Muhandislik grafikasi va mexanika asoslari
Download 285.34 Kb.
|
Xasanova kamola 2 - копия
Issiqlik nurlanishi. Nurlanish yordamida issiqlik almashinish jism ichki energiyasini elektromagnit to’lqinlari orqali tarqalishga asoslangan. Nurlanayotgan jismdan ajralgan elektromagnit to’lqinlarining vakuumdagi tezligi nurning tezligiga tengdir . Elektromagnit to’lqinlari boshqa biror jismda yutilganida qaytadan molekulalarning issiqlik harakati energiyasiga aylanadi. Issiqlik nurlanishining to’lqin uzunligi nm chegarasida o’zgaradi. Nurlanish tezligi haroratining oshishi bilan ko’payadi. Yuqori haroratlarda (masalan, bo’lganda) qattiq jismlar va gazlar o’rtasidagi issiqlik almashinishida nurlanish yo’li bilan issiqlikning tarqalishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Agar jismning yuzasiga miqdorida nurlangan issiqlik tushsa, uning faqat bir ulushi jism tomonidan yutiladi va issiqlik energiyasiga aylanadi, boshqa ulushi jismning yuzasidan qaytariladi, energiyaning qolgan ulushi esa jism orqali o’tib ketadi. Demak, (18) yoki (19) (19) tenglamadagi birinchi bo’linma jismning nurlangan issiqlikni yutish qobiliyatini, ikkinchi bo’linma qaytarish qobiliyatini, uchinchi bo’linma esa jismning o’zidan nurlangan issiqlikni o’tkazib yuborish qobiliyatini bildiradi. Agar bo’lsa, demak, quyidagiga ega bo’lamiz: A+R+D=1 (20) A, R va D ning son qiymatlarga ko’ra, jismlar quyidagi turlarga bo’linadi: 1) agar A = 1 (R = D = 0) bo’lsa, u holda jismga tushayotgan nurlangan energiyaning hammasi yutiladi. Bunday jism absolyut qora jism deb ataladi; 2) agar R = 1 (A = D = 0) bo’lsa, jismga tushayotgan nurlangan energiyaning hammasi qaytariladi. Bunday jism absolyut oq jism deb yuritiladi. 3) agar D = 1 (A = R = 0) bo’lsa, jismning yuzasiga tushayotgan nurlangan energiyaning hammasi jismdan o’tib ketadi. Bunday jism diatermik jism deb ataladi. Tabiatda absolyut qora yoki absolyut oq, diatermik jismlar yo’q. A, R va D o’rtasidagi bog`liqlik jismning tabiatiga, yuzasining tuzilishiga va uning haroratiga bog`liq. Odatda qattiq jismlar va suyuqliklar uchun D=0 va A+R=1 bo’ladi. Gazlar esa asosan diatermik jismlar qatoriga kiradi. Real sharoitda jismlar yuzasiga nur holida tushgan energiyaning bir ulushi yutiladi, yana bir ulushi qaytariladi, qolgan qismini esa jism o’zidan o’tkazib yuboradi. Bunday jismlar odatda kulrang jismlar deb yuritiladi. Download 285.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling