Mavzu: mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi, shakllari va usullari


Xususiylashtirilayotgan obyektlarni baholash tartibi 2


Download 355.38 Kb.
bet4/10
Sana21.04.2023
Hajmi355.38 Kb.
#1374321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAVZU

Xususiylashtirilayotgan obyektlarni baholash tartibi 2 Davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkning boshqa shakllariga qayta o‘zgartirish Davlat mulki qo‘mitasi tasdiqlagan Ish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi, unda, shuningdek, xususiylashtirilayotgan obyektlar mulkini baholash tartibi ham belgilab berilgan. Mulkni baholashni qayta o‘zgartirishga oid barcha hujjatlar turkumini tayyorlash javobgarligi zimmasiga yuklangan ishchi komissiya amalga oshiradi. Korxona ishchi komissiyasi materiallari yuzasidan ekspert xulosasini shunday faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan konsalting yoki auditor xizmatlari beradilar. Bu xizmatlar mulkni baholashda o‘zlari foydalangan materiallarning to‘g‘riligi va sifati uchun ishchi komissiya bilan bir qatorda javob beradilar. Xorijiy investitsiyalar jalb qilish O‘zbekiston Respublikasidagi xususiylashtirish jarayonida xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning ishtirok etishi qayta o‘zgartirilayotgan korxonalarda texnik va texnologik jihozlanganlik darajasini oshirish, korxonaga menejmentning yangi shakllarini olib kirish, boshqaruv malakalarini takomillashtirish, “nou-xau” ayirboshlash, tashqi bozorga chiqish, shuningdek, bitimlar tuzish yo‘li bilan naqd valyuta olish, xalqaro aloqalarni kuchaytirish va rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini dunyo miqyosida birlashtirish maqsadlarida nazarda tutiladi. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarining bir qismini sotish yo‘li bilan xorijiy valyutani xususiylashtirishni amalga oshirish nazarda tutiladi. Xorijiy investitsiyalar jalb qilinganda yoqilg‘i-energetika kompleksi, rangli metallarni, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni, radioaktiv va nodir yer elementlarini qazib olish va qayta ishlash korxonalarining aksiyalari nazorat paketlarini davlat o‘zida saqlab qoladi. Bu sohalarda, shuningdek konsession shartnomalar tuzilishi mumkin.
Xorijiy investorlar uchun xususiylashtirishning quyidagi usullari nazarda tutiladi: a) aksiyalarni xorijiy investorga raqobatli, shu jumladan, investitsion savdo (tenderlar) orqali, kimoshdi savdolarida, fond birjalarida, shuningdek, bevosita muzokaralar jarayonida sotish; korxonalarning aksiyalarini to‘liq yoki ularning bir qismini xorijiy investorlarning bittasiga yoki bir guruhiga sotish, bu qo‘shma korxonalar yoki batamom xorijiy sarmoya negizidagi korxonalar tashkil etish imkonini beradi; tugatilgan (kasodga uchragan) korxonalarning aktivlarini oldindan belgilangan mezonlari bilan kimoshdi savdosida ochiq raqobatli savdolarda sotish;
ko‘chmas mulkni kimoshdi savdosida va tanlov asosida sotish;
davlat mulki obyektlarini investitsiya loyihalari bo‘yicha tanlov asosida sotish yo‘li bilan;
b) ustav sarmoyasini ko‘paytirgan va davlat korxonasini mulkchilikning davlat-aksionerlik shakliga aylantirgan va ko‘paytirilgan ustav sarmoyasi aksiyalarining bir qismini xorijiy investorga sotgan holda davlat korxonalariga yangi investitsiyalarni joriy etish usuli bilan;
ishlatish va foydalanish huquqi berilgan holda mulkni davlat ixtiyorida qoldirish imkonini beruvchi xorijiy investorlar bilan konsession shartnomalar tuzish usuli bilan (bu usul qazib oluvchi kompleks, elektr energetikasi, suv ta’minoti, kommunal xo‘jaligi korxonalariga nisbatan qo‘llanilganligi maqbul). Xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari aksiyalarini xorijiy sarmoya ishtirokida tashkil etilgan investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya banklariga joylashtirish va almashtirish usuli bilan. Foydalanishga tayyor qilib xususiylashtirish yer davlat mulki ekanligini saqlab qolgan holda yangi korxonaning xorijiy investor tomonidan qurilishi yoki qurilishning bir qismi davlat mulki ekanligini saqlab qolgan holda tugallanmagan qurilishni foydalanishga tayyor qilib qurib bitkazish usuli bilan.
Xizmat ko‘rsatish sohalarining xususiylashtirilgan obyektlari bo‘lgan yer uchastkalari xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga to‘liq xususiy mulk qilib sotiladi. 3Xorijiy investorlarni davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga jalb qilish shakli to‘g‘risidagi qaror davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining taqdimnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi.
Xorijiy investorlarni davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga jalb qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mustaqil konsalting, auditor tarmog‘i, firmalar tashkil etiladi, shuningdek, xuddi ana shunday xorijiy firmalar jalb qilinadi.
Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshiruvchi xalqaro agentliklar tashkil etiladi:
O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning qonunchilik va normativ bazalari, davlat mulkini xususiylashtirishning maqsad va vazifalari, korxona mulkida mehnat jamoasi, davlat, ichki va xorijiy investorlarning taxmin qilinayotgan ulushlarini ko‘rsatgan holda xususiylashtirilgan va xususiylashtirish mo‘ljallangan korxonalar, bo‘lg‘usi investorning investitsiya loyihasiga qo‘yiladigan talablar, xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini kimoshdi savdosi (tanlov) asosida sotishning shart-sharoitlari va shu kabilar to‘g‘risidagi bukletlarni nashr qilish, tarqatish hamda reklama qilish;
bo‘lg‘usi xorijiy investorlarning so‘rovi bo‘yicha O‘zbekistonda xususiylashtirish qanday borayotganligi to‘g‘risidagi zarur axborotni berish;
bo‘lg‘usi xorijiy sheriklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
tarmoq vazirliklari va idoralarining tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarma va bo‘limlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.


Download 355.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling