Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari


Jamoat birlashmalarining mulki


Download 286.5 Kb.
bet8/11
Sana09.04.2023
Hajmi286.5 Kb.
#1345013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mulkchilik munosabatlar

Jamoat birlashmalarining mulki. Jamoat birlashmalari (siyosiy ‘artiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan xalq frontlari, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, ko’ngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida ko’zda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan tahminlash uchun zarur bo’lgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy mahrifiy va sog’lomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va mol-mulk bo’lishi mumkin.
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablag’lari hisobidan ularning ustavlarida ko’rsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham bo’lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining pul mablag’lari ahzo bo’lish va ahzolik badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; o’tkazilgan lotereyalardan tushgan mablag’lar; ishlab chiqarish-xo’jalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida milliy xavfsizlik manfaatlarini ko’zlab yoki O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki bo’la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo’yilishi mumkin. Jamoat uyushmalari o’z ustavlarida yozib qo’yilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunlarda belgilanadigan tartibda o’zga davlatlardan keladigan pul mablag’larini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin. Siyosiy maqsadlarni ko’zlaydigan ‘artiyalar va ijtimoiy harakatlar o’zga davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan moliyaviy va o’zga moddiy yordam olishga haqli emaslar. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan ko’zda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi.
Diniy tashkilotlarning mulki. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega bo’lgan obhektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini tahminlash uchun zarur bo’lgan pul mablag’lari va boshqa mol-mulk bo’lishi mumkin. Diniy tashkilotlar o’z mablag’iga sotib olgan va bar’o etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo’lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Diniy tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida bo’lgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risidagi qonunida 7-modda xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir, deb ko’rsatilgan. shu bilan birga xususiy mulk bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi tahkidlanadi9. Xususiy mulk ham boshqa har qanday mulk shakllari kabi o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga mashuliyatlilik munosabatlarini rag’batlantiradi10. shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda uni qo’llash foydali bo’lgan bo’g’inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, koo’erativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi, ko’’ayishi mumkin.
Xususiy mulk:
1. Xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qo’llashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.
2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor o’z mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.
3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qo’ygan mablag’laridan, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlardan kelgan daromadlardan, meros bo’yicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan o’zga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega bo’lishlari hisobiga hosil etiladi va ko’’ayib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yo’l qo’yiladi.
4. Fuqaro o’zining mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi.
5. Uy-joy koo’erativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj koo’erativi yoki boshqa koo’erativning ahzosi foydalanish uchun o’ziga berib qo’yilgan kvartira, dala hovli, garaj yoxud boshqa imorat yoki bino uchun ‘ay badalini batamom to’lagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqni qo’lga kiritadi.
Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila ahzolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir.
Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni o’z xohishiga ko’ra tasarruf etishga — sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid bo’lmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
6. Xususiy mulk o’z mol-mulkini sarmoya sifatida o’rtaga qo’yish, davlat, koo’erativ va o’zga korxonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kim oshdi savdosida yoki qonunda yo’l qo’yiladigan o’zga asoslarda xarid etish asnosida yuzaga keladi.
7. Xususiy mulk bo’lishi mumkin bo’lmagan obhektlar O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo’yiladi.
8. Savdo va xizmat ko’rsatish sohasi obhektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning aralashib, birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi. Bu mulk alohida olingan obhektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini bildiradi.



Download 286.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling