Mavzu: mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi, shakllari va usullari
Download 355.38 Kb.
|
MAVZU
XUSUSIYLASHIRISHNING MINTAQAVIY VA TARMOQ DASTURLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Mintaqaviy va tarmoq (viloyat, shahar, tuman) dasturlariga qo‘yiladigan umumiy talablar Davlat dasturidan kelib chiqadi va quyidagilardan iborat bo‘ladi: Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlari respublika xususiylashtirish dasturining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda tuzilishi kerak. Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlariga atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari albatta kiritilishi kerak, ya’ni hududga ekologik zarar yetkazadigan korxonalar himoya inshootlarini yaratib, ularni ishga tushirgandan keyingina xususiylashtirilishi yoki bu korxona tugatilib, uning mulki qismlab kimoshdi savdolari orqali yoki ekologiya talablarini nazarda tutgan holda tanlov asosida sotilishi mumkin. Xususiylashtirishning hududiy va tarmoq dasturlari asosiy qoidalarining ro‘yobga chiqarilishi qonun bo‘yicha hudud yoki tarmoqdagi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmalar hamda mansabdor shaxslarning javobgarlik tartibi asosida jadal va sifatli amalga oshirilishi lozim. Xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlari hokimliklar tomonidan har yili Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ishlab chiqilishi va quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak: bozor infrastrukturasining yangi subyektlarini yaratish va yangi turdagi tadbirkorlarni tarbiyalash; mahalliy bozorni tovarlar va xizmatlar bilan boyitish; mintaqaning hayotini ta’minlash va hudud manfaatlariga aloqador muammolarni hal qilish. Xususiylashtirishning mahalliy dasturlari mazkur mintaqaning respublika xalq xo‘jaligidagi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatini hisobga olishi va davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonining o‘zini amalga oshirishda shu mintaqada yashovchi aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashi kerak. Xususiylashtirishning mahalliy dasturi muhokamasi ommaviy bo‘lishi, uning loyihasi mahalliy matbuot organlarida e’lon qilinishi, mahalliy radio va televideniye orqali eshittirilishi, ko‘rsatilishi lozim. Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlari qayta o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan aniq obyektlar ro‘yxatini, ularni xususiylashtirishdan kutilayotgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar nazarda tutilishi zarur: mavjud ahvolni sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilish, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlaridagi strategiya hamda taktikani belgilash; davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar ro‘yxati; ishlab turgan yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; boshqaruvning iqtisodiy va shartnomaviy usullariga o‘tish masalalarini nazarda tutgan holda aksionerlik jamiyatlarining namunaviy ustavidan foydalanish; mintaqaning va umuman respublikaning manfaatlarini hisobga olgan holda davlat mulkini xorijiy sheriklar va investorlarga sotish imkoniyatlariga alohida e’tibor berish. Xususiylashtirish jarayonida korxonalarni birlashmalar tarkibidan, tarkibiy bo‘linmalarning korxonalar tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi qaror respublika Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga muvofiq qabul qilinadi. Tarkibiy bo‘linmalarning korxonalar tarkibidan ajralib chiqishi to‘g‘risidagi qaror texnologik majmua birligini buzmasligi kerak. Sanoat Yirik korxonalar asosan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari tarzida xususiylashtiriladi. O‘rta va mayda korxonalar xususiy mulk, javobogarligi cheklangan jamiyat tarzida xususiylashtirilib, xorijiy investorlarga qo‘shma korxonalar tashkil qilish uchun tavsiya etiladi, aksiyalashtiriladi. Respublika mintaqalari uchun hayotiy muhim mahsulotlarni ishlab chiqarishda ustuvorlikka ega. Kimyo sanoati korxonalari ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladi yoki tanlov asosida mazkur ishlab chiqarishni rivojlantirish yoki uning samaradorligini oshirishning eng maqbul variantini taklif etgan yuridik va jismoniy shaxslarga tanlov asosida sotiladi. Energetika vazirligi, “O‘rtaosiyoko‘mir”, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi korxonalarining xalq xo‘jaligini yoqilg‘i-energetika va mineral resurslar bilan barqaror hamda uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ularga bo‘lgan talablar, ularni qazib olish va qayta ishlash ustidan nazoratning zarurligi kabi xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu bosqichda ularning yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalarini davlat tasarrufidan chiqarib, ular uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish, aksiyalarning nazorat paketini davlatda qoldirish maqsadga muvofiqdir. Kimyo va paxtani qayta ishlash korxonalari uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi. Download 355.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling