Muhammad Yusuf she`riyat shaydolari qalbida mangu barhayot Sen shoxlari osmonlarga


Download 1.08 Mb.
Sana18.04.2020
Hajmi1.08 Mb.
#100124
Bog'liq
muxammad yusuf

Muhammad Yusuf she`riyat shaydolari qalbida mangu barhayot

Sen shoxlari osmonlarga,

Tegib turgan chinorim.

Ota desam,

O’g’lim deb,

Bosh egib turgan chinorim,

Ko’nglimdagi iftixorim,

Qo’ynimdagi tumorim,

O’zing mening ulug’lardan,

Ulug’imsan, Vatanim!

“Muhabbat” Muhabbat, ey go’zal iztirob, Ey, ko’hna dard, ey ko’hna tuyg’u. Ko’kragimga qo’lingni tirab, Yuragimni to’kib qo’yding-ku. Qancha ko’zlar menga zor edi, Na g’am, na anduhim bor edi. Qushday yengil ruhim bor edi, Chok-chokidan so’kib qo’yding-ku.

“Jayron”

Qon yig’latdi qaysi bag’ritosh,

Jayron, nega ko’zing to’la yosh?

Oyog’ingga qo’yib yotay bosh,

Jayron, nega ko’zing to’la yosh?

Yurak qoning to’kilgan so’qmoq –

Bag’ri alvon lolaqizg’aldoq,

Senga toshlar otdi qay gumroh,

Jayron, nega ko’zing to’la yosh?

O’ZBEKISTON PREZIDENTI ISLOM KARIMOV MUHAMMAD YUSUFGA “XALQ SHOIRI ” UNVONINI TOPSHIRMOQDA. 1998 - YIL

USTOZ VA SHOGIRDLAR: YO’LDOSH SULAYMON, ABDULLA ORIPOV, MUHAMMAD YUSUF.

Prezident huzuridagi “ Davlat va jamiyat qurulishi akademiyasi ” rektori Alisher Azizho’jayev akademiya bitiruvchisi Muhammad Yusufga diplom topshirmoqda

Ijodkorlar gurunggi: Ahmadjon Meliboyev, Murtazo Qarshiboyev, Sirojiddin Sayyid, Muhammad Yusuf

Bayram tadbirlari maslahati. Abdulla Oripov, Shuhrat Rizayev, Muhammad Yusuf

Ijod joy tanlamaydi. Oliy Majlis deputatlari: Muhammad Yusuf va Yulduz Usmonova

Muhammad Yusuf, Fazliddin Hamroyev, Safar Barnoyev, Jumaniyoz Jabbarov va Sharofat Botirova

“Cho’lpon” muzeyining ochilish marosimi.

Abdulla Oripov,

Ibrohim G’ofurov,

Ne’mat Aminov, Muhammad Yusuf , Abdug’ofur Rasulov, Erkin Vohidov

Talabalar bilan uchrashuv. Andijon davlat chet tillar oliygohi

Talabalar bilan uchrashuv. Andijon davlat chet tillar oliygohi


Hamkasblar davrasida. Jabbor Razzoq, Muhammad Yusuf, Nodir Mahmudov

“ Alisherning avlodlari, ilm istang!” Akademiya madhiyasi barchaning ko’ngliga jo bo’lgan.

Oiladan boshlanadi Vatan

Muhammad Yusuf

rafiqasi, qizlari Mas’uda, Madina, Nozima va nabirasi Bilol bilan

“ Qiz otasin har qadamda eslaydi ”.

Shoir qizi Nozimaxon bilan.

ANDIJON VILOYATI, MARHAMAT TUMANI UMRZOQ QORABOYEV SHIRKAT XO’JALIGI, QOVUNCHI QISHLOGI ENAXON AYA SOTIBOLDIYEVAGA

Muhtarama Enaxon aya!

Boshingizga tushgan og’ir musibat – aziz farzandingiz, xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusufning bevaqt o’limi munosabati bilan Sizga, oila a’zolaringizga, barcha yaqinlaringizga chuqur hamdardlik bildiraman.

O’g’lingiz Muhammadjon noyob iste’dod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson edi. Shu bois bu mudhish xabar shoirning ko’plab do’stlari va muhlislari kabi mening ham qalbimni larzaga soldi.

Uning yorqin xotirasi barchamizning qalbimizda doimo saqlanadi. Sizga Yaratgandan sabr-toqat va bardosh tilayman.

Islom Karimov

O’zbekiston Respublikasi

Prezidenti

O’tganlarimizni oxirati obod bo’lsin!

E’tiboringiz uchun rahmat !

Doim salomat bo’ling!


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling