«Farzandlaringizni shu vaqtga ko'ra emas, keladigan vaqt va ehtiyojlarga ko'ra
yetishtiringiz» deganlar. O'g'lim, ko'rib turganingdek, har sohada insonga ilm zarur, ilmdan
yiroqlashganlar halokatga yuz tutadilar. Sen ilm bilan o'zingni quvvatlantirsang, insoniyatni ham
quvvatlantirgan bo'lasan. Ilmiy haqiqatlarga tayanmasdan aytilgan so'zlar o'zingni va jamiyat hayotini
yomonlikka boshlaydi. Ilm yo'lida aytilgan so'zlar va amallar esa insonlarga foyda keltiradi.
Ikki ne’mat
Aziz farzandim! Alloh insonlar uchun ikki buyuk ne'mat berganki, bundan foydalanganlar ulkan
davlatni qo'lga kiritishadi. Bulardan biri sog'liq, ikkinchisi esa xotirjamlikdir.
Ko'zimning oqu qorasi, bolam! Inson barcha yutuqlarga sog'lom paytida erishadi. Xotirjam vaqtini
xayrli yoilarga sarflaganlar esa oliy saodatga yetishadi.
O'g'lim! Sog'liq va xotirjam vaqtning qadrini bilgin. Bu ikkisi Allohning shunday buyuk ne'matiki,
har sohada hayotiy ahamiyatga ega. Ular barcha ne'matlarni umumlashtiradi.
O'g'lim, tingla, Rasululloh(s.a.v.) bu borada nima deganlar: «Ikki ne'mat borki, bu ikki
Do'stlaringiz bilan baham: |