Multimedia vositalari
Download 31.21 Kb.
|
1 2
Bog'liqMultimedia vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
«MUL`TIMEDIA» atamasining asosiy ma`nosi mul`ti muhitni anglatadi. Ammo «mul`timedia» tushunchasining aniq ta`rifi ma`lum emas. Odatda, multimedia deganda turli shakldagi ma`lumotlarn qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo, tovushlar, vidio elementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga mul`tiplikasiya (animasiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma`lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqeilik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan xoli emas.
Mul`timedia prinsiplarida qurilgan elektron ma`lumotnoma (справочник)lar, ensiklapediyalar, tarjimonlar va lug`atlar kishini hayratga soladi. Tarix, geografiya, tibbiyot, sport va boshqa sohalar bo`yicha turli elektron ensiklapediyalar mavjud. Ma`lumki ma`ruzani, talabalarning 25% ga yaqini o`zlashtiradi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, bir vaqtning o`zida ham ma`ruzani eshitish, ham materialni komp`yuter ekranida ko`rish va uni ekranda chiqarishni aktiv boshqarish o`zlashtirish sifatini oshiradi. Hozir multimedia o`quv dasturlaridan Math CAD, PLUS 6.0 kabi kuchli dastur mahsulotlari tarkibidan foydalaniladi. Multimedia texnalogiyalardan foydalaniladigan etarlicha jiddiy dasturlar hozircha yo`q. Asosiy muammo- professor- o`qtuvchilarning mul`timedia imkoniyatlarini yaxshi biladigan dasturchilar bilan birgalikda ishlashining tashkil etilmaganligidir. Bunday o`quv dasturlarini ishlab chiqish va o`quv yurtlarida keng tarqatish lozim. Bu zamonaviy dastur mahsulotlarini yaratishdaki yangi texnalogiyadir. Bu professional bo`lmagan foydalanuvchini muloqot menyulari, chiroyli tasvirlar, sintezlangan tovushlar, musiqa tovushlari, dinamik grafikaning turli effektlari kabi dastur obektlarini dasturlashtirishdek murakkab ishdan ozod qiladi. Multimediaga mansub texnik vositalarga mos ma`lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan komp`yuter tushunadigan raqamli shaklda o`tkazadi. Shu bilan birga, saqlangan va qayta ishlangan mos ma`lumotni inson adekvat qabul qila olishi uchun mul`timedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur obrazlar, masalan, tovush va videoelementlar yaratadi. Mul`timedia- komp`yuterning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush platasiga tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar, hamda audio ma`lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar ulanadi. Tovush platasiga, shuningdek, magnitofon, elektr musiqa asboblari kabi audio komplektlar ham ulanishi mumkin. XULOSA So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma'lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining o’zoqligini ta'minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. S.S.G’ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari. Toshkent ,2000 y 2. Кenjaboev O. Zamonaviy axborot texnologiyalari. T. 1999 y. 3. Maraximov A.R., Raxmonqulova S.I., Internet va undan foydalanish asoslari. T. 2001y. 4. Alimov К., AbduvohidovА. Boshqaruv jarayonining axborotli texnologiyasi. Toshkent. 1994. 5. Axвortlashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni. 2004y. 6. www.ziyonet.uz 7. www.nur.uz Download 31.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling