Muhandis texnik xodimlar ishchi va xizmatchilarni yong'in xavsizligi chora tadbirlarini o'rganiish Reja


Download 16.24 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi16.24 Kb.
#1113823
Bog'liq
Muhandis texnik xodimlar ishchi va xizmatchilarni yong\'in xavsizligi chora tadbirlarini o\'rganiish


Muhandis texnik xodimlar ishchi va xizmatchilarni yong'in xavsizligi chora tadbirlarini o'rganiish

Reja:
1.O‘z.R.Vazirlar Mahkamasining 2013 yil №89 sonli Qarori bo‘yicha Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risida Nizom.
2. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmatini tashkil etish, xodimlar bilan ta’minlash va ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarni tayYorlash tartibi.
3. Ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarning huquqlari va majburiyatlari.
4. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmatining moliyavin va moddiy-texnikaviy ta’minoti, ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarii ma’naviy rag‘batlantirish chora-tadbirlari.
5YOsh Yongin uchiruvchilar drujinalari. 1. O‘zbekiston Respbulikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 mart kungi № 89 sonli Qarori. "Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniii bajarish yuzasidan, Yong‘inlarning oldini olish va ularni o‘chirish ishida fuqarolarning sa’y-harakatlarini birlashtirish, muhandis-texnik xodimlarni, ishchi va xizmatchilarni bu ishga keng jalb etish, o‘sib kelaYotgan avlodni Yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llashga va Yong‘in paytida to‘g‘ri harakat qilishga o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek idoraviy va ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning zarur tarzda xisobga olinishi va tizimlashtirilishini ta’minlash yuzasidan O‘z.R. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 mart kungi № 89 sonli Qarorining 2-ilovasiga muvofiq Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan. Ushbu Nizom 6 ta bo‘limdan iborat. I. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat Yong‘in xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYOXX deb ataladi) Yoki idoraviy Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari mavjudligidan qati nazar, tashkilotlarda, aholi punktlarida va boshqa xududlarda ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati, shuningdek ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarii ro‘yxatga olish tartibini belgilaydi. 2. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati Yong‘inlarning oldini olish va o‘chirish ishlarida fuqarolarning sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida tashkil etiladi. 3. Quyidagilar ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: tashkilotlarda, aholi punktlarida va boshqa xududlarda Yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; aholiga, tashkilotlarda xodimlarga Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini o‘rgatishda, shuningdek Yong‘in sodir bo‘lganda ularning harakatqilishiga tayYorgarlikni amalga oshirishda ishtirok etish; Yong‘inga qarshi targibotni amalga oshirish; Yong‘inlarni o‘chirish, Yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish. 4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati - fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlar, aholi punktlari va boshqa xududlarda Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlash, Yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etishi shakli; ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchi - Yong‘inlarning oldini olish va (Yoki) o‘chirishbo‘yichaYong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ko‘ngilli ravishda (mehnat shartnomasi tuzmasdan) bevosita ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; DYOXX maxallny organi - tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) Yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari), bevosita Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga bo‘ysunuvchi ob’ektlardagi Yong‘in xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari), tumanlar (shaharlar) va ob’ektlarni muhofaza qilishbo‘yicha DYOXXning xarbiylashtirilgan va professional otryadlari (qismlari); ko‘ngilli Yong‘indan saqlash drujinasi - o‘z faoliyatini Yong‘inni o‘chirish texnikasidan va transport vositalaridan foydalanmagan holda amalga oshiruvchi ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmatining bo‘linmasi; ko‘ngilli Yong‘indan saqlash komandasi - o‘z faoliyatini Yong‘inni o‘chirish texnikasidan va transport vositalardan foydalangan holda amalga oshiruvchi ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmatining bo‘linmasi. 5. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli Yong‘indan saqlash drujinalari (keyingi o‘rinlarda drujinalar deb ataladi) va (Yoki) ko‘ngilli Yong‘indan saqlash komandalari (keyingi o‘rinlarda komandalar deb ataladi) tarzida ixtiYoriy asosda tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-xududiy birlikning Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiradi. 6. Aholi punktlarida ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ularning zarurligiga hamda DYOXX bo‘linmalaridan uzoq masofada joylashganligiga karab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qarorlari asosida tashkil etiladi. 7. Tashkilotlar Yoki ob’ektlarning (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari (15 nafardan ortiq ishlovchi xodimlari mavjud bo‘lganda) ularning raxbarlari tashabbusiga ko‘ra tashkil etiladi. 8. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining Yong‘inlarni o‘chirishga tayYorligi holatini, shuningdek Yong‘inlarning oldini olishga doir ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni DYOXX amalga oshiradi. 9. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tashkil etilgan tashkilotlar vaaholi punktlarida DYOXX tomonidan o‘tkaziladigan Yong‘in-taktik o‘quv mashg‘ulotlariga majburiy tartibda jalb etiladilar. DYOXXning Yong‘intaktik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlariga ko‘ra ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari va ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarning tayYorligi holatiga baho beriladi. II. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmatini tashkil etish tartibi 10. Aholi punktlarida ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari raisining qaroriga ko‘ra, tashkilotlarda esa - tashkilot raxbarining buyrug‘i asosida tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi. 11. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining soni, ularning tuzilmasi, komandalar va drujinalarning son tarkibi (kamida 4 kishi) DYOXX maxalliy organining raxbari bilan kelishilgan holda, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining raisi, tashkilotning raxbari tomonidan belgilanadi. 12. Keyinchalik hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish Yoki ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) ko‘ngilli Yong‘indan saqlashbo‘linmasi tashkil etilganligi, qayta tashkil etilganligi va tugatilganligi haqida 10 kun mobaynida ushbu aholi punkti (tashkilot)ning chiqish xududida joylashgan DYOXX maxalliy organini habardor qiladi. 13. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Idoraviy va ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi. 14. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasini xodimlar bilan ta’minlash, ushbu Nizomning III bo‘limiga muvofiq amalga oshiriladi. 15. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan DYOXX maxalliy organi Yordamida quyidagi xujjatlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi: lavozim Yo‘riqnomalari; ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati a’zolarining navbatchilik jadvali; aholi punktida (tashkilotda) joylashgan jamoat va turar joy binolari, shuningdek suv manbalari va Yo‘llarning sxemalari va rejalari; aholi punktlarida (tashkilotlarda) Yong‘inga qarshi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek aholini Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlariga o‘qitish jadvallari; Yong‘in o‘chirish texnikalari va aloqa vositalarining ro‘yxati, shuningdek ulardan foydalanish tartibi (komandalar tuzilganda); ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarni kelgusi tayYorgarlikdan o‘tish jadvallari; Yong‘inlarni o‘chirish, tegishli ma’muriy-xududiy birliklariing Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari va manfaatdor xizmatlarning hamkorligi bo‘yicha harakatlarini dastlabki rejalashtirish xujjatlari; har bir komanda uchun jangovar bo‘linma tabeli; Yong‘in sodir bo‘lganda ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarning to‘planish tartibi Yoki ularning shayligini tekshirish va ularni Yong‘in joyiga etkazish usuli. Sanab o‘tilgan va ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishni tartibga soluvchi boshqa xujjatlar, qonun xujjatlari, shu jumladan DYOXX normativhuquqiy xujjatlari asosida ishlab chiqiladi. 16. Navbatchilik tashkil etish uchun komanda (drujina)lar tashkilotlarda ishchi smenalar soni bo‘yicha va aholi punktlarida kamida turtta navbatchi smenalarga bo‘linadi. 17. Komanda (drujina)lar navbatchi smenalariga eng yaxshi tayYorlangan ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilar safidan tanlangan katta Yong‘ino‘chiruvchilar raxbarlik qiladi. 18. Komandalar quyidagi razryadlarga bo‘linishi mumkin: birinchi - maxsus bino (xona)da navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibida ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarning kecha-kunduz navbatchiligi; ikkinchi - dispetcher va (Yoki) Yong‘ino‘chirish transport vositasi xaydovchisining kechakunduz navbatchiligi hamda navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibidagi boshqa ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarning ishlash (o‘qish) Yoki yashash joyida bulishi; uchinchi - dispetcherning kecha-kunduz navbatchiligi va navbatchi smena (jangovar bo‘linma) tarkibidagi boshqa barcha ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarning ishlash (o‘qish) Yoki yashash joyida bo‘lishi. 19. Ikkinchi va uchinchi razryad komandalari, dispetcher va navbatchi smena (jangovar bo‘linma) o‘rtasida anik tashkil etilgan aloqa va habar berish tizimi (telefon (uyali) aloqasi, ratsiya Yoki boshqalar) mavjud bo‘lganda, shuningdek navbatchi smenani yig‘ilish (chaqiruv) joyiga 8 daqiqadan oshmagan vaqt ichida etib kelish imkoni bo‘lgan takdirda tashkil etilishi mumkin. 20. Drujinalariing ishini tashkil etish tartibi uning raxbari tomonidan DYOXX maxalliy organi boshlig‘i bilan kelishilgan holda, muayyan ob’ekt Yoki aholi punkti uchun ishlab chikilgan Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazarda tutib belgilanadi. 21. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (tashkilotlar) qonun xujjatlariga muvofiq faoliyat yuritish uchun ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasiga zarur binolarni (xonalarni) bepul taqdim etadi. 22. Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarida ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan navbatchilikni o‘tash, shuningdek Yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish xaqiqiy vaqtini hisobga olish ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. III. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini xodimlar bilan ta’minlash tartibi. 23. Ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilar safiga o‘zining ishchanlik va axloqiy xislatlari, shuningdek sog‘ligi bo‘yichaYong‘inlarni o‘chirish va (Yoki) ularning oldini olish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan 18 Yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ko‘ngilli ravishda yakka tartibda qabul qilinadi. 24. Aholi punktining ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari uchun ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlab olish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan, tashkilotning ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari uchun ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olish esa - tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 25. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariaholi punktining ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda qatnashish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi nomiga Yozma ariza beradilar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ob’ektning ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda qatnashish uchun tashkilot raxbari nomiga Yozma ariza beradilar. Arizaga pasport, ma’lumotihaqidagi diplom nusxalari, sogligining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma ilova qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini aholipunkti ko‘ngilli Yong‘indan saklash xizmati bo‘linmalari ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilari safiga tanlab olishda ushbu talabgorning ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati tashkil qilinaYotgan aholipunktida doimiy yashash va ishlash joyi mavjudligi, shuningdek mazkur Nizomning 23-bandi talablari majburiy shart hisoblanadi. 26. Tanlab olish yakuniga ko‘ra ariza berilgan kundai boshlab 30 kun mobaynida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabulqilishhaqida Yoki uni ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabulqilishni rad etish haqidaqarorqabulqiladi. 27. Ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur Nizomning IV bo‘limida nazarda tutilgan tartibda, DYOXX tomonidan belgilanadigan malaka talablariga asosan dastlabki taYorgarlikdan o‘tadilar. 28. Dastlabki (keyingi) tayYorgarlikdan o‘tish natijalariga ko‘ra DYOXX maxalliy organi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga (tashkilot ma’muriyatiga) 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi. 29. Ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasining boshlig‘i DYOXX maxalliy organi raxbari bilan kelishgan holdafuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining raisi, tashkilot raxbari tomonidan, Yong‘indan saqlash xizmatida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxslardan tayinlanadi. 30. Ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilar safiga qabul qilingan va dastlabki (keyingi) tayYorgarlikdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aholi punktining ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ishtirok etuvchi ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarning reestrida (2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) Yoki tashkilotning ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatida ishtirok etuvchi ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarning reestrida (3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha) ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatga olish tartib raqami reestr bo‘yicha turt xonali sondan va ro‘yxatga olingan yildan iborat bo‘lishi lozim (masalan - 0001-13). 31. Ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilar Reestrini yuritish va saqlash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan olib boriladi. 32. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan har yili DYOXX maxalliy orgaiiga ro‘yxatga olingan ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilar soni haqida ma’lumotlar taqdim etiladi. 33. Ro‘yxatga olingan ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) tomonidan 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchi kartochkasi 5 yil muddatga beriladi. Kartochkaning amal qilish muddati tugagandan so‘ng, ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchining keyingi tayYorgarlikdan o‘tganligini tasdiqlovchi xujjatlar mavjud bo‘lsa, keyinchalik qayta ro‘yxatdan o‘tkazgan holda kartochka yangisiga almashtirilishi mumkin. 34. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilar ro‘yxatidan chiqarishga quyidagilar asos bo‘ladi: shaxsiy arizasi; ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilar uchun belgilangan malaka talablariga noloyiqligi; Yong‘indan saqlash xizmatida ishlashga imkon bermaydigan salomatlik axvoli; belgilangan talablarni muntazam ravishda bajarmaslik, shuningdek Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmasi faoliyatida ishtirok etishdan o‘zini chetga olishi; ko‘ngilli Yong‘indan saqlash xizmatida bo‘lishiga zid xatti-harakatlarni sodir etganligi. IV. Ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarni tayYorlash tartibi 35. Ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchini dastlabki (keyingi) tayYorgarlikdan o‘tkazish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (tashkilot ma’muriyati) arizalariga ko‘ra DYOXX normativ-huquqiy xujjatlariga muvofiq ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchi uchun belgilangan hajmda DYOXX bo‘linmalari bazasida bepul amalga oshiriladi. 36. Ko‘ngilli Yong‘in o‘chiruvchilarning keyingi tayYorgarligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (tashkilotlar raxbarlari) tomonidan DYOXX maxalliy organi raxbari bilan kelishib, DYOXX xodimlarini (xizmatchilarini) jalb qilgan holda tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Download 16.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling