Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari


Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk obhektlaridan iborat


Download 186 Kb.
bet4/6
Sana23.12.2022
Hajmi186 Kb.
#1049870
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MULKCHILIK SHAKLLARI O\'ZGARISHINING YO\'LLARI VA USULLARI

Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk obhektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkazilishi;
2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra davlat mulki:

  • O’zbekiston Respublikasining davlat mulkiga mahmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (mahmuriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq de’utatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar.

  • O’zbekiston Respublikasining, mahmuriy-territorial tuzilmaning byudjet yoki boshqa mablag’lari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag’i hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasining mulki yoki mahmuriy-territorial tuzilmaning mulki bo’ladi.

  • O’zbekiston Respublikasi va mahmuriy territorial tuzilmalarning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi. Mahmuriy-territorial tuzilma esa O’zbekiston Respublikasining majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi.

  • O’zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xo’jalik faoliyati natijalariga har bir davlatning mahlum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin.

  • Davlatlararo manfaatlarga daxldor bo’lgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular o’rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.

2-rasm
Mulkchilik shakllarining tasniflanishi6

3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari


Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’’ ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitni vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Uzoq yillar mobaynida Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar qatori bizning Respublikamiz iqtisodiyotida ham umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat ahzolari o’rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning mahlum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, O’zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabrg’, 425-XII-son) quyidagicha tahrif beriladi:


Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obhektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir7.
Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga be’ul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k. Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini be’ul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish (3-rasm).
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki ‘allasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda ehtirof etildi va davlat mulki mono’olizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror to’ishi uchun teng huquqiy mehyorlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.


Download 186 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling