Muhit. Ekologik omillar. Muhitga organizimlarining moslashishi. Reja


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1021874
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhit. Ekologik omillar. Muhitga organizimlarining moslashishi.



Muhit. Ekologik omillar. Muhitga organizimlarining moslashishi. 
Reja: 
1. 
Muhit tushunchasi. 
2. 
Ekologik omillar, abiotik, biotik va antropogen omillar. 
3. 
Ekologik sistemalar. 
4. 
Ekosistemalarda moddalar almashinuvi. 
1. Muhit ekologik tushuncha bo'lib, u kompleks tabiiy elementlar va voqealardan tashkil 
topgan. Shu muhitda tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. 
Muhit – organizmlarni o'rab turgan jamiki tabiiy ekologik omillardir (havo, yorug'lik, 
tuproq 
va 
b.q.). 
Muhit elementlari organizmlar holatiga, o'sish, rivojlanish, ko'payish, tarqalishiga 
to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa ikkilamchi omil sifatida ta'sir qiladilar. Har bir organizmning 
muhiti ko'plab organik va anorganik elementlardan hamda inson faoliyatidan kelib 
chiqadigan sun'iy elementlardan tashkil topadi. Muhitning bir elementi ma'lum organizm 
uchun zarur bo'lsa, ikkinchisining bor yoki yo'qligi uning uchun ahamiyati yo'q. Muhitdagi 
uchinchi 
element 
esa 
oarganizm 
uchun 
zararli 
bo'lishi 
mumkin. 
Muhitning o'ziga xos xususiyatlari evolyusion rivojlanishning uzoq davrlarida ham 
o'zgarmay qolgan. Bunga erninng tortish kuchi, quyoshdan kelayotgan radiasiya, okean 
suvlari tarkibidagi tuz miqdori va atmosferannig tarkibi kabilar. Muhitning harakat, namlik, 
shamol, ozuqa, yirtqichlar, parazitlar, raqobat kabi omillar vaqt bo'yicha ham, fazoda ham 
o'zgarib turadi va shu ko'rsatilgan muhit omillarida turg'unlik bo'lmaydi. Masalan, harorat 
Yer yuzasida fasllar davomida, hattoki kun davomida ham o'zgarib turadi, lekin okeanning 
chuqur joylarida, g'orlarda harorat doimiydir. O'simlik, hayvonlar va insonlarda 
uchraydigan parazitlar ozuqaning ko'p va doimiy muhitida yashasa, yirtqichlar uchun ozuqa 
o'zgaorib 
turadi 
va 

o'ljaning 
oz-ko'pligiga 
bog'liq 
bo'ladi. 
Keyingi vaqtda ekologiyada «tashqi muhit» atamasi ham ishlatilmoqda. Tashqi muhit – 
tabiiy kuch va voqelikning yig'indisi, uning moddalari, energiyasi, tarqalishi, inson 
faoliyatining turli ob'ektiv va sub'ektiv qirralari bo'lib, ularning ba'zilari bir-birlari bilan 
aloqada 
bo'lmasligi 
ham 
mumkin. 
Atrof muhit atamasi tashqi muhit tushunchasining aynan o'zi bo'lib, ob'ekt yoki sub'ekt 
bilan to'g'ridan-to'g'ri munosib bo'ladi. Atrof muhit tushunchasini biologi olim Ya. Yaksol 
(1864-1944) ekologiyaga va uni qo'yidagicha ta'riflagan: «Tashqi dunyo», u tirik 
organizmlarni o'rab turgan, ularni sezgi organlari, hayvonlarni harakat organlari orqali ta'sir 
qilib, maxsus hususiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Har bir sub'ekt huddi 
o'rgimchak to'rining tolalari kabi tashqi mhitning u yoki bu xususiyati bilan bog'langan 
murakkab 
to'r 
hosil 
qilib, 
o'zining 
hayotchanligini 
ta'minlaydi. 


«Atrof muhit» tushunchasi ingliz tilida (environment) o'tgan asrning 60 yillarida 
ko'llanilgan bo'lsa, nemis tilida (umewelt) faqat keyingi yillardagina eng tarqala boshladi. 
Rus tilida «tashqi elementlar» tushunchasi rus evolyusionst olimi K.F. Rule (1814-1858) 
tomonidan 
qo'llanilgan. 
Organizmlarni bevosita o'rab turgan keng ma'nodagi tushuncha – yashash muhiti (sharoiti) 
– ayrim organizm yoki biosenozni abiotik va biotik omillar yig'indisi ta'sirida organizmning 
o'sadigan va ko'payadigan joyidir. Masalan, o'tloqlarda, u erdagi ekologiyada to'rtta 
yashash 
muhiti 
farqlanadi: 
1. 
suv 
2. 
tuproq 
3. 
yer-havo 
4. 
tirik organizmlar tanasi 
Turli tuman rangda gullayotgan o'simliklar, ularning ko'rinishi va hidini, o'simliklar ichida 
o'sib yurgan asalarini har xil qabul qilamiz. Bazi hayvonlarning sezgi organlari shunchalik 
kuchli bo'ladiki, ular insonlar qabul qla olmaydigan hidni, tovushni va boshqa tabiiy 
holatlarni 
qabul 
qiladilar. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling