Muhandislik qurilish infrastrukturasi
Download 0.85 Mb.
|
9 mavzu
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI “MUHANDISLIK QURILISH INFRASTRUKTURASI” fakul'teti “GEODEZIYA VA KADASTR” kafedrasi MUSTAQIL ISH Fan:Sotsial iqtisodiy kartografiya Mavzu:Transportning ishi xaritalari Тekshirdi: Maqsudov R Bajardi: 100-19-guruh talabasi REJA:
2.Transport ishi xaritalari. 3.Mamlakatimizda transportning tutgan o’rni. Transport — ijtimoiy moddiy ishlab chiqarish tarmogʻi. yuklarni va yoʻlovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlari, korxonalari, xalq xoʻjalik tarmoqlari oʻrtasida, shuningdek, mamlakat ichida ayirboshlash va aloqani taʼminlaydi. Quyidagi transportlar mavjud: yer usti transporti (temir yoʻl, avtomobil, quvur yoʻllari), suv transporti (dengiz va daryo), havo transporti (aviatsiya). Vazifasiga koʻra ichki ishlab chiqarish. (sanoat) transportiga va umumiy foydalaniladigan transportga boʻlinadi. Bu transport turlari bilan bir qatorda shaxsiy foydalaniladigan avtotransportlarxam mavjud. Vazifasi va xususiyatiga koʻra, temir yoʻlovchilar va yuk tashuvchi transportga boʻlinadi. Ichki ishlab chiqarish. transporti bevosita moddiy neʼmatlar ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qiladi va korxona ishlab chiqarish vositalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy foydalaniladigan transport (yer usti, suv va havo) ijtimoiy ishlab chiqarish.da muhim sohani tashkil etadi. Umumiy foydalaniladigan Transportning moddiy ishlab chiqarish tarmogʻi sifatida paydo boʻlishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq. Mamlakatlar oʻrtasida tashqi savdoning oʻsishi dengiz kemachiligining rivojlanishiga turtki berdi. Avtotransport 19-asrning oxirida paydo boʻldi, 20-asrning 20-yillarida qisqa masofaga yuk va yoʻlovchilar tashishni amalga oshirib, temir yoʻl va daryo Transport bilan raqobat qila boshladi. Fuqaro havo transporti 20-asrning 1-choragida vujudga keldi. 20-asrda jahon transporti tizimi juda yuksaldi. Rivojlangan mamlakatlarda transport tizimlarining barcha transport turlari (AQSH, Kanada) yoki ayrim transport turlari (Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya)ning yuksak darajada rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. 20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda yuk va yoʻlovchilar, asosan, temir yoʻl, otulov transportlarida, tuya, xachir va boshqa yuk tashuvchi hayvonlarda tashilgan. 20-asrning 20-yillaridan avtomobil va xavo transporti, yirik sanoat korxonalari qurilishi bilan sanoat transporti vujudga keldi. 80-yillar oxiriga kelib respublika transportining moddiytexnika bazasi birmuncha yaxshilandi. Sanoat va qishloq xoʻjaligi.da ishlab chiqarish.ning oʻsishi, keng miqyosdagi kapital qurilishi va transport moddiytexnika bazasining yuksalishi bilan yuk va yoʻlovchilar tashish hajmlari ham orta bordi. Respublika mustakillikka erishganidan keyin transportning xalq xoʻjaligiga va ahrliga xizmat koʻrsatishini tubdan yaxshilash va transportni boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi (1992-yil 28-yanvar), "Oʻzbekiston avtomobil transporti" davlataksiyadorlik korporatsiyasi (1993-yil 8-yanvar), "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlataksiyadorlik kompaniyasi (1994-yil 7-noyabr) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik, ochiq turdagi aksiyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi. Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va yengil mashinalar) jamoa xoʻjaliklari, fuqarolarning mulkiga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yoʻlovchilar tashuvchi transportning barcha turi —temir yoʻl, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay,, trolleybus, metropoliten), daryo transporti, quvur yoʻllari transporti, shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti turlari — temir yoʻl, avtomobil, tasmali. transport, osma arqon transporti rivoj topgan (yana quyidagilar Avtomobil transporti, Daryo transporti, Dengiz transporti, Havo transporti, Temir yoʻl transporti, Shahar transporti). Respublikaning transport tizimi temir yoʻl, avtomobil yoʻllari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan temir yoʻl vokzallari, styalari, bekatlari, yuk omborlari, pristanlar, gʻavo flotining yirik aerovokzallari va boshqa infratuzilma boʻlinmalarini qamraydigan xalq xoʻjaligi kompleksini tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-sentabrdan barcha transportlarga texnik koʻrikdan oʻtgani toʻgʻrisidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilinadi (xorijiy davlatlarga chiqadigan transportlar bundan mustasno). Shuningdek, qaror bilan transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlandi. Transport nafaqat mamlakat ichidagi vazifalarni bajaradi, uning tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda ham ahamiyati katta. Boshqa iqtisodiy xaritalar orasida transport va iqtisodiy aloqalarxaritalari muhim o ‘rin egallaydi. Bu transportni xalq x o ‘jaligi tizimidagi katta ahamiyati bilan bog‘liq. Transport hammaga va liar doim kerak. Halq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini transport bilan aloqalari har doim to‘g‘ri va bevositadir. Xalq xo‘jaligining ehtiyojlari bilan aniqlanadigan va o ‘z navbatida unga jiddiy ta ’sir ko‘rsatadigan transport aloqalarini transport-iqtisodiy aloqalari deb nomlash qabul qilingan. Transportni tasvirlash umumgeografik xaritaning majburiy elementlari qatoriga kiradi. K o‘pchilik iqtisodiy xaritalarda katta yoki uncha katta boMmagan aniqlikda yo’l tarnioqlari tasvirlanadi. Yo’llarning xaritada to’liq va aniq tasvirlanishi o ‘sha xaritalarning aniq mavzusi, uning masshtabi va maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Transportni rivojlanishiga bir tomondan tabiiy rnuhit, boshqa tomondan esa ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi. Transportni joylashuvi ko‘p jihatdan relyefga, gidrografik to‘rga, o ‘simlik va tuproq-gurunt qoplamining xususiyatlariga, iqlimiy omilllariga bog'liq bo‘ladi. Masalan, gidrografik to‘r suv transportiga vosita bo‘lsa va ayni paytda transportni yer usti turlariga tabiiy to ‘siq b o iish i mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ishlab chiqarish va aholini joylashuvi, ularni biror joyda zich joylashishi (to‘planishi) bilan bog’langan. Transport xaritalarini ikkita katta guruhga ajratishadi: umumtransport va sohaviy (tarmoq) xaritalar. Boshqa barcha xarita turlarini tuzish uchun dastlabki bazaviy xarita bo‘lib transport to‘rlari xaritasi hisoblanadi, unda barcha transport liniyalari va barcha transport punktlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ushbu xaritani o ‘zida yoki alohida xaritalarda transport to'ri liniyalarining texnik tavsifi, harakatdagi tarkibi (parovoz va vagonlar) va transport punktlari beriladi. Sohaviy transport xaritalari aloqa yo‘llarining turlari bo‘yicha tasvirlaydi: tem iry o 'l transporti, avtomobil, dengiz, ichki suv yo'llari, truboprovod to ‘rlari shular jumlasidandir. Temir y o ‘l transporti xaritalarida barcha temir yo'llar elektrlashtiriIgan. ikki izli, tor izli yo’llarga ajratib tasvirlanadi; stansiyalar (tugun, sortlarga ajratadigan), razyezdlar va h.k. tasvirlanadi. Avtomobil transporti xaritalarida magistral yo‘llar (avtostradalar), shosselar, qattiq qoplamali mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar ko'rsatiladi. yo'llarning qoplama xarakteri yozib (yoki belgi qo'yib) qo'yiladi, transport vositalari to'xtaydigan punktlar, yonilg"i quyish shaxobchalari, avtobazalar va h.k. ko'rsatiladi. Daryo transporti xaritalarida daryolarni kema qatnay oladigan uchastkalari, ularni chuqurligi, kemalar kelib to'xtaydigan joy (pristanlar) va portlar (kemalar to'xtashi, turishi, kemalarga yuk ortish-tushirish hamda ularni ta'mirlash uchun maxsus jihozlangan joy), ular orasidagi masofa. yog'och oqizadigan uchastkalarni ko'rsatadi. Dengiz transporti xaritalarida reyslar va ularning masofasi, dengiz portlari va ularga qaysi mavsumda kirish mumkin va niumkin emasligi tavsifi bilan, prichallar (kema bog'lab qo'yiladigan joy) ning uzunligi va chuqurligi, yuk ortish-tushirish mexanizmlari bilan jihozlanganligi (ta’minlanganligi) va boshqalar tasvirlanadi. Havo transportini tavsiflash uchun aeroportlar va havoda tortilgan muntazam ishlaydigan aloqa liniyalarining yo'nalishlari tushiriladi. Quvurlar (truboprovodlar) o'tkazish (m a’lum vaqt ichida qancha ish bajara olish) imkoniyati, diametri va yotqizilgan trubalarning soni bo'yicha tavsiflanadi. Transport punktlarini yuk aylanmasi keltirilgan va jo'natilgan yuklarni miqdoridan tashkil topadi. Agar mazkur punktda qayta yuklash yoki sortlarga ajratish bajarilmasa tranzit yuklar hisobga olinmaydi. Transport punktlarini yuk aylanmasini tasvirlash uchun (temir y o ‘l stansiyalari. portlar, daryo pristanlari va h.k.) diametri bo'yicha bir-biriga tegib (yopishib) turadigan ikkita yarim doira, ko'pincha tarkibiy belgilar qo'llaniladi, ulardan bittasi yuklarni kelishiga, boshqasi jo'natishga mos keladi. Yuk aylanmasini ko'rsatish uchun har bir yarim doira yuklarni turi bo'yicha sektorlarga bo'linadi. Ayrim paytda, transport punktlarini oldida ikkita ustunchani joylashtirishadi, ulardan bittasi o'zining balandligi bilan bir yilda keladigan yuklarni hajmini, boshqasi - ularni jo'natishni ko'rsatadi. Umumiy yuk aylanmasi va barcha transport strukturasi yoki mamlakatlar (rayonlar) bo'yicha uni alohida turlari, ko'pincha kartodiagramma bilan tasvirlanadi. Hududni temir yo'llar bilan ta’minlanganligidagi farq yoki yirik avtomagistrallar bilan ta’minlanganligini pog'onali bo'yalgan izoliniyalar usuli bilan ko'rsatish mumkin. Ushbu xaritalarda eng to'q joylar (bo'yog'i bo'yicha) yo'llar bilan eng kam ta’minlangan rayonlarga mos keladi. Transport ishini generalizatsiya qilish yuk aylanmasi va yuk oqimlari hajmi shkalalarini, ularning tarkibini umumlashtirish orqali amalga oshiriladi; transport-iqtisodiy aloqalarini generalizatsiya qilishda ushbu priyomlardan (usullardan) tashqari ancha yirik xaritaga olish birliklariga o4ishdan foydalaniladi (m a’muriy tumanlardan viloyatlarga, viloyatlardan mamlakatlarga va h.k.). Transport xalq xo’jaligining moddiy boylik ishlab chiqaruvchi muhim tarmog’i sanaladi. Transport-xalq xo’jalik yuklari va yo’lovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltuvchi soxa. O’zbekistonda ishlovchilarning 4,6 foizi transport va aloqa soxasida mehnat qiladilar, investitsiyalarning ham 19,3 foizi shu soxaga to’g’ri keladi (2000 y.). Yuklar va odamlar tashish bir jihatdan ishlab chiqarish jarayoni bo’lsa, ikkinchi tomondan transport mahsulotidir. Transport yangi mahsulot yaratmaydi, balki moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga olib boradi, muomila doirasida ishlab chiqarishni davom ettiradi, bu esa mahsulot xarajatlari miqdorida qiymatni oshishiga olib keladi. Yalpi transport xarajatlarining iste’molchi qo’lidagi mahsulotni to’la qiymatiga bo’lgan nisbati transport tarkibiy qismlarining koeffitsenti hisoblanadi. Iqtisodiyotni o’sishi bilan jamiyatning transportga bo’lgan ehtiyoji ortib boradi. Transport geografik (hududiy) mehnat taqsimotini tarkib toptirishi va rivojlantirishda moddiy tehnik asos bo’lib xizmat qiladi. Transport tufayli iqtisodiy rayonlar ixtisoslashadi, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida, turli soxalarda ularning birgalikda kompleks rivojlanishi ro’y beradi. N.N. Baranskiy bunday deb yozgan edi: “Rayonlar iqtisodiy ma’noda yagona bir butun xo’jalik tizimining ixtisoslashgan, differensiallashgan tarkibiy qismlari bo’lib ana shu tarkibiy qismlar o’rtasida ozmi-ko’pmi ayriboshlashsiz ularni tasavvur qilib bo’lmaydi, ya’ni yetarlicha taraqqiy etgan transportsiz tarkibiy qismlarni rivojlanishi mumkin emas”. Agar tarixga nazar tashlasak “Buyuk ipak yo’li” ustida joylashgan O’rta Osiyo hududlarida iqtisodiyot, madaniyat, ma’naviyat yaxshi taraqqiy etgan edi. Keyinchalik, Yevropadan Hindistonga dengiz yo’lining ochilishi (XV asrda) bilan karvon yo’llarida karvonlar qatnamay qo’ydilar. Bu esa o’z navbatida O’rta Osiyo hududlarida iqtisodiyotni, hunarmandchilikni, madaniyatni rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Milliy iqtisodiyotni transportsiz rivojlantirish mumkin emas. Transport sanoat bilan qishloq xo’jaligi o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarini, mamlakatning turli hududlari o’rtasidagi mahsulot almashinishini, uning tashqi savdosini ta’minlaydi. Yangi hududlarni o’zlashtirishdan oldin ularga transport yo’llari o’tkaziladi. Hozirgi zamon shaharlari xayotini transportsiz tasavvur kilib bo’lmaydi. Transportni aholi turmush sharoitini yaxshilashdagi va mamlakat mudofaa quvvatini mustaxkamlashdagi ahamiyati juda katta. Transportning ishi haqida uning yuk tashish xajmiga karab fikr yuritish mumkin. Yuk tashish xajmi ma’lum vaqtda ma’lum masofaga tashilgan yuk miqdori bo’lib, u tonna kilometrda ifodalanadi. Hozirgi davrimizda tashqi iqtisodiy aloqalar iqtisodiy va ilmiy-tehnikaviy rivojlanishning qudratli jadallashtiruvchi omili bo’lib qoldi. Hozirgi vaqtda tashqi iqtisodiy aloqalar iqtisodiy va ilmiy-tehnikaviy rivojlanishining qudratli jadallashtiruvchi bo’lib qoldi. Hozirgi kunda fan va tehnika taraqqiyoti inqilobining eng yangi yutuqlarini egallash xalqaro mehnat taqsimotida chuqur va har tomonlama ishtirok etish bilan chambarchars bog’liqdir. Tehnika taraqqiyoti asrida ilmiy ishlarni, tovarlar va xizmatlarni intensiv tarzda almashtirmasdan turib yashash, o’z mablag’laridan nooqilona foydalanish, vaqtni qo’ldan boy berish, sur’atni yo’qotish demakdir. Xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish mamlakatimzni asosiy xalq xo’jalik vazifalarini xal etish uchun anchagina qo’shimcha imkoniyatlar bilan ta’minlaydi. Eng avvalo tashqi iqtisodiy aloqalar ishlab chiqarishning eng samarali tarmoqlarda tashkil etish, ayni chog’da chet eldan keltirish foydalirok bo’lgan tovarlarni ishlab chiqaruvchi quvvatlarni kengaytirishdan voz kechish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ishlab chiqarishni konsentratsiyalashni va iqtisoslashtirishni chuqurlashtiradi, milliy chegaralarni ochib tashlaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyat birgalikdagi tadqiqotlar va yechimlarni tashkil etish yo’li bilan ham, butun-butun tarmoqlar va ishlab chiqarishning zamonaviy tehnika bilan juda tez qayta jixozlash bilan ham fan-tehnika taraqqiyotini tezlashtirish imkonini beradi. Nixoyat tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ijtimoiy vazifalarni muvaffaqiyatlirok xal etish imkonini beradi. Bugungi kunda O’zbekistonda 20 dan ortiq xalqaro transport yo’laklari mavjud bo’lib, shu jumladan ikki yirik xalqaro avtomobil yo’llari (E-40 va E-60) Buxoro viloyati orqali o’tadi va G’arbiy Evropa mamlakatlarini Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan bog’laydi. Respublikada O’zbek milliy avtomagistrali mavjud bo’lib, uning uzunligi 2 755 km.ni tashkil qiladi. U shimoliy-g’arbiy tomondan Beyoneu (Qozog’iston) orqali, janubiyo-g’arbiy tomondan Olot (Turkmaniston) orqali, janub tomondan Termiz va Hayraton (Afg’oniston) orqali va sharqiytomondan O’sh (Qirg’iziston) orqali qo’shni davlatlarga chiqadi. O’zbekistonda yangi avtomobil yo’llari va temir yo’larni qurish, mavjud tranzit yo’nalishlarini rekonstruktsiya qilish, temir yo’llarni elektrlashtirish va harakatlanuvchi tarkibni yangilash, logistika xalqaro markazlari va terminallarini yaratish, aeroportlarni modernizatsiya qilishni nazarda tutuvchi yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. "O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasi samolyotlari bugungi kunda zaminimizning turli burchaklarida: Atlantika orqali Nyu-Yorkka, Ovropa shaharlariga, Janubiy-Sharqiy va G’arbiy Osiyoga, Yaqin Sharq davlatlari va boshqa shaharlarga qatnovlarini amalga oshirmoqda. MDH mamlakatlari bo’yicha 30 dan ortiq yo’nalishlar o’zlashtirilgan, 20 dan ortiq uzoq xorijiy mamlakatlarga passajirlar tashish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda MDH davlatlari poytaxtlari Ashxabod, Boku, Bishkek, Kiev, Moskva va Rossiyaning quyidagi yirik shaharlari Chelyabinsk, Ekaterinburg, Qozon, Xabarovsk, Krasnodar, Mineral-Suvlar, Navosibirsk, Omsk, Rostov-Don, Samara, Sankt-Peterburg, Tyumen, Ufa, Qozog’istonning Olmata, Qaragandi, Ukrainaning Simferopol shaharlari bilan, uzoq xorijiy davlatlarning yirik shaharlari bo’lmish: Amsterdam, Bangkok, Baxreyn, Berlin, Dehli, Dakka(Bangladesh), Frankfurt, Stanbul, Jidda, Karachi, Kuala-Lumpur, Lahor, London, Nyu-York, Parij, Seul, Shardja, Tel-Aviv, El-Riad bilan muntazam havo marshrutlari ishlab turibdi. Mamlakatimiz havo transporti jahon standarti talablariga binoan rivojlanishi O’zbekistonning mustaqillik yillariga to’g’ri keladi. Shu yillar ichida O’zbekiston samolyotlari saroyi rivojlangan g’arb mamlakatlarida, chunonchi Amerikada ishlab chiqarilgan “Boing” -757 va 767, Evroaerobus A-310 hamda Britan-Frantsuz aviakompaniyasida ishlab chiqarilgan RJ-85 samolyotlari bilan to’ldirildi. “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasining quyidagi xorijiy davlatlar yirik shaharlarida vakolatxonalari bor: Bokuda, Dakka(Bangladesh), Beming (XXR), Parijda, Frakfurt, London, Atxens (Greg’iya), Amsterdam, Dehli, Tel-Aviv, Rim, Tokio, Bishkek, Seul, Kuala-Lumpur, Moskva, Sankt-Peterburg, Chelyabinsk, Novosibirsk, Omsk, Rostov-Don, Samara, Tyumenq, Jidda (Saudiya Arabistoni), Bangkok (Tailand), Stambul, Ashxabod va boshqalar. Mamlakatimiz bo’yicha ham mahalliy havo yo’nalishlari keng rivojlangan. Poytaxtimiz Toshkent quyidagi shaharlar bilan muntazam bog’langan: Andijon, Buxoro, Farg’ona, Qarshi, Namangan, Nukus, Samarqand, Termez, Urganch, Navoiy, Zarafshon.Ichki va tashqi havo yo’nalishlarida zamonaviy laynerlar va boshqa turdagi samolyotlar qatnamoqda. Havo yo’nalishlarida passajirlar tashish ishlarini ortib borishi temir yo’li transporti passajirlar tashish ishini engillashtirishga va uning yuk tashish qobiliyatini oshirishga olib keladi. Hisoblarga ko’ra, havo transporti bajargan har bir million kilometr passajir oboroti temir yo’l transportidan bir passajir poezdini bo’shatishga yoki temir yo’l transporti o’tkazuvchanlik qobiliyatining qo’shimcha ikki yuk poezdlari birligiga yoki 4,5 ming tonna yuk tashishga tenglashtirish mumkin. 2013 yilda “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniya havo transportida bajarilgan yuk aylanmasi 116,3 mln. tonnadan ortiq bo’lganligi hisobga olinsa, bu transport turining mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatini yanada ravshan ko’rsatadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling