Multimediali aloqa tarmoqlarini
Download 299.06 Kb.
|
3GLEmsX8-MjNzYkL7hWCbcIRlWO7sjzT
5-amaliy mashg’ulot
Mavzu: : Statik marshrutizatsiya yordamida multimediya tarmoqlarida marshrutizatsiya jarayonini sozlash. Statik marshrutizatsiya — bu shunday mashrutizatsiya usulidirki, tarmoqdagi mashrutar tarmoq administratori tomonidan mashrutizatorini sozlashda ko‘rsatilib ketiladi. Statik mashrutizatsiya usulining afzalliklari quyidagilar: • Sozlashning soddaligi (katta bo‘lmagan tarmoqlarda), ▪ Tarmoqda qo‘shimcha yuklamani xosil bo‘lmasligi. Dinamik mashrutizatsiyadan farqli ravishda statik mashrutizatsiyada tarmoqdagi mashrutizatorlar o‘rtasida xizmat ma’lumoti almashinilmaydi mashrutizatsiya jadvalini tuzish uchun. Bu esa tarmoqda qo‘shimcha yuklama xosil bo‘lmasligini ta’minlaydi. Statik mashrutizatsiya usulining kamchiliklari quyidagilar: Katta o‘lchamdagi tarmoqlarni qurishda statik mashrutizatsiyaning qo‘llash murakkablashadi. Sababi statik mashrutizatsiyada mashrutizatorda mashrutizatsiya jadvalini sozlashda tarmoqdagi barcha quyi tarmoqlarning manzillari va bu quyi tarmoqlarga ulanish interfeysi haqida ma’lumotlarni kiritiladi. Shuning uchun ko‘p sondagi quyi tarmoqlardan tashkil topgan qo‘shma tarmoqlarda statik mashrutizatsiya qo‘llash qiyinlashadi. Tarmoqni masshtablanuvchanligining qiyinligi. Ya’ni agar tarmoqda mashrutizatsiya statik usulda tashkil etilgan bo‘lsa va tarmoqga yangi tarmoq qo‘shish zarurati paydo bo‘lsa, u holda tarmoqdagi barcha mashrutizatorlardagi mashrutizatsiya jadvalini qayta sozlash lozim bo‘ladi. Endi Cisco packet tracer dasturida tarmoq mashrutizatorlarida statik mashrutizatsiyani sozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun dastur ishchi oynasida quyidagi ko‘rinishdagi tarmoqni hosil qilamiz. 5.5-rasm. Mashrutizatorlarda statik mashrutizatsiyani sozlash loyixasi Yuqoridagi 5.5-rasmda tasvirlangan qo‘shma tarmoq bir necha (192.168.1.0, 192.168.20.0 va 192.168.3.0 kabi IP manzilli) quyi tarmoqlarning o‘zaro ulanishidan tashkil topgan. Bunda Router 0 bir interfeysi orqali (192.168.1.1 manzilli) 192.168.1.0 manzilli lokal tarmoqga ulangan bo‘lsa boshqa bir interfeysi orqali (192.168.20.1 IP manzilli) 192.168.20.0 manzilli tarmoq orqali boshqa bir mashrutizator Router1 ga ulangan. Huddi shu kabi Router 1 ham bir interfeysi orqali (192.168.3.1 manzilli) 192.168.3.0 tarmoqga ulangan bo‘lsa, boshqa interfeysi orqali (192.168.20.2 IP manzilli) 192.168.20.0 manzilli tarmoq orqali Router0 ga ulangan. Bunda Router 0 mashrutizatorga 192.168.3.0 tarmog‘i noma`lum, Router1 mashrutizatorga esa 192.168.1.0 tarmog‘i noma`lum. Shuning uchun ham mashrutizatorlarni sozlashda har bir mashrutizatorda mashrutizatsiya jadvalini sozlashda ushbu ma’lumotlar kiritilishi lozim. Router 0 ni sozlaymiz: Router>enable Router# Router#conf t Router(config)#interface GigabitEthernet0/0 Router(config-if)#no shutdown Router(config-if)#ip address 192.168.1.1 255.255.255.0 Router(config-if)# Router(config-if)#exit Router(config)#interface GigabitEthernet0/1 Router(config-if)#no shutdown Router(config-if)#ip address 192.168.20.1 255.255.255.0 Router(config-if)# Router(config-if)#exit Router(config)#ip route 192.168.3.0 255.255.255.0 192.168.20.2 – bu Router 0 mashrutizator uchun 192.168.3.0 tarmog‘iga chiqish 192.168.20.2 manzilli interfeys orqali amalga oshirilishini anglatadi. Router(config)#ex Router# Router#wr mem Building configuration... [OK] Huddi shuningdek Router 1 mashrutizatorda ham sozlash jarayonini amalga oshiramiz: Router> Router>enable Router# Router#conf t Router(config)#interface GigabitEthernet0/0 Router(config-if)#no shutdown Router(config-if)#ip address 192.168.3.1 255.255.255.0 Router(config-if)# Router(config-if)#exit Router(config)#interface GigabitEthernet0/1 Router(config-if)#no shutdown Router(config-if)#ip address 192.168.20.2 255.255.255.0 Router(config-if)# Router(config-if)#exit Router(config)#ip route 192.168.1.0 255.255.255.0 192.168.20.1 – bu Router 0 mashrutizator uchun 192.168.1.0 tarmog‘iga chiqish 192.168.20.1 manzilli interfeys orqali amalga oshirilishini anglatadi. Router(config)#ex Router# Router#wr mem Building configuration... [OK] Endi mashrutizatorlardagi (masalan Router0) mashrutlash jadvalini ko‘rish mumkin. Buning uchun mashrutizatorning imtiyoz (Router#) rejimida show ip route buyrug‘ini kiritish loyim, ya’ni: Router#show ip route 5.6-rasm. Router0 da mashrutizatsiya jadvali Shundan so‘ng mashrutizatordagi mashrutizatsiya jadvali hosil bo‘ladi. Ushbu jadvalda S nomli qatorda ko‘rsatilganidek, Router0 mashrutizator uchun 192.168.3.0 tarmoqqa chiqish 19.168.20.2 manzilli interfeys orqalidir. 5.7-rams. PC0 dan PC2 ga ping jo’natish orqali ularorasidagi bog’lanishni tekshirish Demak har ikki mashrutizatorda ham shu kabi mashrutizatsiya jadvallarini ko‘rish mumkin. Endi tarmoq umumiy holda ishlayotganligini aniqlash uchun tarmoqlardagi komyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashish jarayonini ping jo‘natish orqali tekshirish mumkin. Ya’ni 192.168.1.0 tarmoqdagi PC0 kompyuterdan 192.168.3.0 tarmoqdagi 192.168.3.2 manzilli PC2 ga ping jo’natib ko’ramiz. Buning uchun PC0 kompyuterning ishchi stolidan komandalar qatori oynasini ochiladi va inda ping 192.168.3.2 terilib Enter tugmasi bosiladi (5.7-rasm). 5.7rasmdan ko’rinadiki PC0 dan PC2 ga to’rtta 32 baytli paketlar jo’natildi. Junatilgan paketlarning bachasi PC2ga etib bordi va yo’qotishlar yo’q. Demak aloqa 100% mavjud. Xulosa: Men xulosa qilib shuni aytamanki multimedia aloqa tarmoqlaridan aloqa o’atish signallar malumotlari yuborish hamda E1 ukeslar bilan ishlash static va dinamik mashurzatsiyalash usullarinni o’rganib chiqdim nazariy hamda amaliy bilim va ko’nikmalarga ega boldim. Download 299.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling