Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi, shakllari va


Download 105.68 Kb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi105.68 Kb.
#1470454
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISHNING MAQSADI, SHAKLLARI VA


MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISHNING MAQSADI, SHAKLLARI VA
USULLARI
M U N D A R I J A
Kirish

  1. BOB. MULKCHILIK SHAKLLARI VA ULARNING TURLARI

    1. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni.

    2. O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari

  2. BOB. MULKNI DAVLAT TASRRUFIDAN CHIQARILISHI VA XUSUSIYLASHTIRILISHI

    1. Mulkni davlat tasrrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi – bozor iqtisodiyotga o’tishninng obe’ktiv sharti ekanligi.

    2. O'zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirilish usullari xususiyatlari

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi.Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi.Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo’ladi. Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin ajratiladi. 1Kurs ishi mavzusi dolzarbligi: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari takidlaganlaridek “Bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor. Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriy huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor ro’lini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani barchamizga yaxshi ma‘lum, albatta.
Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo`lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e‘tibor.Yurtboshimizning ma‘ruzalarida o‘z tasdig’ini topdi: - Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. Iqtisodiyotimizning ustuvor vazifalari mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borilayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. Bu borada dastlabki yillar davomida ana shu investorlar qariyb 1 trillion so‘m va 40 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish majburiyatini olganini qayd etish lozim.
Mulkchilik shakllarini o’zgartirish,xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obekti buzilib, buning natijasida 120 gektar hajmidagi yer maydoni bo‘shadi. Bu yerlarning qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmat ko‘rsatish obektlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi. 2
Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obekt inventarizatsiya qilinib, xususiy mulk shakliga o‘tkazish uchun auksion savdolariga qo‘yildi va ularning 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish uchun ochiq savdoga qo‘yildi.
O’zbеkistоnda xususiylashtirish jarayonlari mоdеli amalga оshirilayotgan iqtisоdiy islоhоtlar asоsi bo’lgan tamоyillarga asоslanadi. Uni qisqacha qilib quyidagicha tavsiflash mumkin:
- xususiylashtirish amalga оshirilayotgan islоhоtlarning ichki mantiqiga bo’ysunadi va uning asоsi xisоblanadi;
- asоsiy islоhоtchi davlat bo’lganligi uchun xususiylashtirish tartibga sоlinadigan jarayon xisоblanadi;
- qоnun ustivоrligi, barchaning istisnоsiz qоnun va mе’yoriy-huquqiy xujjatlarga bo’ysunishi majburiyligi;
- xususiylashtirishning manzilli yo’naltirilganligi, ahоlining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlash, dеmоgrafik vazxiyatni hisоbga оlish, ijtimоiy kafоlatlar tizimiga bоsqichma-bоsqich o’tish;
- xususiylashtirish jahоn tajribasini hisоbga оlgan hоlda o’ylab amalga оshiriladi.
O’zbеkistоnda amalaga оshiriladigan islоhоtlarning o’ziga hоs ajralib turadigan xususiyati xususiylashtirishning dasturiy yondashuvning ta’minlanishi va bоsqichma-bоsqich amalga оshirilishidir. Barcha ishlar tizimli va davоmiy amalga оshiriladi. Davlat xususiylashtirish dasturlari qabul qilingan va amalga оshirilmоqda. Ahоlini ijtimоiy himоya qilish har bir fuqarоga tizimli imtiyozlarning manzilli yo’naltirilganligi bilan kafоlatlangan. Haqiqiy hоlatni hisоbga оlgan hоlda xususiylashtirish muammоlarini hal etish yirik ishlab chiqarish va bоshqaruv tarkiblarining dеmоnоpоllashtirilishi оrqali amalga оshirilmоqda.3



Download 105.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling