sadaqaning savobi ikki hissa ortiq", deganlar.
O'g'lim Musomurod! Ko'rinib turibdiki, yaxshiliklarda ham bir tadrijiy bosqich bor.
Alloh taolo uch narsaga buyurdi va uchta yomonlikdan qaytardi. Biri «fahsh», ya'ni uyatsizlik,
jirkanch harakatlar. O'g'lim, beorlik insonni hayvonga tenglashtiradi. Uyalmagan ko'z-hayvon ko'zi
bo'lib, yomonlik bilan boqadi va undan zavqlanadi. Hayo imondandir. Qalbda imoni bor odamning
ko'zida hayosi bo'ladi. Yomon qaramaydi, yomon so'zlamaydi, g'ayri qonuniy ishlar qilmaydi.
Ta'qiqlangan uch yomonlikdan ikkinchisi esa, munkar ishlardir. Inson ba'zan g'azab otiga minib,
yomonlikka yuz tutadi. Haqning amrini unutib, haromga qo'l uradi. Xullas, shar'an harom bo'lgan
narsa munkar sanaladi.
Yolg'on gapirish, g'iybat qilish, hasad ham munkar amallar qatoriga kiradi.
O'g'lim, haddan oshish deyiluvchi holat ham borki, bu ham insondagi quvvai vahima ta'sirida
yuzaga chiqadi. Kibr g'urur va manmanlikka boshlaydi. Butun jamiyat hayoti bundan azob chekadi.
O'g'lim Musomurod! Inson shu uch ezgulikka amal etib, uch yomonlikdan yiroqlashsa, haqiqiy
insonga aylanadi. Islomiyat ruhi bilan yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |