Muhammadali 1-seminar Mintaqaviylashuvning nazariy masalalari


Geosiyosiy (nizoli) mintaqa


Download 62.3 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi62.3 Kb.
#211465
1   2   3
Bog'liq
1-seminar. Muhammadali

Geosiyosiy (nizoli) mintaqa;

  • Ma’muriy mintaqa – siyosiy-ma’muriy tuzum va mintaqaviy siyosat markaziy hokimiyat tomonidan amalga oshiriladigan mintaqa;

  • Iqtisodiy mintaqa - xalqaro mehnat taqsimotida ixtisoslashgan ishlab chiqarish hududi;

  • Sotsiomadaniy mintaqa – bir hududda joylashgan, tarixiy birlikka ega bo’lgan mintaqa.

    Uchinchidan, Yevropa mintaqashunosligi to’g’risidagi deklaratsiyada ham mintaqalar turlangan:

    • Yevropa mintaqasi - mintaqa hukumati ma’lum siyosiy vakolatlarga ega bo’lgan mintaqa;

    • Transchegaraviy mintaqa - byudjeti konsolidatsiyalangan, umumiy byudjetga ega bo’lgan, iqtisodiyot, transport, madaniyat, fan, ta’lim, ekologiya kabi sohalarida umumiy qo’shma dastur amal qiladigan, bir hududda joylashgan ikki yoki bir qancha davlatlar birlashmasi;

    • Muammoli mintaqa - kam rivojlangan, sanoati sust, qishloq xo’jaligiga bog’lanib qolgan davlatlar birlashmasi.

    To’rtinchidan, iqtisodiy munosabatlarga ko’ra:

    • Donor mintaqa - Iqtisodiy jihatdan yordamga muxtoj bo’lmagan mintaqa;

    • Depressiv mintaqa - Itisodiy tanazzulga uchragan va uzoq vaqt davomida o’z mavqeyini tiklamagan, iqtisodiy holat jihatdan o’rtacha ko’rsatkichdan ancha pas bo’lgan mintaqa.



    1. Anklav

    Anklav (lotinchainclavatus – „yopiq“, va „clavis“ – „kalit“) – boshqa davlat hududidagi yer.

    Anklav (fransuzcha, enclave, lotincha, inclavare – qulflab olish) – bir davlatning hamma tomondan boshqa davlat hududi bilan o‘rab olingan hududi yoki hududining bir qismi. Masalan, Lesoto davlati JAR hududidagi anklav hisoblanadi. 



    1. Yarim aklav.

    Yarim anklav (qirg’oq anklavi) – quruqlikdan boshqa davlat bilan o’ralgan, ammo dengizga chiqish imkoni bo’lgan hudud.

    1. Eksklav anklav.

    Eksklav — suveren mustaqillikka ega boʻlmagan, atrofi boshqa bir va bir nechta davlat bilan oʻralgan hudud.

    Qirg’iziston hududidagi So’x va Shohimardon hududlari Qirg’iziston uchun anklav, O’zbekiston uchun eksklav hisoblanadi.



    1. Bufer davlat

    Bufer davlat deb oʻzaro ziddiyatda boʻlgan davlatlar orasida joylashgan boshqa, alohida davlatga aytiladi. Bufer davlatlarga XX asr boshidagi Afgʻoniston (Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari orasida), Sovuq urush paytidagi Finlandiya (SSSR va NATO orasida) kiradi.

    1. Zona (hudud)

    Zona (yunoncha, Zone — mintaqa) — Yer yuzining boshqa joylardan bir qancha xususiyatlari bilan farq qiladigan va qoʻshni ikki parallel yoki meridian orasida joylashgan qismi, mintaqasi (qarang Tabiiy geografik zonalar). Bu hudud iqtisodiy, madaniy, siyosiy jihatdan boshqa mintaqalardan farq qilishi mumkin.

    1. Poligon

    Poligon (yunoncha, polygonos — koʻp burchakli) — har xil turdagi qurol va harbiy texnikani (qurol-yarog ', harbiy texnika va boshqalarni) sinovdan o'tkazish, shuningdek, qo'shinlar va kuchlarning jangovar tayyorgarligi uchun mo'ljallangan, relyef, havo yoki dengiz sathining (quruqlik, osmon yoki dengiz) davlat tomonidan jihozlangan maxsus maydoni.
    Download 62.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling