Muhammad Rahim Muhammad Hakimbiy xonadonida 1715-yili (yoki 1709-yili) Buxoroda tugʻilgan

Download 1.32 Mb.
bet3/10
Sana14.12.2022
Hajmi1.32 Mb.
#1004008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Buxoro amirligi

Xususan, ayirmachilik kayfiyatlarini namoyon qilayotgan Shahrisabz va Kitobdagi kenagaslar ustiga 3 marta harbiy yurish qilib, ularni tobe qilgan. Burqut, bahrin, kenagas, qipchoq, yuz, saroy va boshqa oʻzbek qavmlarni mamlakatning turli hududlariga koʻchirib, Buxoro xonligining yaxlitligi va xavfsizligi uchun izchil kurashgan. U hokimiyatni markazlashtirish siyosatini faol surʼatda olib borgan va qudratli amirlarni lavozimlaridan boʻshatib, ularning oʻrniga oʻrta tabaqa vakillarini tayinlagan.Muhammad Rahim davlatning obodonchilik ishlariga katta eʼtibor qaratgan. Urushlar tufayli vayron boʻlgan Samarqand viloyatidagi Dargʻom kanalini qayta tiklattirgan. 1752—1753-yillarda Buxoro shahrining mudofaa devorini mustahkamlatgan; balandligi 2 metrli yangi devor qurdirgan. Uning donatorligida Buxoro shahrida koʻplab madrasa va masjidalr qurilgan, bogʻlar (Katta chorbogʻ va boshqalar) bunyod etilgan.

Buxoro amiri Muhammad Rahimbiyning amakisi. 1758-yilning 24-martda Muhammad Rahim vafotidan soʻng uning oʻgʻillari boʻlmaganligi uchun xonlik taxtiga voyaga yetmagan nabirasi — Foziltoʻra oʻtqazilgan, Miyonkol hokimi boʻlgan Doniyolbiy unga otaliq qilib tayinlangan. Bundan norozi boʻlgan viloyat hokimlari, kenagas, yuz, bahrin, burhut va saroy qabilalari amirlari markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon koʻtarib, 10 ming yigitni qurollantirib, Buxoro tomonga yurishgan. Ularga qarshi chiqqan Doniyolbiy isyonkor viloyat hokimlari bilan bir bitimga kelishgan. Unga koʻra, Foziltoʻrani taxtdan tushirib, oʻrniga Ashtarxoniy shahzodalardan boʻlgan Abulgʻozi xonlik taxtiga oʻtqazilgan (1758—1785).

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling