Muhammadnosir Xoltojiyev

Download 14.86 Kb.
bet6/6
Sana21.11.2023
Hajmi14.86 Kb.
#1792971
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5375514426961049341

Natijada pandemiya davrida koronavirusga qarshi kurashda tibbiyot sohasida axborot va tajriba almashinuvi, oʻzaro gumanitar yordam koʻrsatish, chegaralarda yuklarning uzluksiz harakatlanishini yoʻlga qoʻyishga erishildi. Bu esa mintaqada dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan koronavirus bilan kasallanish va uning natijasidagi oʻlim sonining kamligini taʼminlashga imkon berdi. Xususan, 29-dekabr holatiga koʻra Markaziy Osiyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 375 ming kishini, yaʼni dunyodagi jami kasallanganlarning 0,5 foizini tashkil etdi. Oʻlim holati koronavirus bilan kasallanganlarning 1,7 foizidan iborat boʻlgan boʻlsa, dunyoda bu koʻrsatkich 2,1 foizni tashkil etdi. Bir soʻz bilan aytganda, mintaqaviy hamkorlik zamonaviy tahdidlarni bartaraf etishning muhim kafolati ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Shu nuqtayi nazardan bugun Prezidentimizning tashabbusi va saʼy-harakatlari asosida rivojlanayotgan mintaqaviy hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida yangi sahifani ochdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlisga qilingan murojaatnomada Markaziy Osiyoning tashqi siyosatimizning ustuvor yoʻnalishi ekanligini yana bir bor taʼkidlanishi, Oʻzbekistonning mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni yana-da mustahkamlashga oʻzining barcha imkoniyatlari va salohiyatini safarbar qilishidan dalolat beradi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Fergana 2023
Download 14.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling