Muhammad kamol o'G'limga 12
diningiz o'zlaringiz uchun, mening dinim o’zim uchundir»
Download 175.03 Kb. Pdf ko'rish
|
uglimga 12 nasihat tafakkur ziyouz com
diningiz o'zlaringiz uchun, mening dinim o’zim uchundir».
O'g'lim Musomurod! Ixlos surasi e'tiqod yo'lida bilim bersa, Kofirun surasi esa Allohga ibodat yo'lini ko'rsatadi. Sevimli o'g'lim! Surai tavhid Allohning yagonaligini, barcha narsaning Unga muhtojligini, tug’magan va tug'ilmaganligini, tengi va o'xshashi yo'qligini bayon qildi. Tavhidni anglagan inson ibodatga munosib zot yolg'iz Alloh ekanligini bilishi kerak. O'g'lim! Ixlosi Sharifdagi «ahad» so'zi faqat Allohgagina xos bo'lgan birlikdir. Bu birlik hech bir maxluqning birligiga o'xshamaydi. O'g'lim! Biz «QUL HUVALLOHU AHAD» deb Allohni o'ziga xos yagonaligini bayon qilamiz, ya'ni, Alloh birdir deyish bilan Alloh zotida, sifatida birdir degan bo'lamiz. Sen ham: "Otajon, Alloh zotida birdir nima degani?" deyishing mumkin. Suyukli o'g'lim Musomurod! Bu muhim masalani senga tushuntirayin, diqqat bilan tingla! Alloh O’g’limga 12 nasihat. Muhammad Kamol
www.ziyouz.com кутубхонаси 6 zotida birdir degani, Alloh yaratgan mahluqotlardek bir qancha narsalardan paydo bo'lgan emas. Allohning bu o'ziga xos birligi yaratgan mahluqlarining birligiga o'xshamaydi. O'g'lim! Alloh zotida birdir deyish bilan Uning hech bir birlikka o'xshamasligini, o'ziga xos birlik ekanligini bayon qilamiz. Alloh amalida birdir degani — Allohning qilgan ishlarida sherik yo'qdir deganidir. Chunki kishilar ojiz bo'lgani uchun ishlarini sherikchilik bilan qilishadi, bir-biriga ko'maklashishadi. Holbuki Alloh hamma narsaga qodirdir. Qilgan ishlarida sherigi yo’q. Hamma narsani O'zi xohlaganidek qiladi. Sevimli o'glim Musomurod! Alloh sifatida ham birdir, ya'ni Allohning tengi, o’xshashi yo'qdir. Alloh yaratgan mahluqlarining hech biriga o’xshamaydi. «QUL HUVALLOHU AHAD» deyish bilan inson Allohning zoti, sifati va amalida birligini eslaydi, shu birlikka qullik qiladi. Aks holda, insonlar avval zalolatga botganlar holiga tushadi. O'glim Musomurod! Shuning uchun payg'ambarlar insonlarni tavhid yo'liga da'vat qilishgan. Payg'ambarimizning(s.a.v.) ham ilk da'vatlari shunday bo’lgan, ya'ni Rasululloh(s.a.v.) butun insoniyatga xitoban: «LA ILAHA ILLALLOH» denglar, najot topasizlar, derdilar. Dinga da'vat va islomning ilk sharti «LA ILAHA ILLALLOH» — kalimai tavhid bo'ldi. Barcha anbiyolarning da'vati ham shudir.
Shuning uchun tavhidni bilish sening birinchi vazifangdir. Men ham senga birinchi nasihatni tavhidni anglatishdan boshladim. Ey o'g'lim! Bu nasihatlarimni yaxshilab uqib ol! Qalbing tavhid nuri bilan nurafshon bo'lsin. Haqiqiy musulmon farzandi bo'l. Allohni tanib, Unga sajda qilgin. Bu esa eng go'zal saodat va Allohga ishonchning asosidir.
Download 175.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling