Muhammadsharif Gulxaniy


Download 318.11 Kb.
bet3/4
Sana27.02.2023
Hajmi318.11 Kb.
#1235398
1   2   3   4
Bog'liq
3-para

Oʻrta maktabni tamomlagach, 2004-yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti­ning Davolash fakultetiga oʻqishga kirdim. Hozirda institutning ikkinchi kurs talabasiman. Fakultet va institutning jamoat ishlarida faol qatnashaman. “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati a’zosiman.

Boʻydoqman.


Mening turar joyim: Toshkent shahri, Tamaraxonim koʻchasi, 5-uy
2005-yil 5-sentabr (imzo) A. Fayzullayev

1-mashq. Tarjimayi holga xos soʻz va soʻz birikmalarini daftaringizga koʻchiring, ularning ma’nolarini bilib oling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.

Xizmatchi oilasida tug‘ildim, ishchi oilasida tug‘ildim, dehqon oilasida tug‘ildim, boʻlib ishlaydilar, maktabni tamomladim, oʻqishga kirdim, lavozimida ishladim, taqdirlandim, qatnashaman, a’zosiman, boʻydoqman, uylanganman, turmush oʻrtog‘im, saylanganman, jamoat ishi.

2-mashq. Yuqoridagi tarjimayi hol matnidan quyidagi ma’lumotlar bilan bog‘liq gaplarni toping va daftaringizga koʻchiring:

3-mashq Ijtimoiy kelib chiqishi va ijtimoiy ahvoli ifodalarining ma’no­larini tushuntirib bering. Ijtimoiy kelib chiqishingiz va ijtimoiy ahvolingiz haqida daftaringizga yozing.

4-mashq. Uslubiy qoʻllanilishiga koʻra sinonimik-juftliklarni ikki ustunga boʻlib yozing.

Hozirgi vaqtda ‒ hozirda, yoshlar tashkiloti iltimosiga koʻra ‒ yoshlar tash­kiloti topshirig‘iga binoan, maktabni tamomlagach ‒ maktabdan soʻng, xizmatni oʻtab boʻlgach ‒ xizmatdan soʻng.

4-mashq natijasi


Hozirgi vaqtda

hozirda

maktabni tamomlagach

maktabdan soʻng

yoshlar tash­kiloti topshirig‘iga binoan

yoshlar tashkiloti iltimosiga koʻra

xizmatni oʻtab boʻlgach

xizmatdan soʻng

Download 318.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling