Muloqotda o`z-o`zini nazorat qilishni baholash testi
Download 85.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Muloqotda o`z-o`zini nazorat qilishni baholash testi.
Muloqotda o`z-o`zini nazorat qilishni baholash testi. (M.Snayder testi) Bu test amerikalik psixolog M.Snayder tomonidan ishlab chiqilgan. Interpretatsiya. Diqqat bilan bir necha vaziyatni tavsiflovchi o`nta gapni o`qib chiqing. Ulardan har birini Siz o`zingizga taalluqli ravishda "to`g`ri" yoki "noto`g`ri" deb baholab berishingiz shart. Agar gap sizningcha to`g`ri yoki deyarli to`g`ri bo`lsa, u holda o`sha gapning tyartib raqami yoniga "T" harfini, agar noto`g`ri yoki deyarli noto`g`ri bo`lsa - "N" harfini qo`yib qo`ying. 1.Men uchun boshqa insonlarning qiliqlariga chidash qiyin san`atday tuyiladi. 2.Men, atrofimdagilarning diqqatini o`zimga qaratish va jalb qilish uchun kerak bo`lsa jinnilik qilgan bo`lardim. 3.Mendan yahshigina aktyor chiqishi mumkin edi. 4.Ba`zida boshqa odamlarga, man chuqur hayolga tolganday tulyulman, haqiqatda esa unchalik chuqur emas. 5.Davralarda man gohida hammaning diqqat markazida bo`laman. 6.Har xil vaziyatlarda va turli xil odamlar bilan muloqot qilganimda man ko`pincha o`zimni mutlaqo har xil tutaman. 7.Men, o`zim haqiqatda amin bo`lganlarim bilan rozi bo`laman. 8.Ish bitirishda va odamlar bilan muloqotlarda, ular meni qanday ko`rishni kutayotgan bo`lsalar, men o`shanday bo`lishga harakat qilaman. 9.Men o`zim yoqtirmagan kishilar bialn ham do`stlashib keta olaman. 10.Men haqiqatda aslim qanday bo`lsa, har doim ham shunday emasman. Yuqori kommunikativ nazoratli odamlar, Snayder bo`yicha, doim o`zlarini nazorat qilib turadilar, o`zlarini qayerda va qanday tutishni yahshi biladilar, o`zlarining hissiyotlarini tallafuzini boshqara oladilar. Shu bilan birga, ularda o`zlarini namoyon qilishda havolanish (kibrlanish) kabi illatlar qiyinroq kechadi, hamda ular kutilmagan vaziyatlarni yoqtirmaydiar. Ularning pozitsiyasi: "Men shunaqaman-ki, men hozir qanday bo`lsam shunday". Past kommunikativ nazoratli kishilar ko`proq bevosita va ochiqdirlar, ularda turli vaziyatlardagi o`zgarishlarga nisbatan qiyin moslashadigan "Men" yuqoriroq shakllangan bo`ladi. Natijalarni hisoblash. 1,5 va 7 savollarda "N" harfi uchun, hamda qolgan savollarda "T" harfi uchun bir balldan hisoblanadi. Ballarni yig`indisini hisoblab chiqing. Agar siz savollarga vijdonan javob bergan bo`lsangiz, unda Siz haqingizda quyidagilar aytish mumkin: 0-3 ball - Sizda kommunikativ nazorat past. Sizni hulqingiz mustahkam, hamda Siz kerakli vaziyatda o`zgarish lozim emas deb hisoblaysiz. Siz muloqot vaqtida o`zingizni vijdonan ochiqchasiga kirishishga qobiliyatlisiz. Ba`zilar Sizni muloqotda to`g`riligingiz sababli, sizni "noqulay" deb hisoblaydilar. 4-6 ball - Sizda o`rta kommunikativ nazorat, siz chin ko`ngilli insonsiz, lekin o`zingizning emosional (hissiy) kashfiyotlaringizni idora qila olmaysiz, o`zingizni hulqingizni namoyon qilishda atrofdagi odamlar bilan hisoblashing. 7-10 ball - Sizda yuqori kommunikativ nazorat. Siz hohlagan rolga oson kirishib ketasiz, vaziyatni o`zgarishini yengil qabul etasiz, atrofdagilar haqidagi taassurotlaringizni yahshi his qilasiz. Download 85.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling