Mavzu: mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi, shakllari va usullari


Download 355.38 Kb.
bet1/10
Sana21.04.2023
Hajmi355.38 Kb.
#1374321
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU


MAVZU: MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISHNING MAQSADI, SHAKLLARI VA USULLARI
MUNDARIJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Umumiy qoidalar va ustuvorliklar 2. Ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish 3. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari 4. Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari 5. Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlariga qo‘yiladigan talablar XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VAx USUSIYLASHTIRISH JARAYONINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI TO‘G‘RISIDA” 1994 YIL 15 MARTDAGI FARMONINI BAJARISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish Davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
1994-yil 1-oktabrgacha davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan nodavlat tashkilotlarning ro‘yxatini hamda ularning mol-mulki qiymatini aniqlash bo‘yicha zarur ishlarni 1994-yil 1-oktabrgacha amalga oshirsin va ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida respublika Hukumatiga takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majmuilari, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda bir oy muddatda yoqilg‘i-energetika, kon-qazib olish, paxtani qayta ishlash tarmoqlari korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi va mexanizmi to‘g‘risida takliflar kiritsin, bunda xorijiy investorlarning sarmoyalarini faol jalb qilish va aksiyalarning nazorat paketini davlat ixtiyorida qoldirish nazarda tutilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Respublika fond birjasi va Respublika ko‘chmas mulk birjasining ta’sis hujjatlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin;
Vazirlar Mahkamasining majmuilari, uyushmalar, korporatsiyalar, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 19-noyabrdagi 426-XII-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini respublika hamda ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (kommunal mulk)ga bo‘lish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun taqdim etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qonun bilan taqiqlanmagan, 1994-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra asosiy fondlarining balans qiymati 5 mlrd so‘m-kupondan kam bo‘lgan, qiymati 5 mlrd so‘m-kupondan ko‘p bo‘lganda esa Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, davlat mulki obyektlarining mulkchilik shaklini o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar, hokimliklar bilan birgalikda qurilishi tugallanmagan obyektlarni keyinchalik xususiylashtirish uchun ularning ro‘yxatini tayyorlasin va Davlat mulki qo‘mitasiga taqdim etsin;


O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi statistik hisobotlarni taqdim etish tartibi va shaklini tasdiqlasin, bunda mulkchilik shaklini o‘zgartirishni dastlabki hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
10 kun muddatda xususiylashtirilgan korxonalar bo‘yicha amortizatsiyadan budjetga ajratmalar ajratish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun respublika Hukumatiga kiritsin; 20 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda chet ellardagi moliya bozorlarida O‘zbekiston Respublikasining qiymatli qog‘ozlarini joylashtirish usuli to‘g‘risida takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga savdo va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil topgan monopol tuzilmalarning ro‘yxatini hamda ularni maydalashtirish tartibini kiritsin.
5. Korxonalari 1994-yilda davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar korxonalarni ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish jadvalini ishlab chiqsinlar va ularga amaliy yordam bersinlar, mulkchilik shakli o‘zgartirilayotgan korxonalarning aksiyalarini respublikada va xorijda fond birjalari orqali sotish maqsadida reklama prospektlarini tayyorlasinlar.
6. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, boshqa ommaviy axborot vositalari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini belgilangan tartibda yoritishni, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga kirish davrida uning O‘zbekiston uchun ahamiyatini tushuntirishni, aksiyalari erkin sotiladigan korxonalarni reklama qilishni, fuqarolarni ularning mulk egasi sifatidagi huquqlaridan xabardor qilishni ta’minlasinlar.

Download 355.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling