Мулкни давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштиришнинг ҳУҚУҚий асослари


Download 50.5 Kb.
bet1/3
Sana21.10.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1714586
  1   2   3
Bog'liq
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning huquqiy asoslari


Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning huquqiy asoslari
Reja:
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tushunchasi, zarurati va mohiyati.
2. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari.
3. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlari.


Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tushunchasi, zarurati va mohiyati.

Ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot sharoitida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish yalpi ishlab chiqarish vositalariga, ya`ni mulkka davlat monopoliyasi o`rnatilgan respublikada mulk islohoti o`tkazilishi bilan uzviy bog`liq edi. Mulkchilik sohasida islohotlar o`tkazish shunchalik pishib yetildiki, oqibatda O`zbekiston sobiq SSSRning subyekti mahalidayoq (o`tgan asrimizning 80-yillari oxirlari) "Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari, grajdanlarning shaxsiy yordamchi xo`jaliklarini va yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to`g`risida" qaror[1] qabul qilib, unga ko`ra fuqarolarga shaxsiy yordamchi xo`jalik yuritish, uy-joy qurish uchun 0,25 gektargacha yer uchastkasi ajratish belgilandi. 1990 yilning 31 oktabrida O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi sohasida muhim voqea yuz berdi: O`zbekiston Respublikasining "Mulkchilik to`g`risida”gi Qonuni qabul qilindi.


Bu respublikamiz tarixida mulk to`g`risidagi birinchi yaxlit va mukammal qabul qilingan Qonun[2] bo`ldi. Ushbu satrlarni aynan mazkur Qonun sharhlovchilarining so`zboshisidan olganimiz ham bejiz emas. Chunki mulk islohotlarini amalga oshirishda ushbu Qonun katta rol o`ynadi va uning negizida bozor munosabatlariga mulkka oid normalar qonun hujjatlarida rivojlantirildi.
Tan olish kerakki, Qonun o`z davrida ham, bugungi kunda ham progressiv ahamiyatga ega bo`ldi. Har bir shaxsning mulkdor bo`lishga haqli ekanligini ta`minladi. Ushbu Qonun oz bo`lsa-da, fuqarolarga mulk nima ekanligini, mulkdor kimligini tanitdi. Bir so`z bilan aytganda, O`zbekistonda amalda boshlangan islohotlarning o`ziga xos huquqiy asosi bo`ldi.
Bu orada davlat mustaqilligiga erishildi va u islohotlarga juda katta turtki berdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O`zbekiston kuchli huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurishni, bozor munosabatlari orqali mustahkam moddiy zaminni shakllantirishni va haqiqiy mulkdorlar sinfini vujudga keltirshni maqsad qildi. Shubhasiz, "bozor munosabatlariga o`tishning asosiy sharti ko`p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashish muhitini shakllantirshning huquqiy, tashkiliy shart-sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat"[3] edi. "Shu sababli, iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining g`oyat muhim vazifasi davlat mulki monopolizimini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko`p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat" bo`ldi
Shu ma`noda 1991 yil 19 noyabrda "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida" Qonun qabul qilindi.[4] Qonunning muqaddimasida belgilanganidek, u samarali, ijtimoiy yo`nalishga ega bo`lgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi davlat mulkini o`zgartirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beradi[5]. Darhaqiqat, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bozor munosabatlarining eng zaruriy shartidir.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yangi mulkdorlarda mulk huquqi vujudga kelishining sivilistikada qaror topgan hosila usuliga tegishli bo`lib, unga ko`ra ushbu mulkning egasi (mulkdori)-davlat o`z organlari orqali qaysi mol-mulkini o`z tasarrufidan chiqarish va xususiilashtirishni o`zi hal qiladi. Biroq, bundan davlatning vakolatlari boshqa subyektlar (masalan, davlat korxonasi xodimlari, turli yuridik shaxslar, chet ellik investorlar) ga nisbatan keng va ko`proq ekan-da, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu — huquqning alohida subyekti hisoblangan davlatning immunitet huquqidan kelib chiqadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish davlat korxonalari va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, xo`jalik jamiyatlari va shirkatlariga, davlatga qarashli mulk bo`lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo`lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
Ko`rinib turibdiki, davlat mol—mulkini boshqa mulkdorlarga berishning har ikki shakli — davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mazmun—mohiyatan bir—biriga juda yaqin. Faqat davlat tasarrufidan chiqarishda mol—mulk allaqanday guruh (kooperativ) boshqaruviga o`tsa, xususiylashtirishda esa yakka jismoniy shaxslar ham uni qo`lga kiritishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida qaror qabul qilish huquqi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralariga, kommunal mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida qaror qabul qilish huquqi mahalliy hokimiyat boshqaruvi idoralariga beriladi.
Masalaning mohiyati shundaki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish orqali u haqiqiy mulkdorlarga topshiriladi. Garchi qonun va amaliyot mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning pulsiz amalga oshirilishini istisno etmasa—da (xususan, vrachlar, o`qituvchilar, Ulug` Vatan urushi qatnashchilari istiqomat qilib kelgan uy—joylar ularga bepul xususiylashtirib berildi), ammo asosan katta hajmdagi mol—mulklar muayyan pul summasi evaziga yangi mulkdorlarga topshirildi. Shunisi ahamiyatliki, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish o`tkazilayotgan paytda qaror topgan haqiqiy bozor bahosi hisobga olinadi. Xuddi shu yerda masalaning mohiyati uning zarurati bilan izohlanadi. Xo`sh, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishning zaruriyati nimalarda edi? Ushbu zaruryatni quyidagilar bilan izohlash o`rinli bo`lar edi:
— mulkning haddan tashqari markazlashuvi va uning mavhum subyekt — davlat qo`lida to`planishi. Umumxalq (davlat) mulki deb atalmish mulk shakliga alohida imtiyozli maqom belgilash, uni qaytarib olishga nisbatan hatto da`vo muddatlarini qo`llamaslik, mulkning boshqa shakllarini zo`rlik bilan davlat mulkiga qo`shib olish va oxir—oqibatda uning mutlaq hukmronligini ta`minlashga intilish teskari natijaga olib keldi. Ma`muriy—buyruqbozlik tizimining iqtisodiy negizi bo`lgan davlat mulki amalda qarovsiz va xo`jasiz qoldi, chunki u hammaniki va ayni vaqtda xech kimniki ham emas edi. Kishilarda bu mulkka nisbatan xo`jayinlik tuyg`usi va undan bevosita manfaatdorlik yo`qligi davlat mulkiga nisbatan tashmachilik, talon—taroj, xo`jasizlikning vujudga kelishiga sabab bo`lgandi. Bu holatlar mulkiy munosabatlarning mazmun-mohiyatini tubdan o`zgartirishni obyektiv zaruriyat qilib qo`ygandi
Bugungi kunda biz sifat jihatidan yangi iqtisodiy munosabatlar tizimiga o`tmoqdamiz. Bozor munosabatlari deb atalmish bu tizimni qaror toptirish uchun jamiyatda mulkdorlik va mulkiy munosabatlar tizimi o`zgartirilmog`i lozim edi. Boshqacha aytganda, mulklar o`z xo`jayinlariga qaytarilmog`i va jamiyatimiz mulksiz, oddiy ishlovchilar jamiyatidan ishlovchi mulkdorlar jamiyatiga aylantirilmog`i shart edi.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling