1- ta’rif. Berilgan elementar mulohazalar (o‘zgaruvchilar) yoki ularning inkorlari kon’yunksiyalaridan tashkil topgan formula shu o‘zgaruvchilar elementar kon’yunksiyasi, bu o‘zgaruvchilar yoki ularning inkorlari diz’yunksiyalaridan tashkil topgan formula esa shu o‘zgaruvchilar elementar diz’yunksiyasi deb ataladi.
Tabiiyki, elementar kon’yunksiya (elementar diz’yunksiya) tarkibida faqat bitta o‘zgaruvchi ishtirok etishi ham mumkin. Shu sababli, bitta (masalan, ) o‘zgaruvchining o‘zi yoki uning inkoridan iborat yoki ko‘rinishdagi ifodalar elementar kon’yunksiya ham elementar diz’yunksiya ham bo‘la oladi.
Umuman olganda, berilgan ta o‘zgaruvchilar elementar kon’yunksiyasi
(3)
ko‘rinishdagi, bu o‘zgaruvchilar elementar diz’yunksiyasi esa
(4)
ko‘rinishdagi formuladir. Bu yerda () ch yoki yo qiymat qabul qiluvchi qandaydir parametrni ifodalaydi hamda o‘zgaruvchilar orasida bir xillari bo‘lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |