Muloqot to’siqlari. Vositaning noto'g'ri tanlanishi


Download 16.3 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi16.3 Kb.
#1353456
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Muloqot to’siqlari.

  1. Vositaning noto'g'ri tanlanishi.

Har bir muloqot mos vosita orqali yetkazilishi shart. Mos bo'lmagan vosita muloqotning eng katta to'siqlaridan biridir. Misollar: muloqot katta tashkilotda sodir bo'lganda va bo'lim va bo’linmalar bir-biridan uzoq joylashganda. Agar boshqaruvchi boshqalar bilan maxfty masala bo’yicha muloqot qilishni xohlasa, boshga muloqot vositasidan ko'ra ular yozma muloqotni tanlashadi.
-Shunday qilib, vositachi puxta tanlangan bo’lishi kerak. Noto'g'ri va mos bo'lmagan vositachi muloqot to'siqlariga sabab bo'ladi.
2. Jismoniy to'siqlar.
Shovqin - zavodda stanoklarning baland tovushi tufayli og'zaki nutg qiyin tushuniladi. Muloqotga telefon yoki baland gapirish tizimi tufayli elektron tovush xalaqit beradi. So'z shovqini, jismoniy xalal berishning barcha turlari, noaniq dastxat, yomon nusxalar va hokozolar ham jismoniy to'siqlarga tegishlidir.
Vaqt va masofa.
Telefon va tarmoqdagi tig'iz payt.
Turli xil smenalarda ishlovchi odamlar.
Qabulxonadagi o'rindiqlarning noto'g'ri joylashuvi.
3. Semantik to’siqlar.
So’zlarga izoh berish. Inson har bir so'zning ma'nosiga o’zgacha izoh beradi va muloqotlar o'rtasidagi to'siqlarga sabab bo’ladi. Merfi va Pek o'zlarining "Samarali Biznes Muloqoti" Kitoblarida kichkina "Run" so'zining fe'l so'z turkumida 71 ma'nosi ot so’z turkumida 35 ma'nosi, sifatda esa 4 dan ortiq ma'nosi borligini ta’kidlab o'tishgan.
Chetlab o'tiluvchi ko'rsatmalar. Agar yuboruvchi va qabul qiluvchi xabarni bir xil so'zga o'zgacha ma'no yoki bir xil ma'no uchun turli xil so 'zlarning foydalanish qo'shib berganda sodir bo'lishiga chetlab o'tilgan ko'rsatmalar deb ataladi.
Ko'rsatish va konnotatsiya
So'zlarning 2 xil ma'nosi bo 'ladi:
1.So'zning lug'aviy ma'nosi - ko'rsatuvchi ma'nosi deb ataladi. Unda hech qanday ijobiy va salbiy jihatlarni ko 'rsatmay predmetlarning nomini va xabarini berishi shart.
2. Konnotativ-qarashlar va shaxsiy reaksiyalarini ifodalashga imkon beradi. Vijdonli arzon, samimiy va shu kabilar.
Bu muammoning oldini olish uchun quyidagilar ishlatilishi mumkin:
Qabul qiluvchiga tanish bo'lgan so’larni afzal ko 'ring.
Agar tinglovchiga so'zlar notanish bo'lsa, birinchi marta ishlatilayotgani uchun unga ma’nosini aniqlashtirib berish kerak.
Biz salbiydan ko 'ra ijobiy konnotatsiyani ishlatishni tanlashimiz kerak.
4.Ijtimoiy -psixologik to 'siqlar
Munosabat va fikrlar. Fikr bilan muvofiqlashtirilgan ma'lumot va shaxsning munosabati muayyan shaxs uchun muvofiqdir.
Hissiyotlar muloqotda muhim ro’l o'ynaydi. Agar so’zlovchi sarosimada, tashvishlangan, hayajolangan, qo'rqgan, asabiylashgan bo'lsa, unda u o'zining xabarini to'gri yetkaza olmaydi.
Yashirin idrok. Idrokini yashirgan inson bilan muloqot qilish juda qiyin. Biz o’z fikrimizda shunchalik qat'iylik bilan turamizki, hattoki boshqalarni tinglashdan ham bosh tortamiz.
Maqomni anglab yetish. Biz o 'zimizning past yoki yuqori lavozimimizni shunchalik ortiqcha anglab yetamizki, o'z fikr va mulohazalarimizni xolis ifodalaymiz.
Ma'lumot manbai. Ishonchimizga ko'ra munosabat bildirib, muloqotning kelib chiqqan manbasiga tayanamiz.
Noto'g'ri yetkazib berish. Xabarni yetkazib berishda asosiy qismi yo'qoladi (og'zaki muloqotda, har bir ma 'lumot yetkazilishida uning 30% yo'qoladi)
Past eslab qolish qobiliyati. Og'zaki xabar ayniqsa insonning past eslab qolish qobiliyati tufayli yo 'qoladi.
Download 16.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling