kauzal atributsiya hodisasi muhim ahamiyat kasb etadi. U sub’ekt bilan shaxslararo idrok qilish sabablari va boshqa odamlar hulq-atvor metodlarini tushuntirib berishdan iborat. Kauzal atributsiya jarayonlari odamlarning bir-birilari tomonidan tushunishlariga ta’sir etuvchi quyidagi qonuniyatlarga bo‘ysunadi:
- tez-tez takrorlanib turuvchi va kuzatiladigan hodisalarga hamrohlik qiluvchi voqealar, odatda, uning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabablari sifatida o‘rganiladi;
- tushuntirib bermoqchi bo‘lgan xatti-harakatimiz noodatiy bo‘lib, ungacha biror noyob hodisa bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, biz aynan shuni amalga oshirilgan harakatning asosiy sababi sifatida hisoblashga moyil bo‘lamiz;
- odamlar xatti-harakatlarini noto‘g‘ri talqin qilish ularni tushuntirish mumkin bo‘lgan ko‘plab turlicha, bir xilda ehtimollikka
ega bo‘lgan imkoniyatlar mavjud bo‘lganida, o‘z talqinini taklif etayotgan inson o‘ziga qulay bo‘lgan holatni tanlashga haqli bo‘lgan vaziyatda o‘rinli bo‘ladi.
Qo‘shimcha baho berish hodisasi inson boshqa odam haqidagi ma’lumotlar taqchilligi sharoitlarida yuzaga keladi: bu holatni qo‘shib yozish jarayoni bilan o‘zgartirish mumkin. Bu jarayon ikki ko‘rsatkich: xatti-harakatning odatiyligi darajasi va ijtimoiy «istalganligi» yoki «istalmaganligi» darajasiga bog‘liqdir.[1]
Birinchi holatda, tipik hulq-atvor rolli namunalar tomonidan belgilangan hulq-atvor bo‘lgani uchun, uni tushuntirish oson kechishi ko‘zda tutiladi. Aksincha, o‘zgacha hulq-atvorni turlicha tushuntirish, shuningdek, sabablari va xususiyatlarini ham keng ko‘lamda tasvirlash mumkin. Xuddi shunday, ikkinchi vaziyatda ham, ijtimoiy «istalgan» hulq-atvor deb ijtimoiy va madaniyat qoidalariga mos keladigan, oson tushuntiriladigan va bir ma’noni anglatuvchi hulq-atvor tushuniladi. Bu qoidalar buzilganida mumkin bo‘lgan tushuntirishlar ko‘lami ham kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |