Muhandislik masalalarini elektron jadvallar yordamida yechish o`quv mashg’ulotining maqsadi


Download 16.15 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi16.15 Kb.
#1839749
  1   2   3
Bog'liq
к 2 (3)


2 - LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mavzu: MUHANDISLIK MASALALARINI ELEKTRON JADVALLAR YORDAMIDA YECHISH
O`quv mashg’ulotining maqsadi: MS Excel dasturi yordamida elektron jadvallarni yaratish va ularni qayta ishlash. Yaratilgan jadvallar asosida funksiya va grafiklarni qayta ishlash. Mavzu bo`yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, variant topshiriqlarini bajarish.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
1. Nazariy qism bilan tanishib chiqish.
2. Elektron hujjatlar bilan ishlash.
3. Jadval yaratish (ma`lumot kiritish) va yaratilgan jadvalda hujjat tayyorlash.
4. Jadvallar asosida funksiya va grafiklarni qayta ishlash
5. Laboratoriya ishining hisobotini tayyorlash.
Nazariy qism
Microsoft Excel - elektron jadvallar va ularni qayta ishlash uchun mo`ljallangan amaliy dastur bo`lib, undan hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun moliyaviy, buxgalteriyaga oid, muhandislik sohalarida keng qo`llaniladi. Katta hajmli ma`lumot natijalarini jadval ko`rinishida tasvirlash maqsadga muvofiqdir. Excel dasturi ma‘lumotlarni jadval ko`rinishida tasvirlash ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi. Shuning uchun ko`pchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir. Excel hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va *.xlsx kengaytmasiga ega bo`lgan fayllardir. Excelda bunday fayllar «Рабочая книга» (Ishchi kitob) deb ataladi. Har bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o`z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «Лист» (Ishchi varaq) deb ataladi. Har bir ishchi varaq o`z nomiga ega bo`ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun Microsoft Excel dasturini ishga tushirish zarur. MS Exceldagi barcha ma`lumotlar jadval ko`rinishida namoyon bo`lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma‘lum qismiga boshlang`ich va birlamchi ma`lumotlar kiritiladi, boshqa qismlari esa har-xil arifmetik amallar va boshlang`ich ma`lumotlar ustida bajariladigan boshqa amallar natijalaridan iborat bo`lgan axborotlardir. Excel elektron jadvali 1048576 qator (row) va 16384 ustun (column) dan iborat. Qatorlar 1dan 1048576 gacha bo`lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, B, .... Z, AA, AB, .... XFD) bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi - yacheyka (cell) joylashgan. Excelning asosiy ishlov berish ob`yekti yacheykalar hisoblanadi. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula ko`rinishidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish ham mumkin. Jadvalning tanlangan yacheykasiga o`tish uchun aniq manzil ko`rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan A1, B4, F9, AB3 kabi ko`rsatiladi. Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma‘lumotlarni kiritish mumkin:
matnli;
sonli ifodalar;
formulalar.
Formulalar har doim «=» belgisini qo`yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo`ladi. Excel dasturi quyidagicha ishga tushiriladi: «Пуск» tugmachasi yordamida «Приложения» bandiga kiriladi va dasturlar ro`yxatidan Microsoft Excel dasturi tanlanadi. Ish yangi hujjat yaratish yoki mavjud hujjatni ochishdan boshlanadi. Yangi hujjat yaratishda tayyor andozalardan birini tanlash yoki «Пустая книга» hosil qilish mumkin.
Excel dasturi ishga tushirilganda u turli andozalar ro`yxatini taklif etadi. Ish jarayonida bu ro`yxatni ko`rish uchun, «Файл» menyusidan «Создать» buyrug`ini tanlash kerak bo`ladi.

Download 16.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling