Muloqot odobi, grafikli organayzerlar yaratish
Download 28.65 Kb.
|
1 2
Bog'liqкасьий мулоқот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Angren-2023
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Angren universiteti “ ”kafedrasi Mavzu: MULOQOT ODOBI, GRAFIKLI ORGANAYZERLAR YARATISH. Mustaqil ish Bajardi : Saidova D.I. Guruh: Tekshirdi: Angren-2023 MULOQOT ODOBI, GRAFIKLI ORGANAYZERLAR YARATISH. Reja: 1. KIRISH. 2.NUTQ ODOBI НИМА? 3. GRAMMATIKA. 4. GRAFIKLI ORGANAYZERLAR. 5. XULOSA. 6. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH Nutq - tildagi ifoda vositalardan foydalangan holda voqelikka aylangan fikrdir. Nutq, nutq odobi insonning ma’naviyatini - ma’rifatini belgilovchi asosiy mezondir. Demak kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko‘rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo‘lgan xabarlarni tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko‘ngliga mos holda adabiy me’yordagi ifodalar bilan yetkazishdir. Xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so‘zlovchi tilni mukammal bilishi kerak. Muloyim, yoqimli, odobli so‘zlash ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Unga yoshlikdan ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish orqali erishiladi. O‘quvchi uchun eng yaxshi namuna o‘qituvchidir. Buni o‘qituvchi har doim his qilib turishi kerak. Nutq odobi salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo‘ladi, tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Salomlashishning ahamiyati boshlanadi. Salomlashishning ahamiyati haqida hindlarda shunday naql bor: “Bitta salom bilan beshta narsaga - o‘zini yengil sezish, shon-shuhrat topish, qut-barakali, ilmli bo‘lish va nihoyat uzoq umr ko'rishga erishiladi”. Ha, salomda gap ko‘p, salomlashish, salom berishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Madaniyatli kishi o‘z aybini bo‘yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so‘rashni ham bilishi lozim. O‘z aybi uchun uzr so‘rash o‘z g‘ururini yerga urish emas, balki odoblilik va xushmuomalalik alomatidir. Yetuk kishiga yana xos fazilatlardan biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda xayrlashganda ishlatiladigan “xayr”, “sog‘ bo‘ling”, “xayr, ko‘rishguncha”, “xayr, omonlikda ko‘rishaylik” kabi ta’sirchan iboralar mavjud. O‘qituvchi xonadan chiqayotganda “xayr, “sog‘ bo‘linglar”, ^“xayr, yaxshi qolinglar” kabi iboralarni ishlatsa o‘rinli bo‘ladi. Og‘zaki nutq: Mavzuga oid matnni o’qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlash. Matnga munosabat bildirib so‘zlash. Kasbiy faoliyatda nutq madaniyatining ahamiyati haqida gapirib berish. Yozma nutq: Yuqoridagi matnni lotin alifbosiga o‘girib ko‘chiring. “Mutaxassisning nutq madaniyati” mavzusida matn tuzish. Ish jarayonidagi muomala madaniyati haqida kasbiy o‘yin senariysini tuzish va uni insenirovka qilish. GRAMMATIKA. Me’yor tusunchasi. Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir. Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan. Me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo’ladi. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir. Anglashiladiki, til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas. Qo'llangan til birligi to'gri yoki noto'g’ri deyilganda, albatta ma'lum bir o'lchov (mezon)ga asoslanganligi tayin. Mana shu o'lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi. Ma'lum bir hududda tarqalgan uzus imkoniyatlari o'sha hududda yashovchi aholi uchun istisnosiz tushunarli bo'ladi, ya'ni aloqani yengil amalga oshuviga imkon beradi. Bu tilning o'zi me'yordan iboratligini ko'rsatadi. Me’yor - tilning yashash shaklidir. Adabiy me’yor adabiy til bilan birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyati taraqqiyoti bilan rivojlanib o'z qonun- qoidalarini mustahkamlab boradi. O'zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi: Leksik-semantik me’yor Talaffuz - (orfoepik) me’yori Yozuv (grafika) me’yori Fonetik me’yor Aktsentologik (urg’uni to’g’ri qo’yish) me’yor Grammatik (morfologik va sintaktik) me’yor So’z yasash me’yorlari Imloviy (orfografik) me’yor Uslubiy me’yor Punktuatsion me’yor Download 28.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling