Muhit va ekologik omillar
Havo, relef va boshqa ekologik omillar
Download 133 Kb.
|
3-amaliy mashg\'ulot. Omillar
Havo, relef va boshqa ekologik omillar. Havo — o‘simliklar uchun faqat muhit bo‘libgina qolmasdan, ularda kechadigan bir qator hayotiy jarayonlar va oziqlanishda birdan—bir ekologik omil sifatida ishtirok etadi. Atmosfera havosi bir necha gazlarning aralashmasidan iborat bo‘lib, o‘simliklar uchun bevosita ahamiyatga ega bo‘lganlari karbonat angidrid, kislorod va azot hisoblanadi. Karbonat angidridning havodagi miqdori — 0,03%. U atmosferada o‘simlik va hayvonlarning nafas olishi, yonish jarayonlari hamda vulqonlar otilgan paytda ajralib chiqadi. Kislorod havoda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan miqdordan ham ortiqroq bo‘ladi. Azot ko‘pchilik o‘simliklar uchun ahamiyatsiz hisoblansada, u tuban o‘simliklar, ayniqsa, tuganakli bakteriyalar, azotobakter va aktinomitsetlar, yashil suv o‘tlari uchun ozuqa manbai sifatida xizmat qiladi. Havodagi sulfat angdirid, azot oksidlari, vodorod galogenlari, ammiak va boshqa zararli moddalar o‘simliklardagi gaz almashitshsh paytida, yoringarchilik vaqtida, yerga tushganda va changlarning o‘tirishi natijasida o‘simlik organlariga kirib, ularning barglari va boshqa organlarini zaharlaydi. Natijada, o‘simlikda hayotiy jarayonlar buziladi va ular butunlay nobud bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun hozirgi vaqtda atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha juda katta konstruktiv, texnologik, sanitar—texnologik va boshqa tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shamol deganda havo massasining yer yuzi bo‘ylab ko‘chib yurishi tushuniladi. O‘simliklarga shamol bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Shamolning to‘g‘ridan—to‘g‘ri ta’siri, uning mexanik ta’siridir. U daraxtlarning poyasini sindiradi, barglarini yulib ketadi. Shamol o‘simliklardagi fiziologik jarayonlarga ham ta’sir qiladi, U o‘simlik bug‘latayotgan suvni olib ketadi. Uning o‘rnini quruq havo massasi egallaydi. O‘simlik fotosintez uchun zarur bo‘lgan karbonat angidrid bilan shunday ta’minlanadi. O‘rta Osiyo cho‘llarida esadigan "garmsel" shamoli o‘simliklarga jiddiy zarar yetkazadi. Shamolning bilvosita ta’siri shundan iboratki, u qum va tuproqlarni ko‘chirib yuborishi natijasida o‘simliklar ildizlari ochilib qoladi. Shamolning doimo bir tomonga esishi o‘simliklarning tashqi qiyofasiga ta’sir qiladi. Natijada, ular bayroqsimon shaklli bo‘lib qoladi. Relefning o‘simliklarga ko‘rsatadagan ta’siri, ayniqsa tog‘li rayonlarda, balandliklarning dengiz sathidan qarab iqlim, tuproq va boshqa omillar hamda o‘simliklarning harakteri ham o‘zgarib boradi. Natijada vertikal mintaqalar paydo bo‘ladi. Janubiy tog‘ yonbag‘irlarida, shimoliy yonbag‘irlarga nisbatan ko‘proq yorug‘sevar va issiqsevar o‘simliklar tarqalgan. Har 100 m ga balandga ko‘tarilganda temperatura 0,60 S ga pasayadi. Tog‘larda o‘simliklar mintaqalar bo‘yicha tarqalgan bo‘ladi. Bu mintaqadagi o‘simliklar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. O‘rta Osiyo sharoitida, balandliklar zonasi va undagi o‘simliklar jamoasi akademik Zokirov K.Z. tomonidan o‘rganilgan. Bu quyidagi mintaqalarga: cho‘l — balandligi dengiz sathidan 500-600 m bo‘lgan joylar; adir —600-1600 m gacha bo‘lgan joylar; tog‘-1600 -2800 m.; yaylov -2800 va undan yuqori joylar. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling