Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari


Download 203.48 Kb.
bet13/35
Sana20.09.2023
Hajmi203.48 Kb.
#1683018
TuriReferat
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii

Kambag‘al [f.+a. – qashshoq, yo‘qsil] 1.Muhtojlikda yashovchi, tirikchilik uchun kerakli narsasi yetarli bo‘lmagan; qashshoq, faqir, bechora29.
Mansublik tushunchasi dinamik xarakterda bo‘lib, u yoki bu tarkibiy elementlarining ustuvorligiga bog‘liq.
Masalan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan olingan quyidagi parchada Otabekning boy xonadon farzandi ekanligi, maishiy imkoniyati yuqoriligini ta’kidlash maqsadida ikki xil ijtimoiy mansublik doirasidagi holat interyer tasviri orqali farqlangan.“Saroyning to‘rida boshqalarg‘a qarag‘anda ko‘rkamrak bir hujra, anovi hujralarga kiygiz to‘shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, uttalarda bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan bo‘lsa, munda ipak va adras ko‘rpalar, narigilarda qora charog‘ sasig‘anda, bu hujrada sham’ yonadir, o‘zga hujralarda yengil tabi’atlik, serchaqchaq kishilar bo‘lg‘anida bu hujraning egasi boshqacha yaratilishda”. (A.Qodiriy “O‘tkan kunlar”).
Oilaviy munosabatlar har bir jamiyatning o‘zagidir. Oilaviy muhit to‘la va qoniqarli munosabatlarning o‘ziga xos qo‘rg‘oni sifatida tug‘ilishdan to umrning oxirigacha har bir odamning yashashi, shaxs sifatida shakllanishi, o‘sishi va rivojlanishi uchun xavfsiz va barqaror sharoit imkoniyatini beradi. Tabiiyki, oilalar bir-biridan farq qiladi, ularga madaniy, an’anaviy va diniy omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Kambag‘allik tushunchasi jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish uchun asosiy imkoniyatlarning yetishmasligini anglatadi. Bu oilani boqish va kiyintirish, maktabga yoki kasalxonaga borish, oziq-ovqat taqchilligi, yashash sharoitining noqulayligi yoki tirikchilik qilish imkonini beradigan ish yo‘qligi kabi vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Bu hol inson qadr-qimmatini poymol qiladi, o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, ruhiy tushkunlik kayfiyatini paydo qiladi. Bu so‘zsiz ularning nutqida o‘z aksini topadi.
Axir, boshqorong‘i bo‘l, evida bo‘l-da! – dedi do‘ppisini qoqmasdan boshiga kiyib. – Anor, anor... Bir qadoq anor falon pul bo‘lsa! Saharimardondan suv tashib, o‘tin yorib, o‘t yoqib bir oyda oladiganim o‘n sakkiz tanga pul. Akam bo‘lmasa, ukam bo‘lmasa...
Er-xotin tek qolishdi. Xotin jo‘xorini tuyib bo‘ldi, uni kelidan togorachaga solayotib to‘ng‘illadi:
Havasga anor yeydi deysiz, shekilli...
Bilaman... Axir, nima qilay? Xo‘jayinimni o‘ldirib pulini olaymi, o‘zimni hindiga garov qo‘yaymi? Gʻalatimisan o‘zing?
Xotin ovqatga unnadi, erining «boshqorong‘i bo‘l, evida bo‘l-da», degani unga juda alam qildi, xo‘rligi keldi, o‘pkasi to‘ldi. Ovqat pishdi. Qozonning zangi chiqib qoraygan go‘jaga qatiq ham rang kirgizolmadi. Turobjon ikki kosa ichdi, xotini esa hanuz bir kosani yarimlatolmas edi. Uning imillashini ko‘rib Turobjonning ko‘ziga negadir oqsoq mushuk ko‘rindi. Mushuk yirtilgan yengini esiga tushirdi, avzoyi buzildi. (A.Qahhor “Anor”).
Ijtimoiy holatning nochorligi oilaviy munosabatlarda muvozanatning buzilishiga, hatto, ota-bola o‘rtasida ham o‘ng‘aysiz noqulaylik keltirib chiqarishi diskursiv vaziyatga ham o‘z ta’sirini o‘tkazganini ko‘rishimiz mumkin.
Odil aka har doimgi joyida bo‘lsa ham avvalgidek yonboshlab emas, balki tizzalarini omonatgina bukib, oyoqlarini iloji boricha o‘ziga yaqin tortib o‘tirardi. Go‘yo u o‘z farzandining emas, balki juda aziz bir mehmonning qarshisida o‘tirgandek va uni ko‘ngildagidek kutib ololmayotganidan xijolat chekayotgandek edi.
Shaharni sizlar bilasizlar-u, ammo qishloqda ancha qiyin bo‘p qoldi, – Halima aya go‘yo erining o‘ng‘aysizligiga izoh berib, uni xijolatpazlikdan chiqarmoqchi bo‘lgandek gapirdi.
Xijolat bo‘lmanglar. Begona bo‘lmasak... – Yusuf tobora avj olib, hatto o‘ziga ham yuqayotgan o‘ng‘aysizlikning bariga chek qo‘ymoqchi bo‘lib asabiyroq gapirdi...
U otasi bilan anchagacha dardlashib o‘tirdi. Bu orada ovqat ham tayyor bo‘lgan ekan. Halima aya dasturxon o‘rtasini burda nonlardan tozalab, go‘sht o‘rniga kartoshka bosilgan qaynoq palovni keltirib qo‘ydi.
Yusuf yo‘ldan biror kilo go‘sht olvolmaganiga afsus qildi, lekin u holda qaytib ketish uchun yo‘lkiraga qiynalib qolishini eslab, ichidan ezildi...(U.Hamdam, “Muvozanat”).
Farzandni ota-onasini yo‘qlash uchun go‘sht olib kelishga ham imkoni yo‘qligi qiynasa, ota-ona olisdan kelgan o‘g‘lini ko‘ngildagidek kutib ololmayotganidan xijolat.
Ba’zan kambag‘al qatlamga mansublikdan uyalish, qochish, izzat-nafsning ozor topishi insonni mansublik belgilarini yashirishga, o‘zini boshqa ijtimoiy qatlamga mansubdek tutishga yo‘naltiradi.
Bundan tashqari tarkibida boy va kambag‘al so‘zlari ishlatilmasa-da, mazmunan shu tushunchalarga xos voqelikni ko‘chim orqali ifodalovchi paremiologik birliklar ham ko‘p.

Download 203.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling