B-PATOK 1-GURUH
Ommaviy-huquq fakulteti
QONUN LOYIHASI.
Tayyorladi:Amrullayev Jahongir
QONUN LOYIHASI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
ENERGETIK MAHSULOTLARINING TARQATILISHI HAMDA ISTE’MOL QILINISHINI CHEKLASH TO`G’RISIDA
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi energetik mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Energetik mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to`g’risidagi qonunchilik
Energetik mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining energetik mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, ushbu qoidalar jamiyat, xalq va davlat manfaatlariga ziyon yetkazmasa, shunda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi:
Energetik mahsulot — tarkibida 150 mg/l.dan ortiq miqdorda kofein va (yoki) inson organizmiga tonusni o‘zgartiruvchi ta'sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdordagi boshqa komponentlar mavjud bo‘lgan ichimliklar.
Energetik mahsulotlarga qaramlik — energetik mahsulotlarni belgilangan me’yordan ortiq, tez-tez va muntazam iste’mol qilish, fuqarolarda ushbu mahsulotga bo`lgan doimiy xohishning ortishi,energetik mahsulotga nisbatan surunkali mayl yuzaga kelishi.
Tibbiy ogohlantirish — energetik mahsulotlar toifasiga kiruvchi har bir energetik ichimlikning idishi old qismida, fuqarolarga ushbu mahsulotni belgilangan me’yordan ortiq iste’mol qilish, inson salomatliligiga salbiy ta’sir etishi to`g’risida axborot.
Do'stlaringiz bilan baham: |