"(Ey, Muhammad, butun boriqni) yaratgan Zot — Rabbingiz nomi bilan o'qing" deyilgan.
Ha, o'g'lim, o'qish, din yo'lida harakat qilish islomiyat talqin etgan ilk xitobdir. Har bir musulmon
haqiqatlarga ilm nuri bilan yetishadi.
Qadrli bolam! Islomiyat jaholatni qabul qilmaydi. Payg'ambarimiz(s.a.v.) buyurganlaridek,
beshikdan to qabrgacha ilm izlash kerak. Ilmni tark etgan kishi jahannamga yuz tutadi. Jaholatdan
qutqaruvchi, hayvoniy hislardan qaytaruvchi, insonni eng oliy darajaga yuksaltiruvchi ilmdir. Shuning
uchun Rasululloh(s.a.v.) buyurganidek, har bir musulmon uchun ilm o'rganish farzdir.
O'g'lim Musomurod! Inson tanasi yeyish-ichish bilan oziqlansa, aql ozig'i ilmu hikmatdir. Ilmsiz
aqlning foydasi yo'q, ilm aqlga nur beradi. Ilmsiz aql insonni falokatga yetaklaydi, tahlikali yo'llarga
boshlaydi. Ilm aqlni falokatdan qutqarib, haqiqatga yetishtiradi. Ilm aqlning baquvvat bilagi, xayrli
ishga boshlovchi ziyosidir. Har qanday taraqqiyot ilm bilan bo'ladi. Moddiy va ma'naviy taraqqiyotlar
kamolotini shunda topadi. Shuning uchun Alloh taolo:
Do'stlaringiz bilan baham: |