Muhandislik fizika
Amplitudali va fazali modulyasiya
Download 401.24 Kb. Pdf ko'rish
|
raqamli modulyasiya va demodulyasiya.
Amplitudali va fazali modulyasiya. Amplitudali va fazali modulyasiya
qilishda axborotlar oqimi uzatilayotgan signalning amplitudasi yoki fazasi bo’yicha kodlanadi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: T S vaqt intervali davomida K = log 2 M bit, uzatilayotgan s(t) signalnig amplitudasi yoki fazasi bo’yicha kodlanadi, bunda 0 ≤ t < T s . Bu davrda uzatilgan S(t) =S I (t)cos (2πf c t) – S Q (t)sin(2πf c t) signalni, uning signalli fazosida, φ 1 (t) = g(t) cos(2πf c t+φ 0 ) va φ 2 (t) = -g(t) sin(2πf c t+φ 0 ) bazis funksiyalari bilan S(t) = =S i1 φ 1 (t) + S i2 φ 2 (t) kabi yozish mumkin, bu yerda g(t)-shakllanilayotgan impuls. [kT,(k+1)T] vaqt intervali davomida, φ 0 = 0 bo’lganda, i-xabarni uzatish uchun S I (t) = S i1g (t), S Q (t)= S i2g (t) deb qabul qilamiz. Bu sinfazali va kvadraturali tashkil etuvchilar bo’lib, modulyasiyalashtirilayotgan signalning chastota polosasida joylashgan bo’lib, ularning spektral xarakteristikalari g(t) impuls shakli orqali aniqlanadi. Xususan, ularning V o’tkazuvchanlik polosalari g(t) signal chastotasi polosasi kengligiga tengdir va S(t) uzatilayotgan signal, f c markaziy chastotali va 2V o’tkazuvchanlik polosasi kengligiga ega polosali signalni tasvirlaydi. Amaliyotda V = K
deb
qabul qilinadi, bu yerda K g impulsning shakliga bog’liq hisoblanadi, ya’ni to’g’riburchakli impulslar uchun K
= 0,5, ko’tarilgan kosinus impulslari uchun 0,5 ≤ K
ni tashkil etadi, S(t) signal polosasi kengligi esa 1/ T
ga teng. Amplitudali va faza modulyasiya uchun signalning yulduzsimonligi {(S i1,
S i2 ) R 2 , i = 1,…,M} yulduzsimon nuqtalar asosida shakllanadi. S(t) ning ekvivalent past chastotali tasvirlanishi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: S(t) = Re {
} (5.51) Bu yerda x(t) = (s i1 + js i2 )g(t). Yulduzsimon nuqtalar S i = (s i1, s i2 ) belgilar deb atalib, log 2 M bit uzunlikdagi xabarga moskeladi, T s vaqt esa belgini uzatish vaqti deb ataladi. Bunday modulyasiyada uzatish tezkorligi belgi uchun K bit yoki R =
sek/ bitni tashkil etadi. Amplitudali va faza modulyasiyasining asosiy uchta tipi mavjuddir: - amplituda-impulsli modulyasiya (AIM) – axborot faqat amplitudada mavjud bo’ladi; - fazali manipulyasiya (FMN) - axborot faqat fazada mavjud bo’ladi; - kvadratli amplitudali modulyasiya (KAM) – axborot ham amplitudada, ham fazada mavjud bo’ladi. Raqamli modulyasiya sxemasi K = log
belgidagi bitlar miqdori bilan, {S i , i
= 1,…, M} signlning yulduzsimonligi va g(t) impuls shakli bilan aniqlanadi. g(t) impuls shaklini tanlashda spektrdan foydalanish samaradorligini oshirishga va belgilar orasidagi interferensiya bilan kurashishga ahamiyat beriladi. Amplitudali va faza modulyasiyasi belgilarning berilgan ketma-ketligi davrida 5.10-rasmda ko’rsatilgan modulyatordan foydalanib amalga oshirilishi mumkin.
5.10-rasm. Amplitudali va fazali modulyator Rasmdan ko’rinib turibdiki, unda bazisli funksiya, uzatkich generatori bilan aniqlanuvchi ixtiyoriy φ 0 fazaga egadir. Har bir belgini demodulyasiya qilish jarayoni 5.11-rasmda ko’rsatilgan demodulyatorda amalga oshiriladi. Ko’pincha qabul qiluvchi o’z tarkibiga tashuvchi signalni fazasini tiklovchi, ya’ni tashuvchi signalning φ fazasini, uzatkichdagi φ 0 tashuvchi signal fazasi bilan moslashtiradi, bu jarayon kogerent detektorlash deb ataladi. Agar φ - φ 0 = Δφ ≠ 0 bo’lsa, u holda sinfazali tarmoq, kvadraturali tarmoqqa bog’liq bo’lgan keraksiz tashkil etuvchilarga ega bo’ladi yoki uning teskarisi: r 1 = s i1 cos(Δφ) + s i2 sin(Δφ) + n 1 va r 2 = -s i1 sin(Δφ) + s i2 cos(Δφ) + n 2 , bu
esa ishchi xarakteristikalarni sezilarli yomonlashishiga olib keladi. Qabul qilgichning tuzilishida yana shu e’tiborga olinadiki, har bir T
sekunddan keyin sanashlardan olingan funksiya, belgining ketma-ketlik davrining boshlanishi bilan sinxronlashtiriladi, bu sinxronlash bilan tiklash deb ataladi.
5.11-rasm. Amplitudali va fazali demodulyator (kogerent: φ = φ 0 ).
Qabul qilgichni sinxronlash va tashuvchi signalning fazasini tiklash, simsiz muhitda sezilarli murakkab jarayon hisoblanadi. Download 401.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling