Mulk solig`i imtiyozlari


Download 1.17 Mb.
Sana08.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1463759
Bog'liq
Mulk solig`i imtiyozlari

Mulk solig`i imtiyozlari

Tayyorladi: Adxamov A.

Qabul qiluvchi: Asatullayeva Sh.

Reja:

  • 1. Mulk solig`i.
  • 2. Jismoniy shaxslarga mulk imtiyozlari.
  • 3. Yuridik shaxslar uchun solig`i imtiyozlari.

Mulk solig`i

  • Mol-mulk soligʻi - mahalliy soliqlarning bir turi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi.Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga qarashli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarining oʻrtacha yillik balans qiymati soliq solish obʼyekti hisoblanadi.Jismoniy shaxslar esa uy-joylari, kvartiralari, chorbogʻ va bogʻ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar, inshootlar qiymati, avtomobillarning barcha turlari motorli qayiklar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvatiga qarab soliq toʻlaydilar.

Quyidagi shaxslar uchun imtiyozlar qo`llaniladi


O‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
Mazkur imtiyoz tegishincha «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Yuridik shaxslar uchun solig`i imtiyozlari.

  • . Yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi mol-mulkning oʻrtacha yillik balans qiymatining 3% miqdorida belgilangan. Yuridik shaxslar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarning 50% va undan ortigʻini eksportga chiqarsa, molmulk soligʻidan ozod etiladi, 25% dan 50% gachasini chiqarsa, soliq summasi 50% foizga kamaytiriladi.

e`tiboringiz uchun raxmat!


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling