Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
Download 9.84 Kb.
|
oltinchi haftalik hisoboti. abdu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stajirovka raxbari. dotsent. Ch. X. Sadatov_____________ Magistrant. A. E. Buronov ______________
Termiz davlat pedagogika insituti “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” ta’lim yo’nalishi 2-kurs magistranti Buronov Abduraxmon Erkin o`g`lining Stajirovka bo’yicha oltinchi haftalik hisoboti. 23.03.2023. Men amaliyotimizning oltinchi haftasining birinchi kunida Insitutimizga 8 00 da borib kafedramizda stajirovka kundaligini yuritdim. Xonada 1 va 2 kurs bakalavrlarining dars jadvallarini o’rgandim so’ng 1-para 1-kurs talabalarining “Tasviriy san’at tarixi”fani amaliy mashg’ulot mashg’ulotiga fan o’qituvchisi Xayitov Zufar bilan birgalikda qatnashdim. 2-parada “Chizma geoetriya” fanida amaliy mashg’ulot fan o’qituvchisi Fahriddin Toshpo’latov bilan qatnashdim. Darsda doskada amaliy vazifalar bajarildi. Talabalarga grafik ish topshiriqlari tushuntirildi. Dars mashg’uloti samarali olib borildi. 3-parada 22-02 guruhining “Rangtasvir” darsida ishtirok etdim. 24.03.2023. Men Insitutga kelib dissertatsiya mavzusiga doir materiallarni to’plash uchun ilmiy rahbarim Ch.Sadatov bilan birgalikda adabiyotlarni o’rgandik. Boblar bo’yicha ma’lumotlarni o’rganib to’ldirib chiqdik hamda ilmiy tadqiqotni o’tkazish holatini tahlil qildik. Talabalar bilan individual ishlash texnologiyasini o’rgandim hamda o’z tadqiqot ishimning tajribasini qismida keltirib o’tdim. 27.03.2023. Men Insitutga soat 800da borib 1-2 bosqich talabalarining dars jadvallari bilan tanishdim hamda 2-bosqich 21-01 guruxining “umumta’lim va kasb-hunar maktablarida tasviriy san’at fanlarini o’qitish metodikasi” fanining maruza darsida fan o’qituvchisi Mo’minov Baxtiyor ustoz bilan birgalikda dars mashg’ulotlarini olib bordim. 2-para 21-01 guruhining “amaliy bezak san’ati” fanidan amaliy darsida fan o’qituvchisi Ilhom Mamatqulov ustoz bilan birgalikda dars mashg’ulotlarida qatnashdim. Dars samarali yakunlandi. 28.03.2023. Men bugun Insitutga soat 8:00da bordim va dars jadvallari bilan tanishdim. 1-bosqich talabalarining “tasviriy san’at tarixi” fanidan ma’ruza mashg’ulotlarida fan o’qituvchisi bilan birga qatnashdim. 2-parada “chizmachilik” fanidan ma’ruza mashg’ulotlarida qatnashdim fan o’qituvchisi Abdurahimov Lolabek ustozning metodikalarini kuztdim va darsning sifat va samaradorligini o’rganib chiqdim. 29.03.2023. Men Insitutga soat 800da borib 1-bosqich talabalarining dars jadvallari bilan tanishdim hamda 1-bosqich 22-02 guruxining “Qalam tasvir” fanining amaliy darsida fan o’qituvchisi Mo’minov Baxtiyor ustoz bilan birgalikda dars mashg’ulotlarini olib bordim. 2-para 22-02 guruxining “Qalam tasvir” fanidan amaliy darslari davom ettirildi. Dars mobaynida o’qituvchi doskada talabalarga natyurmort elementlarini chizib ko’rsatdi. Dars samarali yakunlandi. 30.03.2023. Men amaliyotimizning oltinchi haftasining birinchi kunida Insitutimizga 8 00 da borib kafedramizda stajirovka kundaligini yuritdim. Xonada 1 va 2 kurs bakalavrlarining dars jadvallarini o’rgandim so’ng 1 para 1 kurs talabalarining “Tasviriy san’at tarixi”fani amaliy mashg’ulot mashg’ulotiga fan o’qituvchisi Xayitov Zufar bilan birgalikda qatnashdim. 2-parada “Rangtasvir” fanida amaliy mashg’ulot fan o’qituvchisi Hayitov Zufar bilan qatnashdim. Darsda doskada amaliy vazifalar bajarildi. Talabalarga rang tasvir topshiriqlari tushuntirildi. Dars mashg’uloti samarali olib borildi. 3-parada 22-02 guruxining “Rang tasvir” darsida ishtirok etdim. Stajirovka raxbari. dotsent. Ch. X. Sadatov_____________ Magistrant. A. E. Buronov ______________ Download 9.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling