O’g’limga 12 nasihat.
Muhammad Kamol
www.ziyouz.com кутубхонаси
5
"llohingiz yagona ilohdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. U yagona, mehribon va rahmlidir",
deyilgan. O'g'lim Musomurod! Bularni bilib, Paygambarlar da'vat qilgan tavhidni anglab olasan.
O'g'lim! Inson "la ilaha" deyishi bilan ibodatga noloyiq, barcha soxta ilohlar va ma'budlarni inkor
etadi, ularni qabul qilmaydi. “illalloh” deyishi bilan esa ibodatga tanho munosib sherigi, tengi yo'q
Allohga imon keltiradi, tas-diqlaydi.
Inson tengi va sherigi yo'q Allohga irnoni bilan ahli tavhid bo'ladi, musulmon bo'ladi.
Ahli tavhid ibodatga tanho munosib bo'lgan Allohni taniydi va unga ibodat qiladi.
O'g'lim Musomurod! Kishi «LA ILAHA ILLALLOH» kalimasini aytsa, yagona Allohga qullik qilishni
tasdiq etsa o'sha damdan boshlab haqiqiy mo'min bo'ladi.
Kishi tili bilan «LA ILAHA ILLALLOH» desa-yu, harakatlari bilan Allohdan boshqa narsalarni
(ma'budlarni) sevsa, ularga ibodat etsa, shirkdan qutulmaydi, uning tavhidi faqat tilida bo'lib, haqiqiy
mo'min bo'lolmaydi.
O'glim Musomurod! "LA ILAHA ILLALLOH" degandan so'ng Alohga sherik qo'shmagin. Hojatlaringni
yolg'iz Undan so'ragin va faqat Unga ibodat qilgin. Haqiqiy mo'minlarning vazifasi shudir.
Aziz bolam! Ixlosi sharifning boshqa bir nomi surai tavhiddir. «LA ILAHA ILLALLOH» Allohdan
boshqa ma’bud yo'qligini bildiruvchi kalimai tavhid bo'lganidek, ixlosi sharif ham Allohning
yagonaligini bildirgani uchun surai tavhid deyiladi.
O'g'lim! Ixlos surasi to'rt oyatdan tarkib topgan. unda imon asoslari jamlangan. Shu sabab surai
asos deb ham ataladi.
Ixlosi Sharif ushbudir: "Bismillahir rohmanir rohiym. Qul huvallohu ahad. Allohus-somad.
Do'stlaringiz bilan baham: