Muhandislik geologik tadqiqotlar


 Tuproq resurslarini himoya qilish


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   192
Bog'liq
-qullanma

35.5. Tuproq resurslarini himoya qilish 
Izlov mdonidagi quduqlarni burg’ilashda tuproq resurslarini himoya qilish 
sanoat standartlariga javob beradigan holda amalga oshiriladi. Tuproq resurslarini 
ifloslanishida asosan burg’ilash maydonida saqlanadigan, ishlatilgan burg’ilash 
eritmasi va burg’ilash shlami katta ta’sir qiladi. 


267 
Ishlatilgan burg’ilash eritmasi – bu quduqni burg’ilashni texnologik 
jarayonida kerak bo’lmaydigan, kimyoviy qayta ishlashni talab qiladigan va shlam 
uchun qazilgan omborlarda kumilishi kerak bo’lgan eritmadir. 
Burg’ilash shlami - har xil moslamalar yordamida sirkulyatsion sistema-
dan chiqarilgan, burg’ilangan tog’ jinslari va burg’ilash eritmasidan iborat 
chiqindi. Bu kimyoviy qayta ishlanishi va shlam uchun qazilgan omborlarda 
ko’milishi kerak. 
Tuproq resurslarini himoya qilish uchun ko’rsatmalar
1. Vaqtinchalik foydalanishga olingan yer maydonida quduqni ko’rish va 
qazish jarayonida, yerning ustki mahsuldor qismini bo’zilishi va ifloslanishini 
oldini olish kerak. Transportlar harakati faqatgina transportlar uchun mo’ljallangan 
yo’llardan harakatlanishi kerak.
2.Burg’ilash chiqindilari burg’ilash maydonchasiga va tabiat o’simlik-
lariga ta’sir qilmasligi uchun ularni omborlarga chiqarish va ko’mib tashlash 
kerak. 
3.Yer omborlari va kotlovanlarning devorlari yaxshi ko’tarilgan bo’lishi 
kerak (sababi ichidagi chiqindilar oqib chiqib ketmasligi uchun). 
4.Eritmaga kaustik soda qo’shish jarayonida, kaustik sodaning yerga
to’kilishini oldini olish, agar to’kilgan bo’lsa suv bilan yuvib chiqindi omborlariga 
tushirish kerak. 
5. Burg’ilash maydonlaridan oqib chiqadigan iflos suvlarni dizel’ yoqilg’isi 
va boshqa yonuvchi - moylovchi materiallar bilan yanada ifloslanishini oldini olish 
kerak. Yonuvchi - moylovchi materiallar saqlanuvchi idishlar shunday moslash-
tirilgan bo’lishi kerakki, idishlar to’ldirilganda ichidagi suyuqlik yerga 
to’kilmasligi kerak. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling