Multimedia aloqa


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana18.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1028364
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mustaqil ish

Simsiz shaxsiy tarmoqlariga:Bluetooth, UWB, ZigBee texnologiyalari
mansub.
Bluetooth texnologiyasida-radioaloqa 2,4-2,48 GGs diapazonida amalga
oshiriladi. Signal spektri FHSS (Frequency Hopping Spread Spectrum - chastotali
sakrash bo‘yicha keng polosali signal) usuli bo‘yicha shakllantiriladi.
Universal qabul qilish/uzatish uskunalari bazasida ixtiyoriy Bluetooth-
yechimlar bilan aloqa ta’minlanadi. Shu bilan birga ijroning asosan ikki varianti
ishlatiladi:
- Bluetooth – kalit (Bluetooth-dongle) yoki
- Bluetooth-adapterlar.
Bluetooth shaxsiy kompyuter, noutbuk, PDA (Personal digital assisttanse),
mobil telefon, printer va raqamli fotoapparat kabi qurilmalar orasida, bir-biridan
100 m doirasida va xatto turli binolarda, axborot almashinuvini ta’minlaydi.
2-rasm. Turli Bluetooth-qurilmalar bilan aloqa


Bluetooth-qurilmalar notanish muhitda ishni boshqa Bluetooth-qurilmalarni
qidirish bilan boshlaydi. Ushbu muolaja device discovery deb ataladi. Buning
uchun so‘rov jo‘natiladi. So‘rovga javob nafaqat aloqa doirasida faol Bluetooth-
qurilmalarning mavjudligiga, balki ushbu qurilmalar mavjud bo‘lgan rejimga
bog‘liq. Bu bosqichda uchta asosiy rejim bo‘lishi mumkin:
- Discoverable mode. Ushbu rejimdagi qurilmalar olingan so‘rovlarning
barchasiga doim javob beradilar;
- Limited discoverable mode. Ushbu rejimdagi qurilmalar so‘rovlarga faqat
cheklangan vaqtda yoki ma’lum shartlarga rioya qilib javob berishlari lozim;
- Non-discoverable mode. Rejim nomidan ko‘rinib turibdiki, ushbu
rejimdagi mavjud qurilmalar yangi so‘rovlarga javob bermaydilar.
Lokal simsiz tarmoq (WLAN) texnologiyasi: 802.11 standartlar oilasiga
asoslanadi. 802.11 standartlar oilasiga mansub WLAN-texnologiyalari ko‘pincha
Wi- Fi atamasi orqali belgilanadi. Hozirda ushbu atama, simli lokal tarmoqlarga
alternativa sifatida, 802.11 oilasidagi ixtiyoriy standartga mos barcha
ma’lumotlarga qo‘llaniladi.
Uy tarmog‘i yoki kichik ofis tarmog‘i uchun bitta foydalanish nuqtasining
mavjudligi yetarli bo‘lib, u orqali tarmoqning oxirgi qurilmalari kommutator
yordamida keng polosali aloqada amalga oshiriladi.
3-rasm. Uy yoki kichik ofisdagi WLAN sxemasi
Keng polosali
ulanish
Kommutator
Ulanish
nuqtasi
Printer


Yirik ofis uchun WLAN ni tashkil etishda foydalanishning bitta nuqtasi
yetarli bo‘lmaydi. Oxirgi qurilmalar orasidagi masofalarning kattaligi sababli, ofis
yoki tashkilot tarmog‘ida foydalanishning bir necha nuqtasi tashkil etiladi.
Simsiz uy va ofis tarmoqlaridan tashqari Wi-Fi texnologiyasi Internetdan
ommaviy foydalanishni tashkil etish sohasida keng qo‘llaniladi.
Aksariyat
aeroportlarda,
mexmonxonalarda,
restoranlarda
Wi-Fi
tarmoqlardan foydalanish (pulli yoki tekin) xot-spotlar (xot spot-“qaynoq nuqta”)
yordamida amalga oshirilgan.
O‘tkazish qobiliyatining keskin o‘zgarishiga 802.11n texnologiyasining
paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi. Mutaxassislarning fikri bo‘yicha yaqin orada 802.11n
simsiz tarmoq texnologiyasini nafaqat noutbuklar, balki ko‘pgina maishiy elektron
asboblar madadlaydi va u barcha asosiy korporativ va uy ilovalari tomonidan
ishlatiladi.
Ma’lumotlar bazasi
Oxirgi
foydalanuvchi
Oxirgi
foydalanuvchi
Foydalanish
nuqtasi
Foydalanish
nuqtasi
Foydalanish
nuqtasi
Internet
4-rasm. Yirik ofis uchun WLAN sxemasi


Xot-spotlari bo‘lgan muassasaga har bir tashrif buyuruvchi o‘zining
noutbuki, cho‘ntak shaxsiy kompyuteri yoki simsiz foydalanish standartiga javob
beruvchi telefoni yordamida tarmoqqa mobil ulanish imkoniyatini oladi.
Tarmoqning muayyan standartlariga bog‘liq holda Wi-Fi lar 2,4 GGs yoki 5 GGs
chastotalarda ishlaydi va ma’lumotlarni uzatish tezligini 54 Mbit/s gacha
ta’minlaydi. Bir necha xot-spotlar bazasidagi simsiz foydalanish zona "xot-zona"
deb ataladi.
Simsiz personal va lokal tarmoqlarning istiqbolli rivoji sifatida mutaxassislar
Cognitive Radios qurilmalarini ko‘rsatmoqdalar. Bu qurilmalar turli diapazonda
turli protokollar bo‘yicha ishlay oladi hamda ularning joylashgan geografik
hududini va ushbu hududda, mahalliy talablarga moslanib, qanday ishlashi
lozimligini aniqlashi mumkin.
Foydalanish
nuqtasi
Foydalanish
nuqtasi
Foydalanish
kontrolleri
Simsiz
foydalanish
Internet
provayderi
- ochiq foydalanish;
- rouming;
- autentifikatsiya,
avtorizatsiya;
- yagona hisob raqami.
5-rasm. "Xot-spot" sxemasi

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling