Mulk huquqi
Mulk huquqining asosiy tamoyillari
Download 24.84 Kb.
|
REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulk shakllari
Mulk huquqining asosiy tamoyillari
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (36,53,54-moddalar), FK (164, 165, 172, 228, 231-moddalari) va boshqa qonunlarda mulk huquqining quyidagi asosiy tamoyillari o`z ifodasini topgan: 1. O`zbekiston Respublikasida mulk daxlsiz, mukldorning mulkiy huquqi qonun bilan kafolatlanadi va mulkdor bu huquqlardan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin; 2. Iqtisodiyot samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o`sishiga yordam beradigan har qanday shakldagi mulkchilik bo`lishiga ruxsat beriladi. 3. Mulkchilikning hamma shakllari himoya qilinishi qonun bilan kafolatlanadi va ularning teng rivojlanishiga sharoit yaratib beriladi. 4. Mulkdor o`z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo`lmagan har qanday xatti-harakatlarni o`z xohishiga ko`ra sodir etishga haqli. 5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va davlat huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarga putur yetkazmasligi shart. 6. Har kim mulkdor bo`lishga haqli. Mulk shakllari Iqtisodiy ma`nodagi mulk shakllari deyilganda moddiy ne`matlarni o`zlashtirish usullarining yig`indisa tushuniladi. Bunday usullar yakka tartibda yoki jamoat bo`lib yoxud davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin3. Yuridik ma`nodagi mulk shakli – moddiy ne`matlarni muayyan subyektlarga tegishli bo`lishini (biriktirib qo`yishlikni) mustahkamlovchi va tegishli mulkning huquqiy rejimini belgilovchi huquqiy me`yorlar yig`indisidan iborat. O`zbekiston Respublikasi FKning 167-moddasiga asosan O`zbekiston Respublikasida mulkchilikning quyidagi shakllari mavjud: 1. Xususiy mulk; 2. Ommaviy mulk. Davlat mulk shakllarini rivojlantirish uchun zarur huquqlarning tengligini ta`minlaydi va uning himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulk shakllarini bunday turkumlash uchun mulk subyekti maqomi va mol-mulk rejimining uzviy birligi asosiy mezon hisoblanadi. O`z navbatida xususiy mulk shakli quyidagi ko`rinishlarda (turlarda) namoyon bo`ladi: a) yakka shaxsga (individga) tegishli mulk (fuqarolar mulki); b) nodavlat yuridik shaxslar mulki. Ommaviy mulk tarkibiga quyidagilar kiradi: a) O`zbekiston Respublikasi mulki; b) ma`muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk). 1 O`lmasov A., Sharifxo`jayev M., Iqtisod nazariyasi. -T.: Mehnat. 1995. -133 b. 2 Раҳмонқулов Ҳ. Эволюция права собственности (проблемы собственности сравнительное исследова-ния). -Т.: Адолат. 1995. -34 б. 3 Суханов Е.А. Лекции о праве собственности. -М.: Юрлит. 1991. -45-46 б. Download 24.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling