2 usul. Asosiy menyuning “Формулы” bo`limi tanlanadi. Bo`lim tanlangandan so`ng ekranda quyidagi oyna hosil bo`ladi.
Funksiyalar grafigini qurish. Buning uchun asosiy menyuning “Вставка” bo`limi tanlanadi. Hosil bo`lgan oynadan grafik turi tanlanadi. Funksiyaning qiymatlari belgilab olinadi. “Вставка” menyusiga kirib hosil bo`lgan oynadan grafik turi tanlanadi. Natijada quyidagi grafik hosil bo`ladi.
Diagrammalar qurish. Excel yordamida ushbu ish varag`i uchun murakkab diagrammalar tuzish mumkin. Siz ularni har biri o`z navbatida yana bir nechta variantlarga ega bo`lgan diagrammaning tipini tanlashingiz lozim. Diagramma
tuzishdan avval ma‘lumotlar qatorini va toifasini aniqlab, belgilab olish zarur. Ma‘lumotlar qatori - bu siz diagrammada aks ettirishni istagan ko`plab ifodalardir. Toifalar aniq ifodalarning ma‘lumotlar qatoridagi holatini bеradi. Diagramma tuzishdan oldin ikkita diapazonni - ma‘lumotlarning qatorini va toifani ajratish kerak. Shundan so`ng asosiy menyuning “Вставка” bo`limiga kiramiz va hosil bo`lgan oynadan “Все диаграммы”ni tanlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |