Muhit va ekologik omillar


Biotik omillar-organizmlarning o‘zaro ta’sirlari


Download 133 Kb.
bet6/7
Sana10.02.2023
Hajmi133 Kb.
#1184208
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot. Omillar

2. Biotik omillar-organizmlarning o‘zaro ta’sirlari
Har bir mavjudotga boshqa tirik organizmlarning ta’siri bor, o‘simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Biotik omillar quyidagilarga bo‘linadi: fitogen — jamoadagi o‘simliklarning bir—biriga ta’siri. Bunga o‘simliklarning bevosita mexanik, simbiozlik, parazitlik, epifitlik ta’siri kiradi. Bulardan tashqari, o‘simliklarning bilvosita ta’siri (yashash muhitini o‘zgartirish yo‘li bilan) ham amalga oshib turadi, masalan: daraxtlarning o‘tlarga soya tushirishi va boshqalar
Zoogen — hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilishi va boshqa mexanik ta’sirlar, changlatish, meva va urug‘larning tarqatilishi, muhitga ta’sir etishi kabi ta’sirlar.
Mikrobogen va mikogen — mikroorganizmlar va zamburug‘larning ta’siri.
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan tur nomiga «evri» old qo‘shimchasini, tor doirada moslashganlariga esa «steno» old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi. Organizmlarning temperaturaga moslashuvi evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho‘rlanishga nisbatan evrigalin, stenogalin, bosimga nisbatan evribat, stenobat ekologik guruhlari ajratiladi.
Ekologik omillar organizmning turli funksiyalariga turlicha ta’sir etadi. Sovuqqonli hayvonlar uchun havo temperaturasining 40—45°S bo‘lishi modda almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, ammo ularning faolligi, ya’ni harakatchanligi susayadi. Bunday hayvonlar tinim holatiga o‘tadi.
Muhitning ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Bir omilning ta’siri boshqa omillarining intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Buni omillarning o‘zaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi.
Organizmlarning normal hayoti uchun ma’lum bir darajadagi sharoit talab etiladi. Agar barcha shart — sharoitlar qulay bo‘lib, ulardan biri yetarli miqdorda bo‘lmasa, cheklovchi omil deb ataladi. Cheklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi va yashay olmasligini belgilaydi.
Turlarning shimol tomon siljishiga musbat temperatura omilining yetishmasligi ta’sir etsa, qurg‘oqchilik rayonlarida esa namlik yoki yuqori temperaturaning ta’siri cheklovchi omil hisoblanadi. Cheklovchi omillar, bu faqat abiotik omillar bo‘lib qolmay, biotik omillar ham bo‘lishi mumkin. Gulli o‘simlik turlarinining tarqalishida ularni changlatuvchi hasharotlar cheklovchi omil bo‘ladi. Cheklovchi omillarni aniqlash amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.
Organizmlarning moslashuvi turlichi bo‘lishi mumkin. Morfologik moslashishlarga suv muhitida gidrobiontlarning suv qarshiligini kesib yurishiga mos tana tuzilishi, shuningdek, plankton organizmlarning suvda moslashgan holda yashashi kabilarni o‘simliklar dunyosida esa cho‘l sharoitida minimum suv sarflashga moslashish sifatida barglarning reduksiyalanishi yoki butunlay bo‘lmasligi, ildizlarining chuqur kirib borishi va baquvvat bo‘lishi kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Fiziologik moslanishlarga hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko‘ra, ovqat hazm qilish sistemasida fermentlarning ma’lum turlarining uchrashi yoki cho‘lda yashovchi hayvonlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun yog‘larning biokimyoviy oksidlanishidan foydalanishi kabilar misol bo‘ladi. O‘simliklarda kechadigan fotosintez va boshqa biokimyoviy jarayonlar atmosferadagi gazlar tarkibiga bog‘liqdir. Hulqiy yoki etologik moslanishlar hayvonlar uchun xos bo‘lib, turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvon tanasi o‘rtasida normal issiqlik almashinuvi uchun in qurish (boshpana topish), qulay haroratli joyni izlab topishi, qushlar va sutemizuvchilarda sutkalik va mavsumiy ko‘chib yurishlar ma’lum. Hayvonlar faqat harorat omiliga hulqiy tomondan moslashib qolmay, namlik, yorug‘lik va boshqa ko‘pchilik ekologik omillarga ham moslashadi. Hulqiy moslanishlar yirtqichlarning o‘ljani izidan yurishi, kuzatish, hamda o‘ljani javob reaksiyalarida ko‘rinadi.
Har bir o‘simlik o‘zi yashayotgan muhitdagi boshqa organizmlar, ya’ni mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar bilan murakkab va xilma —xil aloqada bo‘ladi, natijada ular bir — birlariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bu hil ta’sir biotik ta’sir deyiladi. Biotik ta’sir zoogen, fitogen omillarga bo‘linadi. Zoogen omillar-bu hayvonlarning o‘simliklarga ko‘rsatadigan ta’sirlaridir. Masalan, hasharotlar o‘simliklarga changlanishida, qush va umurtqali hayvonlar meva va urug‘larning tarqalishida qatnashadi. Ba’zi bir hayvonlar esa o‘simliklar bilan oziqlanib, ularni hatto yo‘qotib ham yuboradi.
Hayvonlar o‘simliklarga tuproq omillari orqali ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yer kovlovchi hayvonlar tuproq mexanik va biologik xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi. Tuproq hosil bo‘lishida, unda yashovchi mikroorganizmlar katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘simliklarning o‘simliklarga bevosita ko‘rsatadigan ta’siriga quyidagilar kiradi: parazitizm, simbioz, bir o‘simliklarning boshqasiga mexanik ta’siri, birining ikkinchisini siqib chiqarishi, (lianalar va epifitlar va boshqalar). Antropogen omil bu insonlarning tabiatga ko‘rsatadigan ta’siri. U salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy ta’sirga, biotsenozlar hosil qilish, daraxtlarni ko‘paytirish va boshqalar kiradi. Salbiy ta’sirlarga havo, suv, tuproqni ifloslantirish, o‘simliklar jamoasining degradatsiyaga uchratilishi, yerlarning eroziyaga uchrashi va boshqalar kiradi.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling