Multimediali aloqa tarmoqlarining tuzulishi va uning xususiyatlari


Download 18.33 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi18.33 Kb.
#1598126
Bog'liq
Multimediali aloqa tarmoqlarining tuzulishi


    1. Multimediali aloqa tarmoqlarining tuzulishi
      va uning xususiyatlari


Multimedia (lotincha multum — koʻp + media — asboblar) – bu tarmoqqdagi matn, audio, video, grafik tasvir va animatsiyaning birlashuvini ta’minlovchi zamonaviy axborot texnologiyalari hisoblanadi. Multimedia atamasi bizga 20 asrning ikkinchi yarida amerikalik olim Vannevar Bush taklif qilgan MEMEX mashinasi yaratilishi keyin kirib kelgan.


Multimediali aloqa tarmog‘i – bu IP protokolga asoslangan, xar xil turdagi xizmatlar – ma’lumotlari ovozli va video uzatishni birlashtirgan raqamli tarmoq hisoblanadi. Multimediali tarmoqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun asosiy turtki bu xizmatlar narxini pasaytirish, murakkab, boy multimedia dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va tarmoq uskunalari funksiyalarini kengaytirish istagi.
Multimedia axborotni tasvirlashning turli sinflariga nisbatan qo'llaniladi. Multimedia komponentlarini uchta asosiy guruhga bo'lish mumkin: matnli, vizual va audio axborot.
Matn ma’lumoti faqat toza matn yemas, balki turli xil nazorat qilish belgilariga, matematik ifodalarga, fonetik talaffuzga, formatlangan matnga ham tegishlidir. Vizual ma’lumotlar chizilgan chiziqlar, xaritalar, rasmlar yoki fotosuratlar, animatsiya, virtual ob’ektlari, video va yangiliklar guruhlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Ovozli ma’lumotlar telefon yoki translyatsiya sifati, musiqa qismlari yoki ovozli signallarning ovozli ma’lumoti bilan ifodalanishi mumkin.
Vizual ma'lumotlar chizilgan chiziqlar, xaritalar, tasvirlar yoki fotosuratlar, animatsiya, virtual haqiqat ob'ektlari, video va telekonferentsiyani o'z ichiga olishi mumkin.
Ovozli ma'lumot telefon yoki eshittirish sifati ovozli ma'lumot, musiqa parchalari yoki biometrik audio signallarning yozuvlari bilan ifodalanishi mumkin.
Multimedianing matn komponenti odatda raqamli shaklda taqdim etiladi, vizual va audio ma'lumotlar esa ko'pincha tegishli texnologiyalar yordamida analog shakldan konvertatsiya qilishni talab qiladi.
Umuman olganda Multimedia – bu tarmoqqdagi matn, audio, video, grafik tasvir va animatsiyaning birlashuvini ta’minlovchi zamonaviy axborot texnologiyalari hisoblanadi. Shuningdek, turli xil ma’lumotlar turlarini kiritish, qaytaishlash, saqlash, jo‘natish va namoyish qilish imkonini beruvchi texnologiyalar yig‘indisidir.
Multimediali aloqa tarmoqlarini yaratish universal transport tizimini joriy qilish, tarmoq tugunlarini va an’anaviy tarmoqlarni integratsiya qilishni o‘z ichiga olgan tarmoq yechimlarini birlashtirish orqali boshqarish, shaxsiylashtirish va yangi xizmatlarni yaratish uchun moslashuvchan qobiliyatlari bilan chegaralanmagan xizmatlar majmuini qurish konsepsiyasiga asoslangan hisoblanadi. Multimediali aloqa tarmoqlarining umuman olganda yangi avlod tarmoqlari konsepsiyasining asosiy prinsipi uzatish va almashtirish funksiyalarini, qo‘ng‘iroqlarni boshqarish funksiyalari va xizmatlarni boshqarish funksiyalarini bir-biridan ajratishdir.
Multimediali aloqa tarmoqlari bu mavjud bo‘lgan barcha tarmoqlarni birlashtirish demakdir (umumiy telefon tarmoqlari, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, mobil aloqa tarmoqlari) va u quyidagi xususiyatlarga yega:
- paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoq, bu tarmoq alohida boshqaruv va ma’lumotlar uzatish funksiyalariga ega, agar xizmat va ilovalarning funksiyalari tarmoqdan ajralib turadigan bo‘lsa;
- ochiq interfeyslarni ishlatadigan komponentali qurilish tarmog‘i;
- multimedia xizmatlari, shu jumladan real vaqtda xizmat ko‘rsatish va axborotni yetkazib berish xizmatlari (elektron pochta) xizmatlarini keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlaydigan tarmoq;
- an’anaviy telekommunikatsiya tarmoqlari bilan birgalikda ishlash imkonini beruvchi tarmoq;
- umumiy harakatga yega bo‘lgan tarmoq, ya’ni foydalanish texnologiyasi va foydalanilgan terminal turi va abonentga xizmat ko‘rsatuvchi provayderni erkin tanlash imkoniyatini taqdim yetish, abonentga o‘zi alohida xizmatlardan foydalanish va ularni boshqarish imkonini beradi.
Keyingi avlod tarmoq konsepsiyasiga asoslangan multimediali aloqa tarmoqlarini odatiy telekommunikatsiya tarmoqlaridan quyidagi afzalliklar bilan ajralib turadi:
Operator uchun:
- turli xizmatlarni ko‘rsatish uchun yagona umumiy hamda universal tarmoqni yaratish;
- qo‘shimcha multimedia xizmatlarini ko‘rsatish orqali faydalanuvchilardan olinadigan o‘rtacha daromadini oshirish;
- multimediali aloqa tarmog‘i operatori har xil turdagi transport vositalarini integratsiyalashuvi va turli xizmatlarni taqdim etish uchun tarmoqni o‘tkazish qobiliyatini eng optimal tarzda amalga oshirishi mumkin;
- multimediali aloqa tarmog‘i birlashtirish, o’zaro integrasiya qilish, yaxshilash va kengaytirish uchun qulay;
- multimediali aloqa tarmog‘i boshqarish qulaylik darajasiga ega;
- multimediali aloqa tarmog‘i operatori uzatiladigan ma’lumotlarning miqdori va uni uzatish sifati uchun turli xil talablarga ega bo‘lgan yangi xizmatlarni va ilovalarni tezkor ravishda ustuvorligiga qarab joriy etish imkoniyatiga ega.
Foydalanuvchi uchun:
- talab qilinadigan oraliqni, xizmatlar hajmi va sifatini moslashuvchan tanlash;
- xizmatlarning o‘zgarishi o’zgartirish hamda qoshimcha xizmatlar olish imkoniyati.
Shunday qilib, multimediali aloqa tarmog‘ini qurishning asosiy maqsadlaridan biri taqdim etilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirishdir:
- telefon xizmati (mahalliy telefon aloqasini ta’minlash, shaharlararo telefon aloqasi, xalqaro telefon aloqasi);
- ma’lumotlar uzatish xizmatlari (maxsus ma’lumot uzatish kanalini ta’minlash);
- internetga doimiy va almashinuvli kirish;
- mobil telekommunikatsiya xizmatlari;
- axborot provayderlari xizmatlari: so‘rov bo‘yicha video va audio, interaktiv yangiliklar (foydalanuvchi vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘lgan voqealar haqida ma’lumotni ko‘rish, tinglash va o‘qishi mumkin),
- masofadan o‘qitish va boshqalar.
Download 18.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling