Muhandislik grafikasi va mexanika asoslari
Issiqlik almashinish qurilmalari haqida umumiy tushunchalar
Download 285.34 Kb.
|
Xasanova kamola 2 - копия
Issiqlik almashinish qurilmalari haqida umumiy tushunchalar.
Xalq xo’jaligining barcha sohalarida, xususan kimyo sanoatida, mahsulotlarni issiqlik ta’sirida qayta ishlash jarayonlari keng qo’llaniladi. Bu jarayonlar quyidagi maqsadlarda olib boriladi: 1) jarayon haroratini zarur darajada ushlab turish; 2) sovuq mahsulotlarni isitish yoki issiq mahsulotlarni sovitish; 3) bug`larni kondensatsiyalash; 4) eritmalarni quyiltirish va hokazo. Bu jarayonlar issiqlik almashinish qurilmalarida amalga oshiriladi. Kimyo, neft kimyosi, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoatlari korxonalarida qo’llaniladigan texnologik uskunalarning katta ulushini issiqlik almashinish qurilmalari tashkil qiladi. Kimyo sanoatida ishlatiladigan issiqlik qurilmalari umumiy uskunalarning o’rtacha hisobda 15-18 foizini tashkil etsa, neft kimyosi va neftni qayta ishlash sanoatlarida esa bu raqam 50 foiziga teng, chunki kimyoviy texnologiyaning bir qator asosiy jarayonlari (bug`latish, rektifikatsiya, quritish va boshqalar) issiqlikning berilishi yoki o’tkazishi bilan bog`liqdir. Sanoatda turli-tuman issiqlik almashinish qurilmalari qo’llaniladi. Ish tamoyiliga ko’ra issiqlik almashish qurilmalari uch turga bo’linadi: 1) yuzali issiqlik almashgichlar; 2) aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar; 3) regenerativ issiqlik almashgichlar. Yuzali issiqlik almashgichlarda issiqlik tashuvchi agentlar bir-biri bilan devor orqali ajratilgan va issiqlik birinchi issiqlik tashuvchi muhitdan ikkinchisiga ularni ajratuvchi devor orqali o’tadi. Aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlarning o’zaro bevosita uchrashuvi va aralashuvi natijasida issiqlikning almashinishi yuz beradi. Regenerativ issiqlik almashgichlarda qattiq jismdan tashkil topgan bir xil yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar orqali kontaktda bo’ladi. Qattiq jism unga tegib o’tgan issiqlik tashuvchidan issiqlik olib isiydi; boshqa issiqlik tashuvchi o’tganda esa qattiq jism o’z issiqligini unga berib soviydi. Issiqlik almashinish qurilmalari quyidagi belgilarga ko’ra sinflanadi. Konstruktiv tuzilish bo’yicha quvurdan qilingan qurilmalar (qobiq-quvurli, "quvur ichida quvur", zmeevikli va boshqalar); issiqlik almashinish yuzasi listli materialdan tayyorlangan qurilmalar (plastinali, spiralsimon va boshqalar); issiqlik almashinish yuzani tayyorlashda nometall materiallar (grafit, plastmassa, shisha va hokazo) dan foydalanilgan qurilmalar; Ishlatilish maqsadiga ko’ra sovitkichlar, isitkichlar, bug`latkichlar, kondensatorlar; Issiqlik tashuvchi agentlar harakatining yo’nalishiga ko’ra to’g`ri, qarama-qarshi, kesishgan va hokazo yo’nalishli qurilmalar. Sanoat qurilmalarida issiqlik almashinishning shart-sharoitlari har xil bo’ladi. Issiqlik almashinish qurilmalari turlicha agregat holat (gaz, bug`, tomchili suyuqlik, emulsiya va hokazo), har xil harorat va bosim qiymatlari hamda ma’lum fizik-kimyoviy xossalariga ega bo’lgan ish muhitlari uchun mo’ljallangan bo’ladi. Buning uchun ma’lum bir jarayonning haqiqiy ish holatiga ko’ra tegishli issiqlik almashgich tanlab olinadi. Download 285.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling