Refleksiya deganda individning muloqot bo‘yicha sherigi tomonidan qanday idrok etilishini anglashi tushuniladi. Endi bu oddiy boshqa birovni bilish yoki tushunish emas, balki, boshqaning meni qanday tushunishi, bir-birini aks ta’sir ettirishning ikkilangan o‘ziga xos jarayonidir, sherikning ichki olamini yaratadigan, bunda o‘z navbatida mening ham ichki olamim aks etadigan chuqur, ketma-ket o‘zaro aks ettirishdir.[1]
Odamlarni to‘g‘ri idrok qilish va baholashga halaqit beruvchi omillar mavjud. Ularning asosiysi quyidagilarda iborat:
1. Muloqot vaziyatlarini ushbu vaziyatda odamlar muloqotining maqsad va vazifalari, xohishlari va motivlari; qo‘yilgan maqsadlarga erishishga mos keladigan hulq shakli; kuzatuv vaqtida odamlar kayfiyati va masalalar holati kabi belgilari bo‘yicha farqlay olmaslik.
2. Kuzatuvchida boshqa odamni idrok qilish va baholash jarayoni real holatda boshlanmasdan turib, avvaldan belgilangan mayllar, baholash, fikrlarning mavjudligi. Bunday mayllar, odatda,: «Ko‘rish va baholashga arzirli nima bor o‘zi? Men shundog‘am bilaman …» kabi fikrlarda namoyon bo‘ladi.
3. SHakllanib bo‘lgan stereotiplar asosida kuzatuvdagi odamlar oldindan ma’lum guruhlarga ajratiladi, va diqqatni u bilan bog‘liq qirrani izlashga yo‘naltiradigan mayl shakllanadi, masalan, «Barcha o‘g‘il bolalar qo‘pol bo‘ladilar», «Barcha qizlar samimiy emasdirlar».
4. Baholanayotgan inson shaxsi haqida etarlicha to‘liq va ishonchli ma’lumot olinguniga qadar oldindan xulosa chiqarishga intilish. Ba’zi odamlar, masalan, birov bilan birinchi marta ko‘rishishi yoki uchrashishi bilanoq, u haqda «tayyor» fikrga ega bo‘ladilar.
5. Boshqa odamlarning fikriga quloq tutish istagi va odatining mavjud emasligi, inson haqidagi faqat o‘zining shaxsiy taassurotiga ishonish, uni ma’qullashga intilish.
6. Tabiiy sabablarga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘ladigan odamlarga baho berish va idrok qilishdagi o‘zgarishlarning mavjud emasligi. Bunda inson haqida yangi ma’lumotlarning to‘planganligiga qaramay, avval bildirilgan fikrlarning o‘zgarmasligi holati ko‘zda tutiladi.
Odamlarning bir-birini qanday idrok qilishi va baholashini chuqur anglashda
Do'stlaringiz bilan baham: |