Sound Recorder dasturini WINDOWS 95 bosh tavsiyanomasidagi Program Accessories Multimedia Sound Recorder (Programmi Standartnie Multimedia Fonograf) buyrug’i bilan ishga tushiriladi.
Sound Recorder dasturi darchasi magnitofonning oldi panelini eslatadi. Bu darchaning tarkibini o'zgartirish mumkin emas, chunki View (Vid) tavsiyanomasi mavjud emas.
Mavjud tovushli faylni eshitish uchun uni ochib, Play (Vosproizvedenie) klavishasini bosish kerak. Faylni ochish oddiy usullar bilan amalga oshiriladi. Ammo bu maqsadda Open (Otkrit) buyrug’i emas, balki bir vaqtda faylni ochish va avtomatik tarzda uning ifodalanishini ta’minlaydigan Play (Vosproizvedenie) buyrug’ini ishlatish lozim. Tovushli faylni eshitishda (Playback) tovushlar balandligini (Volume), tavsiyanomaning Edit (Pravka) bandidagi Audio Properties (Svoystva audio) buyrug’i bilan shu nomli darchadan foydalanib o'rnatib olish mumkin. Boshqarish faqat apparatli bo'lsa, Volume siljitkichini boshqarib bo'lmaydi. Bu erda tovushli faylning ifodalanishida balandlik bilan va tembrni o'rnatish uchun Volume control mikseridan foydalanish mumkin. Tovushli fayllar Sound Recorder dasturi bilan bir qatorda Media Plaer dasturi bilan ifodalanishi mumkinligini bilib qo’ygan yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |