jumladan, Xorazmiy merosini oʻrganish va dunyo miqyosida targʻib qilish boʻyicha keng koʻlamda ilmiy tadqiqotlar boshlab yuborildi. 1983-yilda buyuk olim tavalludining 1200-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy anjuman (Moskva, Toshkent va Urganch shahrida) Xorazmiyning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrnini belgilashda muhim tadbir boʻldi. Hozirgi kunda Urganch davlat universiteti, Oʻzbekistonning turli joylarida koʻplab maktab va boshqa obyektlar „Xorazmiy“nomi bilan atalgan.

Download 32.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling