Muhofaza qilishda davlat budjetining o’rni va ahamiyati Mundarija
Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati
Download 474 Kb.
|
Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda davlat budjetining o’rni va ahamiyati
Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati.Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir. Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslari asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi. Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Davlat byudjetiga xos xususiyatlar mablag’lar bilan byudjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: 1) davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar; 2) davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Yalpi ichki mahsulotning davlat byudjeti orqali taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qayta qo’shilib ketishi sodir bo’ladi. Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Yalpi ichki mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichga egadir: 1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari); 2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli byudjet fondlarini yaratish; 3) byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari). Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo’lish va ularni alohida-alohida ko’rib chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to’g’risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag’larining bir qismi davlatning qo’lida to’planishi sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida byudjet munosabatlari vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga — umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi. Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi: 1) byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 2) davlat byudjetining daromadlari. Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to’lovchilarning xarajatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo’lsa, bu narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini pasaytiradi. Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitligi bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Byudjet daromadlari davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Byudjet daromadlari o’zlarining iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’ektiv bo’lib, ular davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’ektiv zarurligi davlatning o’ziga xos funktsiyalarga ega bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi. Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga to’lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti (byudjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq ifodalangan byudjet kategoriyasi bo’lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning byudjet mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa — sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda byudjet fondlarining egasi — davlat va pul mablag’larini oluvchilar — sub’ektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo’ladi. Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham ob’ektiv iqtisodiy kategoriyadir. U kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning markazida ijtimoiy siyosat masalasi turadi. Bu siyosatning zaruriyati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng kulamli islohotlar natijasida aholi boshiga tushishi muqarrar mushkulliklarni engillashtirish bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari har qanday jamiyatda shunday shaxslar toifasi doimo mavjudki, ular ob’ektiv sabablarga ko‘ra (yoshi, sog‘ligining yomonligi, mamlakatdagi ishsizlik darajasi va boshqalar) ishlab chiqarishda ishtirok eta olishmaydi. Shuning uchun ular to‘g‘risida qayg‘urishni davlat o‘z zimmasiga olishi zarur, ya’ni yaratilgan milliy daromadning bir qismini ular foydasiga qayta taqsimlashi lozim. Aholi o‘rtasida kuchli iqtisodiy tengsizlikning oldini olish maqsadida daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha davlat chora-tadbirlari tizimi ijtimoiy siyosat deb yuritiladi. Keng ma’noda ijtimoiy siyosat deganda shaxs hayot faoliyatini shunday sharoitlarini yaratish va tutib turish bo‘yicha ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar tushuniladiki, u shaxsning rivojlanishiga yordam beradi va uning ijodiy imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilishini rag‘batlantiradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ilk bosqichlaridagi ijtimoiy himoya tadbirlari butun aholiga nisbatan qo‘llaniladi, bu esa mamlakatda barqarorlikni saqlashning muhim omili bo‘ldi. Muntazam ravishda ko‘rib chiqilayotgan turli miqdordagi ish haqi, pensiya, stipendiya va har xil nafaqa, tovon puli ko‘rinishidagi bevosita pul to‘lovlari keng qo‘llanildi, imtiyozlar hamda turli qo‘shimcha tulovlar tizimi aholini ijtimoiy himoyalash darajasini birmuncha oshirdi. Eng kam miqdorlardagi mehnat haqi va pensiyalarning soliqqa tortilmasligi belgilab qo‘yildi. Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasidagi xarajatlari qisman byudjet mablag‘lari hisobidan to‘ldirildi. Ommaviy ravishda talab qilinadigan tovarlar va xizmatlar ko‘pgina turlarining narxlari o‘rtasidagi tafovut o‘rni qoplandi. Download 474 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling