Muloqot va unug turlari
Download 83.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqJamoa bilan ishlash metodikasi
Jamoa bilan ishlash metodikasiAbduvaliyev MuhammadyusufReja : 1. Jamoa tushunchasi 2. Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. Metodika tushunchasi 4. Jamoa bilan ishlashning kamchilillari va afzalliklari Jamoa so‘zi lotincha ― “kollektivus” so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma‘nolarini anglatadi, aniqroq aytiladigan bo‘lsak jamoa bu kishilardan iborat guruh demakdir. Zamonaviy talqinda ―jamoa tushunchasi ikki xil ma‘noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan tashkiliy guruhi tushiniladi masalan ishlab chiqarsh jamoasi, zavod jamoasi, xo‘jalik jamoasi va h.k. Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchi tarbiyalanuvchilarning birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyidagi jamoa va uning xususiyatlari borasida so‘z yuritamiz. Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida muhim axamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta‘minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning еtarli darajada uyushgan har qanday guruhlar ajratib turadi. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me‘yorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlari tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat mana shu bois jamoa hayotining bir yagona maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy g‘oyaviy yo‘nalganligi uning еtakchi belgisi hisoblanadi. Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan jamoa navbatdagi muhim xususiyatdir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishini ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya‘ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim xisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a‘zolari o‘rtasidagi ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarligi xissi qaror topadi. Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur tuzilma bir tomondan jamoa a‘zolari qo‘shilgan ishchanlik munosabatlarini ifoda etsa, ikkinchi tomondan rahbarlik vazifasini bajaruvchi tarbiyachilar hamda jamoa a‘zolari o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari mazmunini ifoda etadi. Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a‘zolari o‘rtasida shaxslararo ma‘naviy psixologik munosabatlarining umumiy tizimi va mikroguruxini tashkil etuvchi ayrim a‘zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a‘zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. Shuningdek, norasmiy guruhlar, umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘zining chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Jamoaning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik axil va inoq munosabat zaminida tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Chinakam jamoa ijtimoiy axamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olish, jamoa a‘zolari o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatli faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabatlarini o‘rnata olishi lozim. Yuksak darajada uyushtirilgan jamoa o‘zida bir necha xususiyatlarni namoyon etadi. Ular quyidagilardir:
Metodika tushunchasi yurtimizda ilmiy doirada keng qo’llanib kelinadi. Bundan tashqari u bilan yonma-yon usul, uslub kabi o’zbekcha muqobillari ham ishlatiladi. Bizning nazarimizda ilmiy doirada xalqaro so’z bo’lgan METODIKA atamasi qo’llangani maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan qarashlarimizda metodika so’zidan foydalanamiz Metodika tushunchasini o’rganishdan avval uning negizini tahlil qilib ko’rsak. Metod o’zi nima? Metod bu biror maqsadni amalga oshirish uchun foydalaniladigan yo’l, usuldir. Aslida kundalik hayotimizda har sohada, har soniyada undan foydalanamiz. Misol uchun, dushanba kuni ertalab ishga borishimiz kerak. Ishga borish bizning bosh maqsadimiz. Yo’lga chiqishdan avval ishga qanday qilib yetib olishimiz haqida o’ylaymiz. Avtobusda boramizmi yoki taksi olamizmi, balki piyoda borgannimiz ma'quldir. Demak birgina maqsadimizga uchta usulni qo’llashimiz mumkin bo’ladi Asosiy maqsadning kichik qismlari ham borki, yuqoridagi misolda ko’rishimiz mumkin. Ishga tezroq borishimiz zarurmi, yo’l haqi qimmatga tushmasligi kerakmi yoki bosib o’tilajak yo’l salomatligimiz uchun foydali bo’lsinmi? Demak, maqsadga ko’ra eng kerakli va to’g'ri usulni tanlayshimiz lozim bo’ladi.
Metodika keng doirada mana shu dars jarayonlarida qo’llaniladigan sanoqsiz metodlar jamlanmasi sifatida tushuniladi. Tor doirada esa chet tili darsiga oid barcha metodlar majmuini ilmiy nazardan o’rganadigan, rivojlantiradigan fan sifatida tushunish lozim. Chet tillarni o’qitish va o’rganishda metodika ilmiy fan sifatida ham o’quv darsturlariga kiritilgan. Jamoaning vujudga kelish uchun to‘rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab o‘qituvchi butun guruhga talab qo‘yadi hamda mazkur jarayonda jamoa faollarining shakllanishiga alohida e'tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a'zolari oldiga ma'lum talablarni qo‘yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har a'zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. Demak yuqorida aytib o’tilganlardan xulosa qiladigan bo’lsak jamoa bo’lib ishlash bu fanni o’zalashtirishning bir metodikasi hisoblanadi ,jamoa bilan ishlash haqida gap ketayotgan ekan hozir uning ba’zi afzalliklari va kamchilikalrini keltirib o’tish maqsadga muvofiq bo’lardi . Download 83.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling