ularga rahm qilgin" deb ayt!» deyilgandir.
O'g'lim Musomurod! Ota-ona haqqi Alloh huzurida buyuk haqdir. Ularga nazokatli so'zlarni so'zla.
Ularga doimo ochiq chehrada, muloyim munosabatda bo'l. Ularga mehr-shafqat ko'rsat. Doimo duo
qil: «Yo Rab! Ota-onam meni go'dakligimdan qanday mehr-marhamat bilan ulg'aytirgan bo'lsa, sen
ham ularga marhamat qil va rahm qil!» degin. Shuni bilki, ota-ona haqqini to'la ado eta olmaysan.
Rasululloh(s.a.v.) yonlariga bir o'spirin kelib:
— Ey Rasululloh(s.a.v.), men keksa onamni yelkamda olib yuraman, haqqini ado eta oldimmi? —
deya so'rabdi. Rasululloh(s.a.v.):
— Yo'q, u seni yelkasida ulg'aysin deb olib yurdi, sen esa uni qachon o'larkan deya, o'ylab olib
yuribsan, — debdilar.
Yana bir kun bir o'spirin kelib, otasidan shikoyat qilibdi.
— Otam mening molimdan olib istagancha sarflaydi. Buyuringki, mening molimga tegmasin, —
debdi. Rasululloh(s.a.v.) otani chaqirtiribdi. Ota Rasululloh(s.a.v.) huzurlariga kelib:
— Yo Rasululloh(s.a.v.), bir paytlar o'g'lim zaif edi, men baquvvat edim. Undan hech narsani
qizg'anmadim. Hozir u baquvvat, men zaifman, u badavlat men faqirman. O'g'lim esa meni shu faqir
holimda molidan foydalanishimni ta'qiqlayapti, — deya yig'labdi. Rasululloh(s.a.v.) bu holatdan
ranjidilar. Sahobalar ham uning so'zlaridan ranjib ko'z yosh to'kishdi. Rasululloh(s.a.v): «Sen va
Do'stlaringiz bilan baham: |