Mulohaza. Mulohazalar ustida mantiqiy amallar. Formulalar. TENG KUCHLI Formulalar. Aynan chin, aynan yolg’on va bajariluvchi formulalar
Download 1.67 Mb.
|
1-2 maruza diskret m
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- ta’rif .
2- misol. ko‘rinishda yozilgan formulani tahlil qilaylik. Bu formuladagi amallarni bajarish tartibi faqat bir joyda qavslar bilan aniqlangan. Mantiqiy amallarni bajarish imtiyozlari va qavslar haqidagi kelishuvga ko‘ra berilgan formulani ko‘rinishda ifodalash mumkin. ■
Tabiiyki, ixtiyoriy formula uchun chinlik jadvali tuzish mumkin. Berilgan formulaga mos chinlik jadvalini tuzishda shu formula tarkibidagi amallarga e’tibor bergan holda asosiy chinlik jadvallaridan ketma-ket foydalanish mumkin. 3- misol. formulaning chinlik jadvali 1- jadval bo‘ladi. ■
2- ta’rif. Agar berilgan ikkita formula tarkibida ishtirok etuvchi elementar mulohazalarning har bir qiymatlar satri uchun bu formulalarning qiymatlari bir xil bo‘lsa, u holda ular teng kuchli formulalar deb ataladi. 3- ta’rif. Agar berilgan ikkita formula tarkibida ishtirok etuvchi elementar mulohazalarning qiymatlar satrlaridan hech bo‘lmaganda bittasi uchun bu formulalarning qiymatlari har xil bo‘lsa, u holda ular teng kuchlimas formulalar deb ataladi. Teng kuchli va teng kuchlimas iboralari na faqat formulalarga nisbatan, balki ixtiyoriy mantiqiy mulohazalarga nisbatan ham qo‘llanilisi mumkin. Ba’zan, teng kuchli va teng kuchlimas iboralari o‘rnida, mos ravishda, ekvivalent va ekvivalentmas iboralari ishlatiladi. Ekvivalentlik tushunchasi ekvivalensiya tushunchasiga ohangdosh bo‘lgani uchun, ularni bir-biridan farq qilish maqsadida ko‘proq teng kuchlilik iborasidan foydalanamiz. Berilgan formulalarning teng kuchliligini ifodalashda “” belgidan, teng kuchlimasligini ifodalashda esa “” belgidan foydalaniladi. Masalan, agar berilgan va formulalar teng kuchli formulalar bo‘lsa, u holda deb, va formulalar teng kuchlimas formulalar bo‘lganda esa, deb yoziladi. Ba’zan, formulalarning teng kuchliligini ifodalashda “” belgidan, teng kuchlimasligini ifodalashda esa “”belgidan ham foydalaniladi. Berilgan formulalarning teng kuchli yoki teng kuchlimas bo‘lishini aniqlashda, odatda, ular uchun tuzilgan chinlik jadvallaridan foydalaniladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling